Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003 29.08.1994 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI KONTRAKTATSIYA ShARTNOMALARINI TUZISh VA BAJARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
29-avgustdagi 438-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarishda, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, korxonalar (tayyorlov, cavdo, qayta ishlovchi va boshqalar)* bilan qishloq xo‘jaligi korxonalari, shu jumladan, fermer xo‘jaliklari** o‘rtasida paydo bo‘ladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Keyingi o‘rinlarda “tayyorlovchi” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Keyingi o‘rinlarda “xo‘jalik” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktatsiya shartnomalar bo‘yicha xo‘jaliklar qishloq xo‘jaligi mahsulotini shartnomada, nazarda tutilgan miqdorda, sifatda, assortimentda va muddatlarda yetishtirish majburiyatini, tayyorlovchi esa uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo‘yicha to‘lab hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, avans berish va mahsulotni transportda tashishda xo‘jalikka yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar kontraktatsiya shartnomalari tuzishda erkindirlar, ushbu shartnomalarni tuzishda majbur qilish taqiqlanadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari) hamda ularning shartlari qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq ixtiyoriy asosda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzishda xo‘jalik, tayyorlovchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonlar bo‘lishadi. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasini tuzish va bajarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom bilan belgilangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi xo‘jaliklar tomonidan ushbu shartnomalar bo‘yicha sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyoning barcha turlarini xarid qilishga, ularda mahsulot sotishga davlat buyurtmasi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, taalluqlidir hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga muvofiq albatta yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktatsiya shartnomasi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani tuzish va bajarishda tomonlarning har biri boshqa tomonning xo‘jalik hisobi manfaatlariga rioya qilishi, o‘z majburiyatlarini eng tejamli tarzda bajarishi, majburiyatning zarur darajada bajarilmasligi munosabati bilan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish yoki kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishi, bu chora-tadbirlar to‘g‘risida ikkinchi tomonni o‘z vaqtida xabardor qilishi hamda majburiyatlarni bajarishda unga ko‘maklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma, agar tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlagan taqdirda bajarilgan hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilik hujjatlari, shartnoma va mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan mulkiy jazolarni qo‘llaydilar. Jazolar o‘zaro hisobga o‘tkazishlarsiz qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchilar va xo‘jaliklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Jumladan, majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va doirada mulkiy javobgarlik yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayyorlovchilar quyidagilarni ta’minlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar tomonidan taqdim etilgan barcha mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda xarid qilishlarni va uzluksiz qabul qilib olishni ta’minlashni tashkil etish. Taqdim etilgan mahsulot deganda tayyorlovchining qabul punktiga topshirish-qabul qilib olish uchun keltirilgan mahsulotni, mahsulot bevosita joyning o‘zida — xo‘jalikning topshirish-qabul qilib olish punktiga qabul qilinganda esa bu yerga keltirilgan mahsulotni tushunish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash sanoati va savdo korxonalarining xo‘jaliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘riva uzoq muddatli aloqalarini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita xo‘jaliklarda qabul qilib olishni hamda o‘zining ixtisoslashtirilgan transporti, umumiy foydalaniladigan transport yoki xo‘jalik ijaraga olgan transport bilan kelishilgan grafik bo‘yicha tashishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan mahsulotning sifatini to‘g‘ri aniqlash, mahsulot uchun hisob- kitoblarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, transportda tashish, saqlash va dastlabki qayta ishlashda uning nobud bo‘lishini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar bilan shartnomalar bo‘yicha idish, o‘rash materiallari va normativ-texnik hujjatlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot qishloq xo‘jaligi mahsulotlari har bir turini yetishtirishning o‘ziga xosligiga muvofiq muddatlarda sotilganda keyinchalik hisobga o‘tkazilgan holda, xo‘jaliklarga don qiymatining kamida 40 foizidan, shuningdek, boshqa mahsulotlarning shartnomada nazarda tutilgan qiymatining kamida 25 foizidan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida avans to‘lash, eksperiment tariqasida ishlovchi xo‘jaliklarga esa — uyushmalar tomonidan erkin sotiladigan paxtaning 40 foizi hisobidan avans to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xo‘jaliklar quyidagilarni ta’minlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlovchiga shartnomada nazarda tutilgan mahsulotlar turlari bo‘yicha hajmlarda va assortimentda, tegishli sifat va muddatlarda sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlovchining bevosita xo‘jalikdagi topshirish-qabul qilib olish punktiga o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yish yoki uni kelishilgan grafik bo‘yicha tayyorlovchining qabul qilish punktlariga olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinadigan hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va mahsulot topshirishga qo‘yiladigan boshqa talablarga (o‘rash-joylash, idish, markirovka, chorva mollarini birkalash va boshqalar) rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xom ashyo zonasini va tayyorlovchilar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish uchun xo‘jaliklar ro‘yxatini aniqlash, mahalliy qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan, xo‘jaliklar va tayyorlovchining istaklari hisobga olingan holda navbatdagi yil boshlanishidan ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarishda tomonlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini xarid qilish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shartnomalarni tuzish bevosita xo‘jaliklarda amalga oshiriladi, tayyorlovchi xo‘jalikka vakolatli vakilini yuborishga majburdir, shartnomalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi kontraktatsiya shartnomasi loyihalarini xo‘jaliklarga, agar ular turli viloyatlarda bo‘lsalar hamda shartnoma tuzishga rozi bo‘lsalar, pochta orqali yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik tayyorlovchining vakili xo‘jalikka kelgan kundan boshlab yoki shartnoma loyihasi pochta orqali olingandan keyin 7 kun mobaynida shartnomani imzolashga va uni tayyorlovchiga qaytarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnoma shartlari bo‘yicha xo‘jalikda e’tirozlar paydo bo‘lsa, xo‘jalik xuddi o‘sha muddatda kelishmovchiliklar bayonini tuzadi va imzo chekilgan shartnomani kelishmovchiliklar bayonining ikki nusxasi bilan birgalikda tayyorlovchiga yuboradi. Kontraktatsiya shartnomasida u kelishmovchiliklar bilan imzolanganligi ko‘rsatiladi, bu haqda Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga albatta ma’lum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach 5 kun mobaynida uni ko‘rib chiqishga (zarur hollarda ikkinchi tomon va Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi vakili bilan birgalikda), qabul qilingan barcha takliflarni shartnomaga kiritishga, nizoli masalalarni esa xuddi o‘sha muddatda ko‘rib chiqish uchun nizo tegishli bo‘lgan xo‘jalik sudiga berishga majburdir.
(8-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach 5 kun mobaynida tartibga solinmagan qolgan kelishmovchiliklarni xo‘jalik sudining hal etishiga bermasa, xo‘jalikning takliflari qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma uch nusxada tuziladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar imzo chekkan shartnomani xo‘jalik ro‘yxatga olish uchun 3 kun mobaynida Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan belgilangan hajmlarda nazarda tutilmagan va davlat buyurtmasiga kirmagan mahsulotlarga tuzilgan shartnomalar ham Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasida albatta ro‘yxatga olinishi kerak.
(8-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tayyorlovchi shartnomaga standartlarni, texnikaviy shartlarni, mahsulotlarning ayrim turlarini xarid qilish tartibini, xarid qilinadigan mahsulotni qabul qilish va uning sifatini baholashni tartibga soluvchi qoidalar (yo‘riqnomalar) ni, mahsulotlar uchun hisob-kitoblarni hamda, agar ular ilgari xo‘jalikka taqdim etilmagan bo‘lsa, boshqa normativ hujjatlarni mahsulot tayyorlash boshlanishidan kamida bir oy oldin ilova qilishga, xo‘jalikni tamom bo‘lgan yilda bu hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan tanishtirishga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash masalalari bo‘yicha qonunchilikka va normativ hujjatlarga bundan keyin kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida xo‘jalikni tezlikda xabardor qilishga va xo‘jalikning iltimosiga ko‘ra xodimlarga ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar va maslahat berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomani bajarishni bir tomonlama rad etishga va uning shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan istisnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif olgan tomon taklif olingandan keyin 5 kundan kechikmay javob berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tomon 5 kun mobaynida javob bermasa, taklif qabul qilingan deb hisoblanadi. Tomonlar shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida bir qarorga kelmasalar, tomonlar o‘rtasidagi nizo hal etish uchun belgilangan tartibda xo‘jalik sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (mahsulotlar turlari bo‘yicha), sifati, narxi, shartnomaning umumiy summasi, yetkazib berish tartibi va shartlari, mahsulotni topshirish-qabul qilish punktlari va davrlari (muddatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi tomonidan bevosita xo‘jalikning o‘zida qabul qilib olib o‘zining yoki jalb etilgan transport bilan tashib ketiladigan mahsulot miqdori, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish hajmlariga muvofiq kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotning xo‘jalikda qayta ishlangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishga, markirovku qilishga, o‘rash-joylashga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchining mahsulotni o‘z vaqtida qabul qilish va belgilangan narxlar bo‘yicha to‘lashga doir majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar tartibi, xo‘jalik va tayyorlovchining to‘lov, pochta va yuklash rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etishda va tayyorlovchining qabul punktiga transportda tashishda xo‘jaliklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlovchining majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning, shuningdek, tomonlar shartnomada O‘zbekiston Respublikasining belgilangan qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa shartlarni nazarda tutishni zarur deb tan olgan boshqa shartlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning o‘zaro mulkiy javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahsulot turlari, assortimenti, miqdori va sifati, shartnomani bajarish muddatlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayyorlovchi xo‘jalik tomonidan shartnomaga nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha topshirilgan mahsulotning hammasini (nostandart meva-sabzavotlar va boshqa tez ayniydigan mahsulotlardan tashqari) unda belgilangan shartlarda qabul qilib olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi yoki qayta ishlangan holda foydalanishga yaroqli nostandart meva-sabzavotni va boshqa tez ayniydigan mahsulotlarni hamda shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha topshirilgan tez ayniydigan standart mahsulotni tayyorlovchi tomonlar kelishgan shartlar va narxlar bo‘yicha qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik tayyorlovchini shartnomada nazarda tutilgan assortimentda sotishga mo‘ljallanayotgan mahsulotning miqdori va uni topshirish muddatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida (mavsumiy mahsulotlar bo‘yicha esa tayyorlov boshlangungacha 15 kundan kechikmay) ma’lum qilishi hamda mahsulotni topshirishning kalendar (sutkalik) grafigini kelishishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalikdan xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotining assortimenti va miqdorini tomonlar shartnomada belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xo‘jalik tomonidan tayyorlovchiga yuklab jo‘natiladigan (yetkazib beriladigan) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi kerak, mahsulot tayyorlovchi tomonidan bevosita xo‘jalikda qabul qilib olinganda esa qabul qilish-topshirish hujjati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik tomonidan tayyorlovchiga shartnoma bo‘yicha sotiladigan mahsulotning sifatini aniqlash standartlarga, texnik shartlarga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahsulotlarni sotish muddatlari ekinlarning yetilish vaqtini, yetishtirish vaqtlarini, qayta ishlashni va ularni saqlashni hisobga olgan holda, chorvachilik mahsulotlari bo‘yicha esa — xo‘jaliklarga belgilangan tartibda yetkazilgan xaridlarning yil choragi hajmlarini hisobga olgan holda shartnomalarda nazarda tutiladi. Xo‘jalikda qayta ishlangan mahsulot tayyorlovchi tomonidan tasdiqlangan ekvivalentlar (koeffitsiyentlar) bo‘yicha xarid hajmlari bajarilishi hisobiga o‘tkazilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tayyorlov punktlarga jo‘natishda mahsulotni transport vositalariga yuklash va qaytariladigan idishni tushirib olish xo‘jalikning kuchlari, mablag‘lari va uning hisobidan amalga oshiriladi, mahsulotni tushirib olish va mahsulotni topshirish punktida xo‘jalikka jo‘natish uchun idishni yuklash esa tayyorlovchining kuchlari, mablag‘lari va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tomonlardan biri boshqa tomonga yuklatilgan yuklash yoki tushirish ishlarini bajarsa, boshqa tomon ikkinchi tomonga bajarilgan ishlarning qiymatini yuklash-tushirish ishlari tariflari bo‘yicha, ular bo‘lmaganda esa tomonlarning kelishuvi bo‘yicha qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilib olingan mahsulotni tayyorlovchining eng yaqin punktiga yoki korxonasiga yetkazib berishda unga yordam ko‘rsatish maqsadida imkoniyat bo‘lganda xo‘jalik transportidan tomonlar kelishgan shartlarda kontraktatsiya shartnomasida ana shunday yo‘l bilan tashib ketiladigan mahsulotning miqdori ko‘rsatilgan holda foydalanilishi mumkin. Bunday hollarda yetkazib berish haqini to‘lash tayyorlovchi tomonidan mahsulotning haqini to‘lash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahsulotni tayyorlovchiga topshirish yoki uni bevosita xo‘jalikda qabul qilib olish tomonlar o‘rtasida kelishilgan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan grafik bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bajarish jarayonida grafikni va mahsulotni yetkazib berish punktini o‘zgartirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik bir kecha-kunduzda tayyorlovchini mahsulotni yuklash vaqti to‘g‘risida xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xo‘jalik tayyorlovchi bilan kelishuv bo‘yicha mahsulotni kontraktatsiya shartnomasiga ko‘ra navbatdagi topshirish davrida topshirilishi kerak bo‘lgan mahsulot miqdori hisobiga o‘tkazgan holda mahsulotni muddatidan oldin topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xo‘jalik tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan kun deb mahsulotni xo‘jalikda qabul qilish-topshirish hujjati tuzilgan sana yoki tayyorlovchining qabul qilish-topshirish punktida qabul qilish-topshirish hujjati tuzilgan sana hisoblanadi, mahsulot oluvchiga yuklab jo‘natilganda esa — mahsulot transport organiga topshirilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchining mahsulot haqini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan kun deb hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayyorlovchi va xo‘jalik tovar-transport nakladnoyida transportning kelish vaqtini va mahsulotni yuklash (tushirish) tamom bo‘lgan vaqtni qayd etishlari shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilish muddatlari tomonlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar yoki yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini baholash va miqdorini aniqlashda tomonlar o‘rtasida, ularning idoraviy bo‘ysunishlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuzaga keladigan nizoli masalalar Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan hal qilinadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganda tayyorlovchi bu haqda xo‘jalikka yozma shaklda xabar berishi kerak (tovar-transport nakladnoyiga belgi qo‘yish, telegraf orqali va shu kabilar). Agarda tayyorlovchi mahsulotni qabul qilishni rad etganligini yozma ifodalashdan bosh tortsa, xo‘jalik Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha davlat inspektori yoki tumandagi yuqori turgan boshqa tashkilot vakili ishtirokida rad etganlikni tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi unga kontraktatsiya shartnomasi va kelishilgan topshirish-qabul qilish jadvaliga muvofiq taqdim etilgan tez buziladigan mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda xo‘jalik bu mahsulotni, uni qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi hujjat mavjud bo‘lsa, mahsulot topshirish hajmlarining bajarilishiga kiritib, davlat, kooperativ va boshqa tashkilotlarga hamda dehqon bozorida sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayyorlov tashkilotlari mazkur Nizomda, shartnoma va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganlik uchun mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xo‘jaliklarda saqlanayotgan mahsulotlar (kartoshka, sabzavot, poliz, meva-rezavor, uzum) ga haq kontraktatsiya shartnomasida belgilangan shartlarda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xo‘jalik tomonidan shartnomada belgilangan davrlar (muddatlar) da topshirilmagan mahsulot miqdori tomonlar kelishgan boshqa muddatlarda topshirilishi va u haqiqiy topshirish davrida hisobga olinishi kerak, bundan mahsulotlarning yetishtirilishi mavsumiy tusda bo‘lgan hamda ularning topshirilmagan miqdorining o‘rnini to‘ldirish mumkin bo‘lmagan turlari istisnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar standartlar, texnik shartlar yoki tuzilgan shartnomalarda mahsulotning idish (tara) da yoki o‘ram (upakovka) da yetkazib berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, tayyorlovchi zarur idish (tara), mix va o‘rash materiallari bilan xo‘jalikni tomonlar kontraktatsiya shartnomasida belgilagan miqdorda va muddatlarda ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jaliklarni meva-sabzavot mahsulotlarini joylash uchun idish, mix va o‘rash materiallari bilan ta’minlash yillik ehtiyojning kamida 80 foizi miqdorida (shartnomada belgilangan hajmlarni hisobga olib) har bir yilning birinchi yarim yilligida, ammo tayyorlov mavsumi boshlanishidan kamida bir oy oldin, qolgan mahsulotlar uchun esa ularni yuklab jo‘natishdan bir oy oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jaliklarning tayyorlovchilardan va tayyorlovchilarning xo‘jaliklardan oladigan idishlari (tara) uchun haq tomonlar kelishuviga ko‘ra to‘lanadi va ulardan belgilangan maqsaddagina foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim mahsulot turlariga mo‘ljallangan idish (tara) va o‘rash (joylash) materiallarini sotish va ulardan foydalanish xususiyatlari, shuningdek, ularni qaytarish tartibi hamda muddatlari tegishli mahsulot turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalarda, qoidalarda yoki tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Narxlar va hisob-kitoblar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahsulotni tashish, jo‘natish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlar tayyorlovchi zimmasida bo‘ladi. Mahsulot xo‘jalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlovchi xo‘jalikka mahsulotni tashish xarajatlarini (haqiqiy vazni (idishni ham qo‘shib) bo‘yicha) qoplaydi. Mahsulotni tashish xarajatlari mahsulotni xo‘jalikdagi jo‘natish joyi (saralash punkti, brigada, bo‘linma, chorvachilik fermasi, yaylov, markaziy ombor, xo‘jalikning markaziy qo‘rg‘oni va shu kabilar)dan shartnomada nazarda tutilgan qabul punktigacha bo‘lgan masofa uchun qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish va tushirish xarajatlari amaldagi norma va tariflarga yoki tomonlar kelishuviga ko‘ra mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan transport turi uchun erkin narxlarda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyoni xo‘jaliklar, jamoa xo‘jaligi a’zolari va boshqa fuqarolardan qabul qilib olish, shuningdek, bu mahsulotni tayyorlov punktlariga yetkazib berish xarajatlarini tomonlar kelishuviga ko‘ra qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni temir yo‘l, havo va suv transporti yoki aralash aloqa vositalarida yetkazib berish xarajatlarini qoplash yuklarni shu transport turlarida tashishning amaldagi tariflari bo‘yicha (yig‘imlar va boshqa xarajatlarni ham qo‘shib) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlovchining qo‘shimcha talablariga rioya qilib jo‘natishga aloqador xarajatlar tayyorlovchi hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xo‘jaliklar va tayyorlovchilar o‘rtasida hisob-kitoblar tayyorlovchi tomonidan xo‘jalik topshirgan mahsulot qiymatini uning shartnomada ko‘rsatilgan hisob-kitob, maxsus hisob-kitob yoki maxsus ssuda schyotiga to‘lov topshiriqlari bilan hisoblab o‘tkazish, cheklar bilan to‘lash orqali amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar mahsulot qabul qilib olingandan so‘ng uch kalendar kundan kechiktirmay, tayyorlovchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasi aholi yashaydigan har xil joylarda joylashgan bo‘lsa, shuningdek, aloqa shart-sharoitlarini hisobga olib mahsulot qabul qilib olingandan keyin besh kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mulkiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz bo‘yin tovlagan xo‘jalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarima miqdori o‘tgan davr (oy, chorak, yil) da mahsulotning shakllangan o‘rtacha narxidan kelib chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar to‘lashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda bevosita xo‘jalikning o‘zida qabul qilib olish rad etilgan hap bir hol uchun tayyorlovchi xo‘jalikka belgilangan ustamalar to‘lashni hisobga olmasdan shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi, tez buziluvchi mahsulot bo‘yicha esa — uning to‘liq qiymatini to‘laydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xo‘jalik ko‘rgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish-topshirish joyiga yetkazib keltirilgan mahsulotni qabul qilish asossiz rad etilganda tayyorlovchi xo‘jalikka uni yetkazib kelish xarajatlarini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik mahsulotni o‘z joyida topshirish-qabul qilishga tayyorlab qo‘ymagan va bu haqda tayyorlovchini ogohlantirmagan, tayyorlovchi esa qabul qilish joyiga transport yuborgan bo‘lsa, xo‘jalik tayyorlovchiga transport va transportning bekor turib qolishi bo‘yicha barcha xarajatlarni qoplaydi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan mahsulot sifati, miqdorini noto‘g‘ri aniqlash, qabul qilingan qishloq xo‘jalik mahsulotiga noto‘g‘ri haq to‘lash hollari aniqlansa, tayyorlovchi xo‘jalikka to‘lanmagan summani va to‘lanmagan summaning 10 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Bu jarima agar xo‘jalik jun va mo‘ynani topshirish-qabul qilish natijalari bo‘yicha keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan xo‘jalikning dastlabki bahosida yuklab jo‘natsa to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvilmaydigan bo‘yoq bilan qo‘yilgan belgili (“tavro” jun) yoki chet narsalar (ip, arqon, gazlama qiyqimlari) aralashlari bilan ifloslangan jun yuklab jo‘natganligi uchun xo‘jalik bunday jun qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada kelishilgandan pastroq sifatli mahsulotni sotganlik uchun xo‘jalik javobgar bo‘ladi, past sifatli mahsulotni topshirish xo‘jaliklarga ruxsat etilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab jo‘natilgan) qishloq xo‘jaligi mahsuloti uchun haq to‘lashdan asossiz bosh tortilganda (xo‘jalikka tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qo‘shib, o‘z vaqtida hisoblab o‘tkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa to‘lov topshirig‘i akseptini asossiz to‘liq yoki qisman rad etganda) tayyorlovchi xo‘jalikka to‘lanmagan summani, o‘zi to‘lashdan bosh tortgan summaning 15 foizi miqdoridagi jarimani to‘laydi. Tayyorlovchi jarimadan tashqari xo‘jalikka muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, lekin belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning ko‘pi bilan 50 foizi miqdorida penya to‘laydi. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab jo‘natilgan) mahsulot uchun xo‘jalikka haq to‘lashdan tayyorlovchi olti oy muddat mobaynida asossiz bo‘yin tovlaganligi aniqlansa, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi tegishli materiallarni “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq bankrot to‘g‘risida xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish uchun prokuratura organlariga yuboradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorlovchi yoki xo‘jalik tomonidan mahsulot uchun hisob-kitoblarda (ayni bir mahsulotga takror haq to‘langanda, mahsulot narxi noto‘g‘ri qo‘llanganda, tovarsiz to‘lov talabnomasiga haq to‘langanda va shu kabilarda) ortiqcha olingan pul summalari qaytarilmagan holda aybdor tomon bu summani qaytaradi va boshqa tomonga bu pul mablag‘laridan foydalanilgan barcha davr uchun yiliga 25 foiz daromad to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirishdan bosh tortganlik yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirganlik uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjatiga eng kam oylik ish haqining 1/3 miqdorida jarima to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xo‘jalikni standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradigan idish va o‘rash materiallari bilan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalar va qoidalarda yoki shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda ta’minlamaganligi uchun tayyorlovchi xo‘jalikka yetkazib berilmagan idish, mix va o‘rash materiallarining yetkazib berish vaqtida amalda bo‘lgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to‘laydi. Tayyorlovchining xo‘jalikni idish bilan ta’minlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan bo‘lsa, tayyorlovchi ko‘rsatilgan jarimadan tashqari xo‘jalikka ko‘rgan zararining jarima bilan qoplanmagan qismini ham to‘laydi. Sifatning pasayganligi va mahsulotning buzilganligini Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi xo‘jalikka yetkazib bergan idishni yillik kontraktatsiya shartnomasi amalda bo‘lish muddati tugagandan so‘ng qaytarmaganlik uchun xo‘jalik tayyorlovchiga qaytarilmagan idish qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idish o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda tayyorlovchi — xo‘jaliklar idish qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to‘laydilar.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xo‘jalikka tomonlar o‘rtasida kelishilgan jadvalga muvofiq mahsulotga kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiqcha (asosiy va qo‘shimcha vaqt normalaridan ortiqcha bekor turish) bekor turib qolganligi uchun xo‘jalik tayyorlovchi oldida amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi mahsulotni yetkazib kelgan transportni tortish, mahsulot sifatini aniqlash, topshirish-qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni tushirish va qabul qilish uchun belgilangan vaqt normasidan ortiqcha bekor turib qolganligi uchun xo‘jalik oldida xuddi shunday javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xo‘jalik shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan, agar ular tabiiy ofatlar va boshqa noqulay sharoitlar tufayli yoki tayyorlovchi aybi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa, tegishli asoslashlar va Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi xulosasi bo‘lgan taqdirda, ozod etiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jarimani to‘lash tomonlarni shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kontraktatsiya shartnomasini tuzish muddatini o‘tkazib yuborganlik yoki asossiz bo‘yin tovlaganlik uchun tomonlar muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shartnomada ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra majburiyatlarni bajarmaganlik yoki tegishlicha bajarmaganlik uchun amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqacha jazo choralari nazarda tutilishi mumkin.