16.02.2026 yildagi PQ-64-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga — 145 trillion soʻmga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 milliard AQSH dollaridan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish oʻrinlarini 500 mingtaga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga tegishli Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida joylashgan bino va inshootlar hamda hudud negizida 2026-2027-yillarda birinchi bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki (keyingi oʻrinlarda — Kreativ park) infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bogʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) raqamli dizayn va dasturlash yoʻnalishida nufuzli xalqaro maktab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kino va videomahsulotlarni ishlab chiqarish zonalari hamda ovoz yozish studiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Jamgʻarma bilan kelishilgan holda ijodkorlar va kreativ kompaniyalar uchun zamonaviy ekologik makon — Kreativ industriyalar kampusi. Bunda Kreativ park hududi xavfsizlik, inklyuzivlik va ekologik tozalik talablariga javob bergan holda 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ochiq jamoat makoni sifatida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreativ industriya parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyati 3-ilovadagi manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) shartnoma asosida Kreativ park rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish maydonlari, ofislar, oʻquv xonalari, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni ijaraga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur qarorning 4-ilovasidagi hududlarda kreativ industriya klasterlarini tashkil qilish uchun ularni ijaraga beradi. Bunda Kreativ park rezidentlari uchun auksion savdolariga qoʻyiladigan ijara haqi summasining boshlangʻich bahosi 50 foizga pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3325-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va toʻlovlardan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-64-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

G.O. Umerova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Kengash raisi

2.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

3.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

4.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

5.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi

6.

F.J. Pulatov

Soliq qoʻmitasi raisi

7.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

9.

J.O. Ahmedov

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari

10.

F.D. Usmanov

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori

11.

X.R. Salixov

Kreativ industriya parki direksiyasi direktori

12.

Kelishuv asosida*

kreativ industriya sohalaridagi yetakchi tadbirkor

13.

Kelishuv asosida*

kreativ industriya sohalaridagi xalqaro ekspert

14.

Kelishuv asosida*

kreativ industriya sohalaridagi mahalliy ekspert

15.

A.A. Mannopov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatiga vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kengash raisi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreativ industriyaning istiqbolli yoʻnalishlari va “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreativ industriya parki faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eshitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kreativ industriya sohalarida investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreativ industriya sohalarida adolatli monetizatsiya mexanizmlarini takomillashtirish hamda shu orqali intellektual mulk, shu jumladan, mualliflik huquqlarini himoya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kreativ industriya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kreativ industriya sohasida davlat organlari, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarining kreativ iqtisodiyot sohalariga taalluqli masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish hamda tegishli qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ industriya parki direksiyasi faoliyatini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat budjetidan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining oʻz hisobidan ajratiladigan, shu jumladan, Kreativ industriya parki hududida joylashgan davlat sherigiga tegishli boʻlgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaratish va realizatsiya qilish hamda boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ industriya klasterlari tashkil etiladigan hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Hududlar nomi

Joylashgan shahar

1.

Registon maydoni (Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalari)

Samarqand shahri

2.

Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi doirasida qamrab olingan hudud*

Buxoro shahri

3.

Ichan-qalʼa majmuasi

Xiva shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatida keltirilgan moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Quyidagilarning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish:

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom;

Kreativ industriya parkini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom;

Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxati.

2026-yil fevral

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi

2.

Milliy statistika qoʻmitasi tarkibida amaldagi shtat birliklari doirasida 4 ta shtat birligidan iborat kreativ iqtisodiyot hisobini yurituvchi alohida tuzilma tashkil etish.

2026-yil mart

Milliy statistika qoʻmitasi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Kreativ mahsulotlar hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hisoblashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil iyul

3.

Kreativ mahsulotlar yuzasidan moliyaviy va statistik hisobotlarni mobil ilova orqali soddalashtirilgan tartibda elektron taqdim etish tizimini yaratish.

2026-yil aprel

Soliq qoʻmitasi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

4.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida joylashgan boʻsh turgan tegishli bino-inshootlarni kreativ industriya parki barpo etish uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazishni yakunlash va kadastr hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2026-yil fevral

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

5.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida tashkil etiladigan kreativ industriya parkini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (elektr, gaz, suv, issiqlik, kanalizatsiya hamda yoʻllar)ga ulanishini taʼminlash.

Bino-inshootlar qurilishi yakuni bilan

Toshkent shahri hokimligi,

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

6.

Buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kreativ mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyolar va asbob-uskunalarni bojxona bojidan uch yil muddatga ozod etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi

7.

Kreativ industriya parkini yanada kengaytirish va zamonaviy formatda tashkil etish boʻyicha Yangi Toshkent hududidan yer maydoni ajratish va uni barpo etishni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2026-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi

8.

Kreativ industriya parki direksiyasi rezidenti maqomini olgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Soliq qoʻmitasi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

Kreativ industriya parki direksiyasining axborotlar bazasini yaratish;

2026-yil avgust

Kreativ industriya parkining axborotlar bazasini davlat organlari va idoralarining axborot bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilish.

2026-yil dekabr

9.

Kreativ iqtisodiyot sohasida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish va ularni tijoratlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Kreativ industriya parki direksiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Adliya vazirligi

10.

Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan kreativ mahsulotlar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida alohida boʻlim tashkil etish.

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Kreativ industriya parki direksiyasi

11.

Nukus shahrining “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, uning hududidagi pavilyon va angarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, bolalar kutubxonasi binosini barpo etishni loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda ushbu hududni kreativ park sifatida tashkil etishni moliyalashtirish manbalarini belgilash yuzasidan taklif kiritish.

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Kreativ industriya parki rezidentlari hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kreativ mahsulotlar davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun ularning reyestrini shakllantirish, kreativ industriya parkining rasmiy veb-saytidagi hamda reyestrdagi maʼlumotlarni muntazam yangilab borish.

2026-yil maydan boshlab doimiy

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Kreativ industriya parki direksiyasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2026-y., 07/26/64/0147-son)