Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.1994 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI UChUN TEXNIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Qurolli Kuchlarni texnik ixtisosliklarni egallagan harbiy xizmatga majbur shaxslar bilan taʼminlash zaruriyatiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 1994-1995 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti maktablarida va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hunar-texnika oʻquv yurtlarida Qurolli Kuchlar uchun umumiy soni 10110 kishi boʻlgan mutaxassislar tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda zarur yordam koʻrsatsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligining oʻquv yurtlari moddiy bazasini zarur darajada rivojlantirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun texnik mutaxassislar tayyorlash rejasi oshirilganligi munosabati bilan 1994-yil oktyabr oyidan boshlab zarur mablagʻlarni topsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari Qurolli Kuchlar uchun mutaxassislar tayyorlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligining moddiy-texnika resurslari boʻyicha buyurtmalari belgilangan tartibda bajarilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-son