11.02.2026 yildagi PQ-59-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, startap loyihalarni gʻoyadan boshlab masshtablashtirishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda institutsional, moliyaviy va infratuzilmaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar startap ekotizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) startap loyihalar sonini 5 mingtaga hamda jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 500 ta startap loyihani qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori, 100 ta startap loyihani qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori hamda 25 ta startap loyihani qiymati 100 million AQSH dollaridan yuqori boʻlgan kompaniyalarga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yoshlarning 2 mingta startap gʻoyalarini tijoratlashtirish, kamida 400 ta startap loyihasini xalqaro bozorlarga olib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Startap gʻoyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni oʻz ichiga qamrab oluvchi toʻrt bosqichli startap ekotizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Startap gʻoyalarni shakllantirish bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9 — 11-sinf oʻquvchilari uchun har oyda kamida ikki marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi, tuman darajasidagi gʻoliblarga 5 million soʻmgacha, viloyat darajasida — 10 million soʻmgacha miqdorda mukofot beriladi, ularning loyihalariga Yoshlar ishlari agentligi va IT-park hamrohlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) loyihalar har chorakda oʻquvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) marketpleyslar bilan hamkorlik oʻrnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2026-yil 1-apreldan boshlab muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) masalalar yechimi yuzasidan samarali deb topilgan takliflar boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun xarid jarayonlari kraudsorsing elektron platformasida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori boʻlgan gʻoyalarni aniqlash boʻyicha “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi va gʻoliblarga oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 100 million soʻm grant beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) respublika bosqichi 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi, mukofot jamgʻarmasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Eng yaxshi gʻoyalar (ideatonlar) va IT yechimlar (xakatonlar) tanlovlari gʻoliblariga quyidagilarni taqdim etishga ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat venchur jamgʻarmalari tomonidan — boshlangʻich darajadagi startap loyihalarga inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish sharti bilan 20 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda mablagʻlarni konvertatsiyalanadigan (keyinchalik startap ustav kapitalidagi ulushga aylantirilishi mumkin boʻlgan) qarz sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarga — “Raqamli startaplar” dasturi doirasida 10 ming AQSH dollari ekvivalentigacha mablagʻlarni grant sifatida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Startap loyihani ishlab chiqish bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2027-yildan boshlab quyidagilarda laboratoriya va uskuna (3D-printer), raqamli infratuzilma, ekspertlar, kovorking zonalari, yuridik xizmatlar, test poligonlari va moliyalashtirish instrumentlariga ega tadqiqot va ishlanma markazlari (R&D center) tashkil qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan — bosqichma-bosqich yoshlar texnoparklarida va oliy taʼlim tashkilotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan — Nurafshon shahrida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan yiliga 10 tagacha istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq, 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi mablagʻlarni qoplab berish uchun quyidagilar hisobidan “R&D” vaucher taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yoshlar texnoparklarida va oliy taʼlim tashkilotlarida — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligida — “Raqamli startaplar” dasturi doirasidagi mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim tashkilotlarining 2026-yil 1-sentabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlarida “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oliy taʼlim tashkilotlarida IT-park va venchur jamgʻarmalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda oʻz mablagʻlarini investitsiya qilish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2026-yildan boshlab har yili yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va ragʻbatlantirish boʻyicha “Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilsin hamda uning natijalari boʻyicha quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 100 tagacha biznes va startap loyihalarning har biriga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻmgacha investitsiya kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda xarajatlari toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi kengashi chempionat gʻoliblarini davlat mukofotlari, “Faol tadbirkor” va “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishonlariga tavsiya etish uchun vakolatli organlarga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Startap loyihani ishga tushirish bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab “Raqamli startaplar” dasturida ishtirok etuvchi startap loyihalarga IT-park rezidenti maqomi beriladi hamda ularga qonunchilikda belgilangan eksportning minimal koʻrsatkichlari talabisiz tegishli imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2026-yil 1-apreldan boshlab Startap ekotizimining yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma)da roʻyxatdan oʻtgan startap ekotizimi ishtirokchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq masʼul tashkilotlar tomonidan tegishli sohalarga oid startap loyihalar boʻyicha quyidagi xarajatlar qoplab berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tegishli yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan yoshlar startap loyihalari boʻyicha quyidagilar ajratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) startap studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun yiliga 20 tagacha loyihaga 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga 5 milliard soʻmgacha foizsiz qarz (ssuda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq badal toʻlovlari uchun oyma-oy ajratiladigan va umumiy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan grant.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2026-yil 1-apreldan boshlab hududlarda bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida Startaplar klubi tashkil etilsin va ularga startap tashabbuskorlari bilan har oy uchrashish, davlat organlari bilan yuzaga kelgan masalalari boʻyicha amaliy koʻmak koʻrsatish hamda ushbu hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlarini startap loyihalarga biriktirish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” koʻrgazmasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilsin va uning doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirlarni Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) startap loyihalar tashabbuskorlarining gʻoyalari va mahsulotlari investorlar, venchur jamgʻarmalar, yirik korxonalar, davlat idoralari va oliy taʼlim tashkilotlariga taqdimot qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Platformadagi muvaffaqiyatli startaplar reyestriga kiritilgan loyihalar bilan budjet buyurtmachilari oʻrtasida davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori 500 million soʻmgacha boʻlgan xaridlar boʻyicha 50 foiz, 500 million soʻmdan yuqori boʻlgan xaridlar boʻyicha 30 foiz etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Startap loyihani masshtablashtirish (eksport qilish) bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq va muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda soliq xavfi past boʻlgan Platformadagi muvaffaqiyatli startaplar reyestridagi loyihalarga xorijiy davlatlarda korxonalar tashkil qilish va ularning ustav fondini shakllantirishga (ustav fondida ishtirok etishga) yoki filiallarni aylanma mablagʻlar bilan toʻldirishga alohida qarorlarsiz yiliga 500 ming AQSH dollarigacha mablagʻlarni xorijiy hisob raqamlarga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy davlatlarda startaplarni yoki ularning filialini tashkil qilgan startap loyihalarning roʻyxatini tuzsin va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yilda startap loyihalar roʻyxati asosida tegishli davlatlar hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralarni amalga oshirsin va yakunlari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Toʻrt bosqichli startap ekotizimining tashkiliy chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki oy muddatda IT-park huzurida mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq vazifalarni amalga oshiradigan Moliyaviy konsultatsiya va yuridik yordam xizmatini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Moliyaviy konsultatsiya va yuridik yordam xizmati tomonidan xizmatlar startap loyihalarga ular Platformada roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab 12 oygacha boʻlgan muddatda bepul koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) IT-parkka ushbu xizmatlarni koʻrsatish uchun autsorsing tashkilotlarini jalb qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 3-ilovaga muvofiq yangilangan tarkibda tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) startap ekotizimining amaldagi holatini tahlil qilish, startap ekotizimini rivojlantirishning yoʻnalishlarini, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI), startap ekotizimi ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash tartiblarini belgilash hamda ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) startap ekotizimi ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, startaplarni barcha bosqichlarda qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) startap loyihani amalga oshirishda moliyalashtirish, infratuzilma va tartibga solish bilan bogʻliq muammolarni hal etish, tizimli masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) startap ekotizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish maqsadida choraklik yigʻilishlar oʻtkazib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Toʻrt bosqichli startap ekotizimini moliyalashtirish uchun 2026-2027-yillarda jami 160 million AQSH dollari va 130 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilsin, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) texnologiyalar sohasidagi startap va biznes loyihalar uchun Jahon bankidan jalb qilinadigan 100 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PQ-320-son qaroriga muvofiq “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026-2027-yillarda ajratiladigan 50 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasiga ajratiladigan 10 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida 30 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) “UzVC” milliy venchur fondiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-2027-yillarda teng miqdorlarda ajratiladigan 100 milliard soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Toʻrt bosqichli startap ekotizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-59-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Startap ekotizimining yoʻnalishlari boʻyicha biriktirilgan masʼul tashkilotlar, oliy taʼlim tashkilotlari hamda banklar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soha (yoʻnalish)

Masʼul tashkilot

Oliy taʼlim tashkiloti

Hamkorlik qiluvchi bank

1.

Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt (IT, AI)

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

AT “Aloqabank”

2.

Moliyaviy texnologiyalar (FinTech)

Markaziy bank

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

“Oʻzmilliybank” AJ

3.

Tibbiyot (NealthTech)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

“Mikrokreditbank” ATB

4.

Farmatsevtika

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Toshkent farmatsevtika instituti

“Asakabank” AJ

5.

Qishloq xoʻjaligi (agritech)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Toshkent davlat agrar universiteti

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

6.

Suv xoʻjaligi (water tech)

Suv xoʻjaligi vazirligi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

“Agrobank” ATB

7.

Kiberxavfsizlik

Ichki ishlar vazirligi

“Cyber university” davlat universiteti

AT “Xalq banki”

8.

Taʼlim va ilm-fan

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

“Turonbank” ATB

9.

Energiya tejamkorlik

Energiya samaradorligi milliy agentligi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IT-park huzuridagi Moliyaviy konsultatsiya va yuridik yordam xizmatining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq, moliyaviy operatsiyalar va buxgalteriya hisobi, investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida IT kompaniyalar va startap loyihalarni konsultativ qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash masalalarida uslubiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. IT kompaniyalar va startap loyihalar manfaatlarini huquqiy taʼminlash va himoya qilish, shu jumladan, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, yuridik maslahatlar berish, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, bank hisobvaraqlarini ochish, litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, shuningdek, davlat xizmatlarini olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi

B.B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi, Kengash raisi oʻrinbosari

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori

D.G. Xashimov

“UzVC” milliy venchur fondi” masʼuliyati cheklangan jamiyat bosh direktori

T.N. Xusanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament boshligʻi, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrt bosqichli startap ekotizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Startap gʻoyalarni shakllantirish bosqichi

1.

Kraudsorsing tizimini joriy etish

“Startupbase” axborot tizimida kraudsorsing platformasini joriy etish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

2.

“Mohirlik va biznes soati” tadbirlarini oʻtkazish

1. “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkaziladigan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini belgilash va uni kengaytirib borish.

2026-yil may,

har yili 1-mayga qadar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Karimova),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. “Mohirlik va biznes soati”ning oʻquv dasturini ishlab chiqish.

3. “Mohirlik va biznes soati” boʻyicha oʻqituvchilarni tayyorlash yoki tegishli mutaxassislarni jalb qilish.

2026-yil avgust

4. Oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovni oʻtkazish tartibini tasdiqlash. Bunda tuman darajasidagi gʻoliblarga — 5 million soʻmgacha, viloyat darajasida 10 million soʻmgacha miqdorda mukofot berilishi, ularning loyihalariga Yoshlar ishlari agentligi va IT-park hamrohlik qilishi koʻzda tutiladi.

2026-yil may

5. Davlat budjeti parametrlarida oʻquvchilarga kichik grantlar ajratish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutish.

2027-yildan boshlab har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

3.

“Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovini oʻtkazish

“Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish:

(a) tanlov birinchi bosqichda barcha davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oliygoh darajasida oʻtkaziladi va gʻoliblarga oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 100 million soʻm grant beriladi;

(b) respublika bosqichi 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi, mukofot jamgʻarmasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm etib belgilanib, har bir yoʻnalishga 1 milliard soʻmdan ajratiladi;

(v) tanlov gʻoliblari xorijiy davlatlarga stajirovkaga hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yuboriladi.

2026-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Innovatsion rivojlanish agentligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

4.

Ideaton va xakaton tanlovlarini oʻtkazish

Tanlovni quyidagi bosqichlarda oʻtkazish:

(a) umumiy oʻrta va kasbiy taʼlim tashkilotlarining yuqori sinf (bosqich) oʻquvchilari oʻrtasida ideaton tanlovlarini oʻtkazish;

(b) ideaton bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar oʻrtasida xakaton tanlovini oʻtkazish;

(v) respublika final bosqichida saralangan eng yaxshi 200 ta loyiha egalari uchun “Startap oromgohi”ni tashkil etish.

2026-yildan boshlab har yili

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Karimova)

5.

Yoshlarning startap, biznes va kreativ gʻoyalarini shakllantirish va loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni yoʻlga qoʻyish

1. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi hisobidan:

(a) quyidagi dasturlarni amalga oshirish:

startap yoʻnalishida — “Uz-Combinator” intensiv inkubatsiya dasturi;

biznes va tadbirkorlik yoʻnalishida — “Business-Combinator”dasturi;

kreativ mahsulotlar yaratish yoʻnalishida — “Creative-Combinator” dasturi;

(b) dasturlar doirasida yoshlarni oʻqitish uchun zarur shart-sharoit va moddiy texnika bilan taʼminlash;

(v) istiqbolli tashabbusga ega yoshlarni tanlab olish va oʻqitish hamda dastur ishtirokchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlab berish;

(g) zaruratga koʻra, boshqa soha va yoʻnalishlarda ham “Combinator” dasturlarini joriy etish orqali yoshlarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish.

2. Dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, shu jumladan, “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi hisobidan ularning loyihalariga ulush va investitsiya kiritish orqali qoʻllab-quvvatlash.

2026-yildan boshlab har yili

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

6.

Kraudfanding faoliyatini tartibga solish

Kraudfanding faoliyatini tartibga solish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) kraudfanding tushunchasi (raqamli platforma orqali loyihalarni amalga oshirish uchun jamoaviy ravishda pul mablagʻlarini jalb etish);

(b) kraudfanding asosiy modellari, ishtirokchilar va platforma operatorlarining huquq va majburiyatlari.

2026-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Markaziy bank (Ishmetov)

7.

Yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdimotini oʻtkazish

“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

(a) yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalarning ochiq taqdimotini (pitch) oʻtkazish hamda baholash;

(b) istiqbolli startaplarni tanlab olish va ularga venchur fondlar mablagʻlari hisobidan investitsiya kiritish;

(v) Yoshlar ishlari agentligi binosida zarur qulayliklarga ega taqdimotlar maydoni (Pitch Arena) tashkil etish.

2026-yildan boshlab har yili

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Innovatsion rivojlanish agentligi

II. Startap loyihani ishlab chiqish bosqichi

8.

“Yosh tadbirkorlar” chempionatini tashkil etish

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi qarori bilan “Yosh tadbirkorlar” chempionatini oʻtkazish tartibini tasdiqlash va unda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasida Global tadbirkorlar loyiha ofisini tashkil etish;

(b) nufuzli xalqaro startap akseleratorlari, innovatsiya markazlari va investitsiya tuzilmalari (Startup Chile, NiCool Global Entrepreneurs Competition, Startup India, Plug and Play kabi) hamda yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish;

(v) yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash;

(g) chempionat gʻoliblarini nufuzli xorijiy akseleratorlar va kompaniyalarga amaliyot oʻtash dasturlariga yuborish.

2026-yil mart

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

9.

Startap gʻoyalarni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida “Biznes-farishtalar” faoliyatini ragʻbatlantirish

Startap loyihalarining ustav kapitaliga investitsiya mablagʻlarini kiritgan investorlar (“biznes-farishtalar”) ushbu ulushni kamida 3 yildan keyin sotganda, sotishdan olingan daromad (foyda) summasini soliqdan ozod qilish orqali startaplarga investitsiya kiritishni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-yil may

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

10.

Startap loyihaning prototipini ishlab chiqish uchun infratuzilma yaratish

1. Tadqiqot va ishlanma markazlari (R&D center) tashkil etiladigan Yoshlar texnoparklari va oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini belgilash.

2026-yil mart

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan yiliga 10 tagacha istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi mablagʻlarni qoplab berish uchun tegishincha Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi va “Raqamli startaplar” dasturi hisobidan moliyalashtiriladigan “R&D” vaucher taqdim etish tartibini tasdiqlash.

2026-yil aprel

Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qoʻchqorov)

3. Oliygohlardagi laboratoriya va inkubatsiya markazlaridan maktab oʻquvchilari ham foydalanadigan tizimni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

11.

Trekerlar tayyorlash dasturini amalga oshirish

IT-park va uning filiallarida startaplarga professional asosda koʻmaklashuvchi mutaxassislarni tayyorlashga moʻljallangan Trekerlar tayyorlash dasturini joriy etish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

12.

“Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish

1. “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish tartibini tasdiqlash.

2026-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Dasturda ishtirok etadigan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha taklif kiritish.

2027-yil aprel

13.

Yoshlarning startap yaratish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish

Yoshlarga startap yaratish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan bepul onlayn taʼlim platformasini ishga tushirish. Bunda:

(a) onlayn taʼlim platformasida taʼlim modullari, interaktiv darslar, mentorlik xizmati, investorlar bilan bogʻlanish, onlayn hamjamiyat va avtomatlashgan biznes vositalari va boshqa imkoniyatlarni ishga tushirish;

(b) platformani yaratish va saqlash xarajatlarini “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.

2026-yil noyabr

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

III. Startapni ishga tushirish bosqichi

14.

Startap loyihalarning xarajatlarini qoplab berish

1. Startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan startap tashabbuskorlariga mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq sohalar boʻyicha xarajatlarni masʼul tashkilotlar tomonidan qoplab berish tartibini tasdiqlash.

2026-yil mart

Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qoʻchqorov)

2. Oʻqish xarajatlari qoplanadigan oʻquv kurslari hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari roʻyxatini belgilash.

2026-yil mart

15.

Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida milliy va xalqaro tanlovlar oʻtkazish tartibini takomillashtirish

Milliy startap ekotizimini yanada boyitish va xalqaro tajribani jalb qilish maqsadida quyidagilarni koʻzda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovi umumiy mukofot jamgʻarmasini 1 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollariga koʻpaytirish. Bunda qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻlar esa grant shaklida emas, balki investitsiya koʻrinishida taqdim etilishini koʻzda tutish;

(b) xorijiy startap loyihalar va ularning taʼsischilarini Oʻzbekistonga jalb etishni koʻzda tutuvchi umumiy mukofot jamgʻarmasi 5 million AQSH dollari boʻlgan “Startaplar makoni” (“Land of Startups)”) yangi xalqaro tanlovini joriy etish.

2026-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

16.

Yoshlar, yosh startap va biznes vakillarining tadbirkorlik salohiyatini oshirish va bozordagi faol ishtirokini taʼminlash

1. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes-forumlar, oʻquv oromgohlari, mahsulot va xizmatlar koʻrgazmalari, tajriba almashish dasturlari hamda tanlovlar tashkil etish boʻyicha reja-grafikni tasdiqlash.

2026-yildan boshlab har yili mart oyida

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

2. Tasdiqlangan reja-grafiklarga asosan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026 — 2030-yillarda

17.

Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan startap loyihalar natijasida yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarning davlat xaridlari tizimida sotilishini yoʻlga qoʻyish

Startap ekotizimining yagona elektron platformasida muvaffaqiyatli startaplar reyestridagi startap loyihalar natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimlarida joylashtirilgan oferta hamda tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi sahifani davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida yaratish.

2026-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

18.

Startaplar klubini tashkil etish

1. Hududlarda bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida startap loyihalar hamda hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlaridan iborat Startaplar klubini tashkil qilish.

2026-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov)

2. Salohiyatli startap loyihalarga yirik tadbirkorlik subyektlarini biriktirish amaliyotini joriy qilish.

Doimiy

3. Startaplar klubida startaplar hamda masʼul idoralar bilan birgalikda doimiy davra suhbatlari tashkil qilish.

Doimiy

19.

“Startap ekspo” koʻrgazmasini oʻtkazish

“Startap ekspo” koʻrgazmasini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil mart

Savdo-sanoat palatasi  (Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

IV. Startapni masshtablashtirish (eksport qilish) bosqichi va tashkiliy chora-tadbirlar

20.

Mahalliy startaplarni xalqaro miqyosda rivojlantirish

1. TechCrunch, AlchemistX, Kremniy vodiysi rezidentligi dasturi hamda “Silkroad Innovation Nub” kabi yetakchi global akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Bunda:

(a) yetakchi global akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari bilan muzokaralar oʻtkazish va hamkorlik oʻrnatish;

(b) xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega startaplarga xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishiga koʻmaklashish.

2. “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasining AQSHning Kremniy vodiysida oʻzbekistonlik yoshlar va mahalliy startap asoschilarini xalqaro bozordagi yirik kompaniyalar, investor va akseleratorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlaydigan Startap loyihalari ofisini tashkil etish.

2026-yil yakuniga qadar

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)

21.

Startap ekotizimini muvofiqlashtirish

1. Startap ekotizimi ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash tartiblarini tasdiqlash.

2026-yil mart

Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qoʻchqorov)

2. Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishlarini oʻtkazib borish.

Har chorakda

22.

Startap ekotizimining yagona elektron platformasini joriy etish

“Startupbase” axborot tizimi negizida quyidagi imkoniyatlarga ega Startap ekotizimining yagona elektron platformasini joriy etish:

(a) startap ekotizimi ishtirokchilari, jumladan, sohalar va hududlar kesimida startap loyihalar, shundan, investitsiya olgan startaplar, muvaffaqiyatli startaplar, venchur fondlar, “biznes-farishtalar”, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarining elektron reyestrlarini yuritish;

(b) startap loyihalarini moliyalashtiradigan tashkilotlar hamda ular tomonidan moliyalashtirish shartlari (term sheet);

(v) kraudsorsing elektron platformasini joriy qilish.

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Innovatsion rivojlanish agentligi

23.

Muvaffaqiyatli startaplar reyestrini joriy etish

Startap ekotizimining yagona elektron platformasida muvaffaqiyatli startaplar reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash.

2026-yil mart

Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qoʻchqorov)

24.

Startaplar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish

1. Startap ekotizimi rivojlangan xorijiy davlatlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident Administratsiyasi hamda masʼul vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlarning tashriflarini uyushtirish.

2026-yil fevral — iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

2. Startap ekotizimi ishtirokchilari bilan muhokamalar oʻtkazish hamda qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

3. Xorijiy tajriba, startap ekotizimi ishtirokchilari takliflari, amaldagi holat va qonunchilik bazasi tahlili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor idoralar bilan kelishish:

(a) startap ekotizimi ishtirokchilarining huquqiy maqomi hamda ularning huquq va majburiyatlari;

(b) startap ekotizimini muvofiqlashtirish uchun masʼul organ, vazirlik va idoralar vazifalari;

(v) startap ekotizimi ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash choralari va instrumentlari.

2027-yil mart

4. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish, jumladan, davra suhbatlari tashkil qilish, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasiga kiritish.

2027-yil aprel

5. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil iyun

25.

Toʻrt bosqichli startap ekotizimini moliyalashtirish

Startap loyihalar uchun Jahon bankidan jalb qilinadigan kredit liniyasini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturining tashqi davlat qarzi jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish.

2026-yil yakuniga qadar

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

26.

Raqamli startaplar dasturini takomillashtirish

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini qoʻllash tartibini belgilovchi nizomlarni mazkur qaror talablaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Qoʻchqorov)

27.

Muvaffaqiyatli startaplarni targʻib qilish

Muvaffaqiyatli startaplar toʻgʻrisida maqola va videoroliklar tayyorlash, ularni har chorakda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, shuningdek, startap egalari tomonidan oʻz mahsulotlarini ishlab chiqish va taqdim etish boʻyicha realiti shoularni tashkil qilish.

2026-yil apreldan boshlab doimiy

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi (Vahobov),

OʻzMTRK (Djurabayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari, hamda ushbu Nizomning 3-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan loyihalar bundan mustasno), shuningdek, qiymati 10 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshiriladigan loyihalar. Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan va mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar (MTTB), davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari vakolatli organlarning tarmoq ilmiy-texnik kengashidan tegishli xulosalar olingandan soʻng ular boʻyicha tuzilgan bitim shartlari asosida texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlari hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi yuzasidan ekspertiza qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-87-son qarorining 9-bandi “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi xatboshidagi “IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyatini” soʻzlaridan keyin “alohida yuridik shaxs sifatida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda IT-park direksiyasiga xorijiy mamlakatlarda alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2027-yil 1-yanvarga qadar har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat berish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat davomiyligi — 5 yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yilida jami daromadi — 10 milliard soʻmdan oshmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 11-band hamda 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4-band “20 nafar tadbirkordan” soʻzlaridan keyin “va ekspertlardan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan yoki startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha venchur jamgʻarma tomonidan 5 milliard soʻmgacha investitsiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 million soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 2 milliard soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihaga — 5 milliard soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma tomonidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 12-bandning uchinchi xatboshisi “(konsultantlar)ni” soʻzidan keyin “hamda mutaxassislarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 1-ilova quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini tizimli rivojlantirish, ularni yirik biznes darajasigacha olib chiqish, milliy brendlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida “BIZCOMBINATOR” loyihasini amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qoʻllab-quvvatlash chorasi

Taqdim etuvchi tashkilot / moliyalashtirish manbai

Qoʻllab-quvvatlash chorasi taqdim etiladigan subyektlar

Foydalanish muddati

I. Kreditlar ajratish*

1.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga** tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 100 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratish.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB, AT “Aloqabank”, tijorat banklari / Jamgʻarma

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolar.

2. Dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlar.

3. Ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan yosh fuqarolar.

4. Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha

Bunda loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 24 oygacha muddatga ajratilishi mumkin.

Har 1 yilda soʻndirish sharti bilan 5 yilgacha

2.

Jamgʻarma resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 100 mln soʻmdan yuqori, biroq 500 mln soʻmdan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolar.

2. Dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlar.

3. Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha

3.

Jamgʻarma resurslari hisobidan tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 500 mln soʻmdan yuqori, 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratish.

1. Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar.

2. Yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlari.

2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha

4.

Jamgʻarma resurslari hisobidan minitraktor, kultivator, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahsulotlarni saralash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash uskunalarini xarid qilish va sugʻorish tizimlari (quduqlar burgʻilash) loyihalari uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlariga tijorat banklari orqali Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratish.

1.Aʼzolarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-153-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmatlar koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari.

II. Kompensatsiyalar taqdim etish

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmonida belgilangan tartib va shartlar asosida ajratiladigan kreditlar va lizinglar boʻyicha kompensatsiya taqdim etish.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmonida belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari.

3 yilgacha muddatga

III. Jamgʻarma tomonidan qarz ajratish*** hamda startaplarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

6.

Jamgʻarma tomonidan uning resurslari hisobidan tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash, jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming baravarigacha miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz ajratish.

Jamgʻarma

1. Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

2. Yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni (shu jumladan, “Yoshlar daftari”ga kirganlarni) ishga joylashtirish boʻyicha loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

Bunda roʻyxatning ushbu pozitsiyasida koʻzda tutilgan subyektlar:

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “BB” (61 — 75 ball) koʻrsatkichga ega;

ajratiladigan mablagʻ qiymatining 125 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mol-mulkni garov taʼminoti sifatida taqdim etgan;

kamida 12 oydan ortiq muddat davomida faoliyat koʻrsatayotgan;

xarid qilinadigan tovar va xizmatlar qiymatining toʻrtdan bir qismi miqdorida Jamgʻarma daromadini qoʻshgan holda ajratiladigan jami qarz mablagʻlarini teng ulushlarda boʻlib-boʻlib qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan boʻlishi lozim.

Hukumat qaroriga muvofiq roʻyxatning ushbu pozitsiyasida koʻzda tutilgan subyektlarga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.

1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga

7.

Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan yoki startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan investitsiya jalb qilgan:

istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 million soʻmgacha;

Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 2 milliard soʻmgacha;

xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega startap loyihaga — 5 milliard soʻmgacha investitsiya ajratiladi.

Venchur jamgʻarma / Jamgʻarma

Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi keyinchalik yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki taʼsischi yosh boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyekti.

-

8.

Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab berish.

Jamgʻarma

Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

-

9.

Startaplar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda toʻlab berish.

Jamgʻarma

Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

Bunda yoʻnalishlar roʻyxati Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.

-

10.

Yoshlar texnoparki va oliy taʼlim tashkilotlarida Tadqiqot va ishlanma markazlarida (R&D center) sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi xarajatlar uchun mablagʻ ajratish.

Jamgʻarma

Bunda har yili saralab olingan 10 tagacha istiqbolli loyihalar uchun mablagʻ ajratiladi.

-

11.

Startap-studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga 5 milliard soʻmgacha foizsiz qarz (ssuda) ajratish

Jamgʻarma

Yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

Bunda qarz (ssuda) startap-studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish boʻyicha reja Jamgʻarma kengashi tomonidan maʼqullanganda ajratiladi.

1 yillik imtiyozli davr bilan

5 yilgacha muddatga

12.

Mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq badal toʻlovlari uchun oyma-oy jami bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha grant ajratish.

Jamgʻarma

Startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

Bunda toʻlovlar oyma-oy ajratiladi.

-

13.

Yoshlarning startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bogʻliq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish.

Jamgʻarma

Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bogʻliq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplab beriladi.

-

14.

“Yosh tadbirkorlar” chempionatining eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalarining har biriga 1 milliard soʻmgacha investitsiya kiritish.

Venchur jamgʻarma / Jamgʻarma

Oʻtkazish tartibi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan “Yosh tadbirkorlar” chempionatining eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalariga investitsiya kiritiladi.

-

15.

“Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlarini toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratish.

Jamgʻarma

“Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha gʻolib yoki sovrindor boʻlgan startap va biznes loyihalari egalari.

-

16.

Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega biznes loyihalarga ulush kiritish va 5 milliard soʻmgacha investitsiya ajratish.

Jamgʻarma

Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.

-

17.

Olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratish.

Jamgʻarma

1. Qarz ajratishda quyidagi talablar belgilanadi:

yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan yosh fuqaro yoki yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining yosh taʼsischisi xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan boʻlishi;

qarz oluvchi subyektlar bilan Jamgʻarma ijro etuvchi organi oʻrtasida affillanganlik holati boʻlmasligi.

2. Qarz quyidagi subyektlarga ajratiladi:

yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga;

ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.

6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-bandlardagi instrumentlar boʻyicha ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ushbu mablagʻlarga nisbatan tijoriy foiz stavkalari tatbiq etiladi va tijorat banki tomonidan muddatidan oldin tadbirkorlik subyektidan undirish choralari koʻriladi. Bunda mazkur shartlar kredit shartnomasida nazarda tutiladi va kredit boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanganligi holatidan qatʼi nazar tijoriy foiz stavkalari asosida qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tadbirkorlik loyihasi — sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yoʻnalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Jamgʻarma tomonidan uning resurslari hisobidan qarz ajratish 2025-2026-yillarda tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi hamda uni moliyalashtirish uchun 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi. Mazkur instrument orqali loyihalarni moliyalashtirish alohida hisob-varaq orqali amalga oshirilib, undan qaytgan mablagʻlar belgilangan tartibga muvofiq yangi loyihalarga ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 9-bandning “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91. “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalarga ushbu nizomning 9-bandida belgilangan talablarsiz Texnopark rezidenti maqomi toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlish orqali rezident boʻlgan startap loyihalarga jami daromadidan oʻtkaziladigan ajratmalar miqdori qatʼiy bir foiz etib belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida xorijiy tillarni oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshmasligini taʼminlashi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida xorijiy tillarni oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi maqomi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Nizomga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taʼlim berish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshmagan holda axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim doirasida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha xizmat koʻrsatish faoliyati”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 24 — 29-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali axborot xizmatlarini (biznes-jarayonlari autsorsingi) eksport qilish faoliyati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda, biznes-jarayonlar autsorsingi yoʻnalishi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Proccess Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maʼlumotlarni saqlash va ishlov berish qurilmalari uchun infratuzilmani ijaraga berish (co-location) xizmatini koʻrsatish va maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati (R&D).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aerokosmik texnologiyalar faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)