17.02.2026 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ilmiy tadqiqotlarning sifatini oshirish, ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmonida ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganishni tizimlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha xaridlarni mustaqil va markazlashgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish, taqdim etish, qabul qilish, koʻrib chiqish va ularning hisobini yuritishni Ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasi orqali yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda Ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus axborot tizimi) ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda xarid qilinadigan laboratoriya asbob-uskunasidan foydalanish boʻyicha malakali xodimlar boʻlmaganida yoki xodimlar malakasini oshirish zarurati boʻlgan taqdirda, ularning koʻnikmalarini oshirish uchun 40 yoshgacha boʻlgan xodimlarni ikki haftagacha boʻlgan muddatga yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkaga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 27-sentabrdagi 525-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 65-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) bajariladigan ilmiy-tadqiqot uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilish hamda sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar bilan jihozlash — tashkilotning ilmiy boʻlinmasiga xarid qilingan asbob-uskunani yetkazish, oʻrnatish, jihozlash va qoʻshimcha jihozlash bilan bogʻliq taʼminot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlari — davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental yoki amaliy tadqiqot loyihalarini oʻz ichiga olgan va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, davlat maqsadli dasturlari hamda hududiy dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorlik dissertatsiyasi — tegishli ilmiy darajani olish maqsadida tayyorlangan va muayyan ilmiy muammoning yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot — muayyan mavzu boʻyicha olib borilishi rejalashtirilgan, kutilayotgan natijalar, kalendar — rejasi hamda ijrochilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tashkilotning Ilmiy kengashi yoki shunga teng vakolatga ega boʻlinmasi bilan kelishilgan tadqiqot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot dasturi — tashkilotning muayyan davr uchun bir mavzu (yoʻnalish)dagi ilmiy-tadqiqotlarni oʻz ichiga olgan va belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan taʼminlash — bajariladigan ilmiy-tadqiqotlar uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan jihozlash, sarflov materiallari hamda butlovchi qismlarni xarid qilish va oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot rahbari — belgilangan muddat va ajratilgan moliyalashtirish doirasida ilmiy-tadqiqotning oldiga qoʻyilgan maqsadga erishish uchun rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ishlariga masʼul boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan davlat xaridi — ilmiy-tadqiqot rahbarining belgilangan tartibda taqdim etadigan arizasiga koʻra ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan taʼminlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari va undan yuqori boʻlgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xaridlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda xarid — ilmiy-tadqiqot rahbarining belgilangan tartibda taqdim etadigan arizasiga koʻra ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan taʼminlash uchun ilmiy-tadqiqot bajariladigan tashkilot tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha boʻlgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xaridlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot tizimi — ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish, taqdim etish, qabul qilish, koʻrib chiqish va ularning hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy-tadqiqot Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moddiy jihatdan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xaridi maʼqullangan buyurtmalar roʻyxati Jamgʻarma kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi (davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar yoʻnalishi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan taʼminlash bilan bogʻliq xarid (keyingi oʻrinlarda — xarid) ikki xil usulda (markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid) quyidagi ilmiy faoliyat yoʻnalishlari doirasida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar (keyingi oʻrinlarda — ilmiy loyiha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanayotgan ilmiy boʻlinmaning (laboratoriya) yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida muayyan mavzulardagi (keyingi oʻrinlarda — ilmiy mavzu) tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq boʻlgan doktorantlarning dissertatsiyalari boʻyicha tadqiqotlar (keyingi oʻrinlarda — dissertatsiya tadqiqoti).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi masʼullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy loyihada — loyiha rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy mavzuda — ilmiy boʻlinma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya tadqiqotida — doktorantlarning ilmiy rahbari yoki oʻzaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan doktorantlar biri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xaridlar boʻyicha arizalarni qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, moliyalashtirish, foydalanish va hisobotini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xaridlar boʻyicha arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizada ilmiy faoliyat yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza, maxsus axborot tizimida maʼlum bir ilmiy faoliyat yoʻnalishidagi tadqiqotni bajarishga masʼul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xaridlar boʻyicha arizalar ilmiy-tadqiqot rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maxsus axborot tizimi orqali yuboriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) shaxsiy kabinet va davlat xizmatlari markazlari orqali ilmiy-tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar YIDXP orqali yuborilganda, ariza uning masʼul tashkilot rahbari bilan kelishilganini tasdiqlovchi hujjat biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. YIDXP orqali ariza yuborilganda, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunadagi soʻrovnoma elektron ravishda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markazlashgan davlat xaridi uchun arizaga maxsus axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning kollegial organi tomonidan (kollegial organ mavjud boʻlmagan taqdirda, tashkilot xodimlarining kengaytirilgan yigʻilishida) xaridni amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq shakldagi roʻyxat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xarid boʻyicha alohida ishlab chiqilgan texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid boʻyicha olingan kamida ikkita dastlabki tijorat takliflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tijorat takliflari asosida tuzilgan raqobat varaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengash bayonnomasi (davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyihalar boʻyicha xaridlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda xarid uchun masʼul ishchi guruh tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik qabul qilingan arizalar boʻyicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilganini koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maʼqullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻrib chiqish jarayonida ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan arizalar Agentlik tomonidan maxsus axborot tizimi orqali qayta ishlash uchun ilmiy-tadqiqot rahbariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taqdim etilgan ariza quyidagi hollarda Agentlik tomonidan rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilmaganda, jumladan, zarur imzo, muhr va shtamplar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 12-bandida talab etilgan hujjatlar toʻliq ilova qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza ushbu Nizomning 21, 25 va 29-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻon yoki soxta hujjatlar taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Rad etilgan arizadagi kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng ariza belgilangan muddatlarda qayta topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kollegial organning qaroridan koʻchirma arizani kelishish mobaynida tashkilot rahbari belgilagan xodim tomonidan maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ilmiy-tadqiqotlarni ekspertizadan oʻtkazgan tegishli Ilmiy kengash arizada koʻrsatilgan xaridni koʻrib chiqqan va muhokama qilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish va muhokama qilish natijalari Ilmiy kengashning bayonnomasida batafsil koʻrsatiladi va xarid boʻyicha qaror belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xarid boʻyicha texnik topshiriq va dastlabki tijorat takliflari ilmiy-tadqiqot boʻyicha hujjatlarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotdagi xarid boʻyicha masʼul ishchi guruh tarkibi xarid qilinadigan asbob-uskunalarni oʻrnatish, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlashga masʼul mutaxassislardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyihalar boʻyicha xaridlar uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ilmiy loyiha uchun xaridlar boʻyicha ariza ilmiy loyiha boshlangandan soʻng loyihani bajarish muddatining oxirgi yili uchinchi oyiga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ilmiy loyiha uchun asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar boʻyicha xaridlar umumlashtirilgan holda yoki alohida taqdim etilgan arizalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻrsatilgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar xaridi ilmiy loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlishi hamda ilmiy loyihani ekspertizadan oʻtkazgan tegishli Ilmiy-texnik kengashning yigʻilish bayonnomasida alohida masala sifatida koʻrib chiqilib, ijobiy xulosa bilan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda ilmiy loyihaning shifri koʻrsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar boʻyicha, zaruratga koʻra, Ilmiy-texnik kengashning ijobiy xulosasi asosida ilmiy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi doirasida oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ilmiy-tadqiqot dasturidagi ilmiy mavzu boʻyicha xarid uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ilmiy mavzu boʻyicha xarid uchun ariza Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanayotgan ilmiy boʻlinmaning (laboratoriya) yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot dasturi bajarilishining birinchi yarim yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza ilmiy mavzuga rahbarlik qiluvchi shaxs tomonidan maxsus axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Arizada koʻrsatilgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar ilmiy-tadqiqot dasturini ishlab chiqishda tegishli ilmiy mavzu boʻyicha xarid masalasi tashkilot kollegial organining yigʻilishida alohida masala sifatida koʻrib chiqilgan boʻlishi va muhokama natijalari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomada batafsil koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda ilmiy mavzuga doir maʼlumot koʻrsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar boʻyicha, zaruratga koʻra, tashkilot kollegial organining ijobiy xulosasi asosida ilmiy mavzuning umumiy moliyalashtirish hajmi doirasida oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Doktorlik dissertatsiyasi tadqiqoti boʻyicha xarid uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Dissertatsiya tadqiqoti boʻyicha xarid uchun arizalar bir tashkilotdagi doktorantlar oʻqishga qabul qilingan sanadan boshlab, ikkinchi yilning 30-iyun sanasiga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar doktorantlarning ilmiy rahbari yoki oʻzaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan doktorantlarning biri tomonidan maxsus axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda dissertatsiya tadqiqotlariga doir maʼlumotlar koʻrsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Arizada ikki va undan ortiq dissertatsiya tadqiqotini tayyorlashda bir xil turdagi asbob-uskunalar, sarflov materiali va butlovchi qismlardan foydalanish zarurati asoslantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dissertatsiya tadqiqoti boʻyicha xarid masalasi tashkilotning kollegial organining yigʻilishida alohida masala sifatida koʻrib chiqiladi va muhokama natijalari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomada batafsil koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza kollegial organning xarid boʻyicha ijobiy qarori boʻlgan taqdirdagina qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar boʻyicha, zaruratga koʻra, tashkilot kollegial organi ijobiy xulosasi asosida dissertatsiya tadqiqoti uchun zarur boʻlgan xaridning belgilangan umumiy summasi doirasida oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazlashgan davlat xaridini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jamgʻarma markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi markazlashgan xarid organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarning roʻyxati davlat xaridlarining maxsus axborot portalida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarma tomonidan har yili yanvar oyida ilmiy faoliyat yoʻnalishlari uchun zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarni xarid qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Xarid komissiyasi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xarid komissiyasi Jamgʻarma ijrochi direktorining buyrugʻi asosida kamida 7 nafar toq sonli aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi tarkibiga mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan va vazirliklar, idoralar hamda ilmiy faoliyatni olib boruvchi tashkilotlardan xaridlarning texnik parametrini yuqori darajada biladigan malakali mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xarid komissiyasi komissiya raisi, uning oʻrinbosari, masʼul kotib (ovoz berish huquqiga ega emas) va boshqa aʼzolardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, Xarid komissiyasi ishiga qoʻshimcha (shu jumladan, xorijiy) mutaxassislar ekspert sifatida (ovoz berish huquqisiz) jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xarid komissiyasining ish faoliyatini masʼul kotib tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xarid komissiyasi aʼzolari xolis boʻlishi va xarid qilish tartib-taomili gʻolibini tanlashdan shaxsan manfaatdor boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xarid komissiyasining yigʻilishlari komissiya aʼzolari ishtirokida yuzma-yuz oʻtkaziladi. Yuzma-yuz yigʻilishlar, zaruratga koʻra, videokonferensiyalar, telekonferensiyalar shaklida ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xarid komissiyasining yigʻilishi uning aʼzolaridan uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xarid komissiyasining qarori uning aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Xarid komissiyasiga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Xarid komissiyasi raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi raisi boʻlmagan vaqtlarda uning vazifalari komissiya raisi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xarid komissiyasining kelib tushgan takliflarni baholash boʻyicha qarorlari davlat xaridlarining maxsus axborot portalida tuziladigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining bayoni masʼul kotib tomonidan tuziladi va Xarid komissiyasining yigʻilishida ishtirok etgan barcha aʼzolari bilan kelishilgan holda rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga yil yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliqlar ushlab qolingan holda) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot puli Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining buyrugʻi asosida beriladi (tayinlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Masʼul kotib davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Markazlashgan davlat xaridlari eng yaxshi takliflarni tanlash asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda laboratoriya asbob-uskunalari, zarur sarflov materiallari va butlovchi qismlar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, davlat xaridiga doir texnik topshiriqlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqobatli xarid qilish tartib-taomillariga muvofiq buyurtmalarni yetkazib berish (shu jumladan, zarurat boʻlganda, buyurtmalarni tashkilotga yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish hamda foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish) uchun elektron shartnomalar tuziladi (xorijiy yetkazib beruvchilar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuziladigan shartnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik — “Buyurtmachi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma — “Markazlashgan xarid organi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi — “Yetkazib beruvchi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot — “Qabul qiluvchi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jamgʻarma yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni tuzilgan shartnomalarga muvofiq milliy va xorijiy valyuta birligida pul oʻtkazish yoki akkreditiv shaklida moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Xarid boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan soʻng tovar yetkazib berilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (tashkilot va yetkazib beruvchi oʻrtasida imzolangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, uskunani foydalanishga topshirish dalolatnomasi, foto-lavhalar va boshqalar) qabul qiluvchi tomonidan bir hafta muddatda maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mustaqil ravishda xaridni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mustaqil ravishda xarid maxsus axborot tizimi orqali yuborilgan arizaga asosan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mustaqil ravishda xaridni amalga oshirish uchun Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida tashkilotga alohida budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ariza Agentlik tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullangandan soʻng Agentlikning koʻrsatmasiga asosan Jamgʻarma mablagʻlari tashkilotning tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tashkilotdan xaridlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib belgilangan xodim Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari elektron tizimida davlat xaridlari toʻgʻrisida eʼlonni joylashtiradi va lot raqamini ilmiy-tadqiqot rahbariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ilmiy-tadqiqot rahbari eʼlon joylashtirilgandan soʻng bir hafta muddatda maxsus axborot tizimiga lot raqamini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tashkilot va yetkazib beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgandan soʻng bir hafta muddatda ilmiy-tadqiqot rahbari tomonidan shartnomaning nusxasi maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mustaqil xarid yakunlari boʻyicha sarflanmagan (yoki majburiyat bilan taʼminlanmagan, iqtisod qilingan) mablagʻlar shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan soʻng bir oy muddatda Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot rahbari sarflanmagan mablagʻlarni Jamgʻarmaga belgilangan muddatda va toʻliq oʻtkazilishiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xarid qilingan buyurtmalardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tashkilot xarid qilingan buyurtmalar yetkazib berilgan kundan boshlab besh yil davomida har yil yakunida buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalarga erishilgani yuzasidan maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga hisobot taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmaning toʻliq va funksional ishlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmadan bevosita foydalanuvchilar soni, shu jumladan, bevosita 40 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchi yosh olimlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmadan bilvosita foydalanuvchilar soni, shu jumladan, bilvosita 40 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchi yosh olimlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmadan foydalanish koʻlami (laboratoriya, oliy taʼlim tashkiloti yoki ilmiy tashkilot yoxud respublika miqyosida (tegishli faktlar asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilida buyurtma yordamida olingan muhim natijalar va ularning chop etilishi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xarid komissiyasi tomonidan buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalariga erishilgani yuzasidan xulosasi hisobot kelib tushgan sanadan boshlab bir oy davomida tayyorlanadi va Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, Xarid komissiyasi xarid qilingan va oʻrnatilgan laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar boʻyicha hisobotni joyiga chiqqan holda oʻrganish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agentlik tomonidan xulosa kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida buyurtmalardan foydalanish natijalari maqsadga muvofiqligi yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmadan foydalanish natijalari ushbu Nizom talablariga muvofiq emas deb topilganda, buyurtmadan foydalanish natijalariga koʻra tashkilotga ogohlantirish beriladi hamda bu haqida uning yuqori turuvchi organiga taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklar keyingi hisobot davriga qadar bartaraf etilmagan taqdirda, uch yil muddatga tashkilotning buyurtmalari qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashkilot rahbari buyurtmalardan maqsadli va samarali foydalanish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchilar qabul qilingan qarorlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridlar boʻyicha arizalarni qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, moliyalashtirish, foydalanish va hisobotini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

(Jamgʻarma)

Markazlashgan xaridlarni amalga oshirish uchun Xarid komissiyasini tashkil etadi.

Har yili yanvar oyida

2-bosqich

Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar

(Tashkilot)

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni maxsus axborot tizimi orqali Innovatsion rivojlanish agentligiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Innovatsion rivojlanish agentligi

Qabul qilingan arizalar boʻyicha shakllantirilgan buyurtmalarni koʻrib chiqadi va maʼqullangan arizalarni maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboradi.

10 ish kunida

4-bosqich

Xarid komissiyasi

Buyurtmalar asosida markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshiradi.

Belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Jamgʻarma

Xaridlar yakuni boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq ularni moliyalashtiradi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Tashkilot

Yetkazib berilgan laboratoriya uskunalari haqidagi maʼlumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritadi.

Bir hafta muddatda

7-bosqich

Tashkilot

Buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalariga erishilgani yuzasidan Xarid komissiyasiga hisobot taqdim etib boradi.

Besh yil davomida har yil yakunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

I. Davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyiha doirasida xaridlar boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Ilmiy loyihaning shifr raqami

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tugʻilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Ilmiy-tadqiqot dasturidagi ilmiy mavzu doirasida xaridlar boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Ilmiy mavzuning shifr raqami

3. Loyiha rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tugʻilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

III. Doktorlik dissertatsiyasi tadqiqoti doirasida xaridlar boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Doktorantlarning roʻyxatdagi raqamlari

3. Ilmiy tadqiqot rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tugʻilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

_____________________________________________________ uchun talab etilayotgan reaktivlar va sarflov materiallari

(Tashkilotning nomi)

ROʻYXATI

T/r

Reaktivlar va sarflov materiallari nomi

Tasnifi

TIF TN kodi

Oʻlchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablagʻ
(xarid qilish valyuta birligida)

Ishlatilish maqsadi

…


Izoh.

1. Buyurtmaning xarid narxini asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.

2. Buyurtmaning TIF TN boʻyicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

___________________________________________ uchun talab etilayotgan butlovchi qismlar

(Tashkilotning nomi)

ROʻYXATI

T/r

Mavjud buyurtma rusumi va ishlab chiqaruvchi nomi

Butlovchi qism nomi

Texnik tasnifi

TIF TN kodi

Oʻlchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablagʻ
(xarid qilish valyuta birligida)

Ishlatilish maqsadi

…

Izoh.

1. Buyurtmaning xarid narxini asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.

2. Buyurtmaning TIF TN boʻyicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

____________________________________________________________ ga xarid qilinishi nazarda tutilgan buyurtmalar

(Tashkilotning nomi)

ROʻYXATI

T/r

Yangi yoki mavjud laboratoriyaning nomi

Buyurtma nomi

Buyurtma TIF TN kodi

Oʻlchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablagʻ
(xarid qilish valyuta birligida)

Buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalari

...

Izoh.

1. Yangi yoki mavjud laboratoriyaning nomi, buyurtma nomi, soni, taklif etilayotgan xarid narxi va jami talab etiladigan mablagʻlar ustuni loyihalar portfelidagi boshqa maʼlumot (hujjat)lar bilan bir xilda ifodalanishi hamda mos boʻlishi shart.

2. Buyurtmaning taklif etilayotgan xarid narxi, jami talab etiladigan mablagʻlar ustuni belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va (yoki) Moliya-iqtisod boʻlimi xodimlari tomonidan raqobat varaqasi tuzilgandan soʻng toʻldiriladi.

3. Buyurtmaning TIF TN boʻyicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/65/0151-son)