09.02.2026 yildagi PQ-50-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy xalqaro aeroportini havo, temir yoʻl va yerusti transporti yoʻnalishlarini birlashtiruvchi xalqaro multimodal logistika xabiga aylantirish orqali eksport va tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy aviatashuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadli koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2030-yilga kelib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yoʻlovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Xitoydan pochta-kuryerlik va tijorat yuklarini yetkazib berish boʻyicha aviaqatnovlar sonini haftasiga 3 taga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aeroport hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 2028-yil yakuniga qadar havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va boʻyash boʻyicha alohida markaz tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) amaldagi yonilgʻi-moylash materiallari ombori va yuk terminali infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda mavjud quvvatlardan toʻliq foydalanishga erishilgandan soʻng, talabdan kelib chiqqan holda sigʻimi 10 ming tonnali rezervuarlarni hamda 16 ming metr kvadratli yangi yuk terminalini barpo qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Navoiy xalqaro aeroportini boshqarish tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligining “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJni “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport va logistikani kompleks rivojlantirish loyiha ofisi “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning direktori lavozimiga aviatsiya menejmenti sohasida yetarli tajribaga ega boʻlgan nomzodning tayinlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻz daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha xizmatlar turlarini kengaytirish (yonilgʻi-moylash materiallarini saqlash, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va boʻyashni tashkil qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoʻlovchi va yuk tashish, tranzit va texnik qoʻnish, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va boʻyash boʻyicha mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) havo kemalariga aviayonilgʻi quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilgʻini saqlash boʻyicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish, shu jumladan, ularga texnik va tijorat xizmatlari boʻyicha raqobatbardosh tarif siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aeroport faoliyatidan olinadigan sof foydani infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda koʻrsatiladigan xizmatlar turi va hajmini kengaytirishga qaratilgan maqsadlarda mustaqil tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) xorijiy aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni bajarish uchun Navoiy xalqaro aeroportida ruxsat berilgan 5 va 7-havo erkinligini targʻib qilish hisobiga aviakompaniyalar sonini koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda “Uzbekistan Airports” AJ va “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ oʻrtasidagi aeroportni boshqarish haqidagi shartnomaning bekor qilinishi va ichki hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ 2029-yil 1-yanvarga qadar moliyaviy zarar koʻrgan taqdirda, ushbu mablagʻ “Uzbekistan Airports” AJning davlat ulushi boʻyicha budjetga toʻlanadigan dividendlari hisobidan qoplab boriladi. Bunda ushbu mablagʻlar aylanma mablagʻlar sifatida eʼtirof etilmaydi va iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan bepul tovar berilishiga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish, aeroport, tijorat va logistika xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan barcha tushumlar “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning hisob raqamlariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Uzbekistan Airports” AJ bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar va hisob-kitoblarning “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aviakompaniyalar, agentlar hamda xalqaro hisob-kitob tizimlarini (IATA va boshqalar) Navoiy xalqaro aeroporti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitoblarga oʻtganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasining “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ilgʻor xorijiy tajriba asosida erkin iqtisodiy zona hamda “porto franko” rejimi asosida faoliyat yurituvchi erkin bojxona zonasini (keyingi oʻrinlarda — “porto franko” erkin bojxona zonasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xalqaro avtotransport vositalari (TIR) uchun zamonaviy toʻxtash joyi va servis infratuzilmasini (keyingi oʻrinlarda — TIR Park Navoi Airport) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, “porto franko” erkin bojxona zonasida imtiyozlar asosida tovarlarni boj toʻlamasdan kiritish, saqlash va qayta ishlash, import-eksport operatsiyalari, ijara, treyding, ishlab chiqarish, konsalting, moliya-audit, brokerlik, bank, turli xil maishiy, ketring, logistika, forvarding-ekspeditorlik, traking, havo kemalariga texnik va yerusti xizmatlarini koʻrsatish hamda lizing operatsiyalari xizmatlarini koʻrsatish va ushbu turdagi xizmatlar bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar tashkil etilishiga ruxsat berilsin. Bunda yuqorida qayd etilgan xizmatlarni koʻrsatish va kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish Navoiy xalqaro aeroporti erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “porto franko” erkin bojxona zonasi hududida xalqaro huquqiy va texnik meʼyorlarga muvofiq barcha xorijiy havo kemalari va ularning alohida agregatlarini taʼmirlash uchun zarur boʻlgan aviatexnika ehtiyot qismlari erkin almashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “porto franko” erkin bojxona zonasiga chetdan keltiriladigan aviatexnika ehtiyot qismlariga, istisno tariqasida, milliy sertifikatlar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼmirlash maqsadida “porto franko” erkin bojxona zonasiga olib kiriladigan havo kemalarining (shu jumladan, ularning qism va agregatlari) kirib-chiqishida bojxona nazorati ularni tegishli bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “porto franko” erkin bojxona zonasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan mahalliy tovarlar bojxona rejimi ostiga joylashtirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xalqaro huquqiy va texnik meʼyorlarga muvofiq “porto franko” erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan aviatexnika ehtiyot qismlari bilan chakana savdo operatsiyalarini, istisno tariqasida, amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) “porto franko” erkin bojxona zonasi hududida mahalliy aviakompaniyalarning havo kemalarini hamda ularning qism va agregatlarini taʼmirlash uchun zarur boʻlgan chetdan keltirilgan aviatexnika ehtiyot qismlaridan zona chegarasidan tashqariga chiqmagan holda xarid qilinib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan holda foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) “porto franko” erkin bojxona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini taʼmirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, ushbu tovarlar va xizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 652-son qarorida belgilangan tartib tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Navoiy viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorning 8-bandiga asosan TIR Park Navoi Airport faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJga tutash hududdan zarur yer uchastkalari yer egalari va ijarachilarining yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari bekor qilingan holda Karmana tumani hokimligi tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkalari sifatida hisobga olinishini hamda yer fondi toifasini oʻzgartirish masalasi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yer uchastkalari egalari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkaziladigan zararlar, shu jumladan, boy berilgan foyda hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Karmana tumani hokimligi tasarrufiga qaytarilgan va boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan yer uchastkalari ularning yer fondi toifasi oʻzgartirilganidan soʻng Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligi bir oy muddatda “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJda “TIR Park Navoi Airport” loyihasi tashkil etilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xalqaro transport-logistika va aviatsiya tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarida roʻyxatdan oʻtkazish hamda xabardor qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJga “taklif soʻrovi” oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirmasdan hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazmasdan “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida salohiyatli yetkazib beruvchilarning takliflarini va (yoki) ofertalarini oʻrganib, aviayonilgʻini, muzlashga qarshi suyuqliklarni, havo kemalariga xizmat koʻrsatuvchi maxsus texnika va ularga texnik servis koʻrsatish va taʼmirlash bilan bogʻliq ehtiyot qismlarni xarid qilishga ruxsat berilsin. Bunda “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ 2029-yil 1-yanvarga qadar havo kemalariga xizmat koʻrsatuvchi maxsus texnika va ularga texnik servis koʻrsatish va taʼmirlash bilan bogʻliq ehtiyot qismlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ doimiy ravishda “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning yuklari ustuvor ravishda tashilishini taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi Navoiy xalqaro aeroporti hududida joylashgan “Silk Road palace” mehmonxonasi “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning tasarrufiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqaro aviatsiyasi agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning aviaqatnovlarni (tranzit, yuk va yoʻlovchi) amalga oshirish boʻyicha soʻrovnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aviakompaniyalarning aviaqatnovlarni bajarish uchun havo kengliklarining barcha turlaridan foydalanish boʻyicha buyurtmalarini tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqib, ruxsatnomalar taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashqi ishlar vazirligi “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ soʻrovnomalariga binoan xorijiy mutaxassislar rotatsiyasini taʼminlash maqsadida ularga tezkor tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Transport va logistikani kompleks rivojlantirish loyiha ofisi aeroport faoliyati samaradorligini monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ-50-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yil 1-aprelga qadar ilgʻor tajriba asosida ishlab chiqarish indikatorlari kamida ikki karra oshirilishini nazarda tutuvchi “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJni rivojlantirish boʻyicha biznes-rejani ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport va logistikani kompleks rivojlantirish loyiha ofisiga taqdim etish hamda uning transport vaziri tomonidan tasdiqlanishi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat aviatsiyasi va noaviatsion faoliyat koʻrsatkichlarini 50 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 tadan ortiq aviakompaniyalarning doimiy parvozlari amalga oshirilishini taʼminlash va ularning umumiy sonini (texnik qoʻnish, yuk va yoʻlovchi tashish) yiliga 1000 tagacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 ming tonnadan ortiq yukni qayta ishlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Joriy operatsion jarayonlarni raqamlashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan operativ qarorlar qabul qilish maqsadida aeroport faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangi aviakompaniyalarni jalb qilish va jahon standartlariga muvofiq havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatishning barcha turlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Xitoydan pochta-kuryerlik va tijorat yuklarini yetkazib berish boʻyicha aviatashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning aviaqatnovlari sonini haftasiga 3 taga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ bajariladigan parvozlar ekipajlarining rotatsiyasini amalga oshirish maqsadida “Silk Road palace” mehmonxonasi jozibadorligini oshirishga qaratilgan taʼmirlash ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJga aeroportni rivojlantirish uchun investitsiya va boshqa mablagʻlarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi bilan hamkorlikda turistik va ziyorat aviaqatnovlarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Amaldagi yonilgʻi-moylash materiallari ombori infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qoʻshimcha 10 ming tonnali ombor barpo etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻshimcha yuk terminallari va yuklarni saqlash hamda qayta ishlov berish maydonlarini barpo etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Havo kemalarini taʼmirlash va boʻyash ishlarini amalga oshirish maqsadida yangi angar barpo etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro aeroport hududida “porto franko” (erkin port) rejimi asosida faoliyat yurituvchi maxsus bojxona-logistika maydonini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aeroportdagi mavjud sharoitlar va yaratilgan qulayliklarni markaziy sanoat maydonchalarida namoyish etish, tashqi bozorlarda faol reklama kampaniyasini olib borish, TIACA, “Air Cargo Europe”, “Air Cargo Asia”, “Routes” kabi koʻrgazmalar va xalqaro anjumanlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Navoiy xalqaro aeroporti bojxona postida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalariga ishlov berish infratuzilmasi va texnologik jarayonlarini zamonaviy talablarga moslashtirish hamda oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida modernizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malakali kadrlar tarkibini shakllantirish, ularning maqsadli kasbiy tayyorgarligini taʼminlash, shu jumladan, xalqaro standartlar va ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirishi uchun chet ellarda oʻqish va amaliyot oʻtashlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mavjud aerovokzalni yoʻlovchilar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda xavfsizlik va xizmat koʻrsatishning zamonaviy standartlarini joriy etish jihatidan modernizatsiya qilish, shu jumladan, texnologiyalar, muhandislik tizimlari va servis infratuzilmasini yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Navoiy xalqaro aeroportini xorijiy aviakompaniyalar bilan standartlashtirilgan, xavfsiz va tezkor oʻzaro hisob-kitoblarni taʼminlaydigan IATA xalqaro platformalariga ulash masalalarini koʻrib chiqib, hal qilish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/50/0122-son)