28.01.2026 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish masalasi bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifalardan biri boʻlib, bu yoʻnalishda milliy qonunchilikni, jumladan, bojxona qonunchiligini ushbu nufuzli xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan koʻp tomonlama bitimlarga muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotining tranzit erkinligi tamoyiliga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit ravishda harakatlanayotgan transport vositalari uchun qulay sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishga taalluqli boʻlgan murojaatlar va soʻrovnomalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish, respublikada yagona tranzit siyosatini yuritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimining (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 11-moddasida har bir aʼzo davlat tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idorani tayinlashi nazarda tutilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idora etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 33-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo kengash) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo kengash Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish uchun shaffof, raqobatbardosh muhitni rivojlantirish maqsadida tranzit tartibotlari va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, modernizatsiya qilish hamda standartlashtirish bilan shugʻullanuvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, mazkur Nizom asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida tranzit tashuvlarini muvofiqlashtiruvchi milliy idora hisoblanib, Idoralararo kengash kotibiyati funksiyalarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy transport kommunikatsiyalari orqali tranzit salohiyatini oshirish hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududi boʻylab oʻtuvchi tranzit yoʻlaklarning raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit erkinligi tamoyili asosida tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bojxona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish, tranzit yoʻriqnomalarini tasdiqlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, davlat idoralarining tranzit yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarning tranzit tashuvlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari, takliflari va soʻrovnomalarini koʻrib chiqish va aʼzo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan tranzit tartibotlari toʻgʻrisida xabardor etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoralararo kengash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining rasmiy veb-sayti sahifasida tranzit salohiyatini oshirish boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tashuvlariga oid zarur hujjatlar roʻyxati va ularning namunalari (blankalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit yoʻnalishlari, manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli idoralar tomonidan undiriladigan toʻlovlar va yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi cheklovlar yoki taqiqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar uchun jazo choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etish va shikoyat qilish tartiblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartib-taomillari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki ularning alohida qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo kengash respublika hududi orqali harakatlanadigan maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish vakolatiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Idoralararo kengashning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash tarkibiga kiradigan davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlariga Idoralararo kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarda tranzit sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish yuzasidan davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohalari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha texnik ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlarni, mutaxassislarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarni, ilmiy tashkilotlarni va tegishli davlat idoralarini va boshqa tashkilotlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartibotlarini soddalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha davlat idoralari va tashkilotlariga tavsiyalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida davlat idoralari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish va chet elda oʻtkaziladigan mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralarining rahbarlari bilan kelishilgan holda, ularning xodimlarini Idoralararo kengash faoliyatiga doir masalalarni hal etishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tartibotlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, bojxona chegarasini kesib oʻtishda yuzaga keladigan toʻsiqlar yuzasidan xorijiy davlatlar idoralararo kengashlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish va axborot almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo kengash quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining tranzit ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari va muassasalari, shuningdek, boshqa tijorat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan rasmiy yozishmalar olib borish hamda xalqaro shartnomalarni, shu jumladan, tranzit tartibotlarini soddalashtirishga doir xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini amalga oshirish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotining tranzit erkinligi tamoyilini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Idoralararo kengashga kengash raisi rahbarlik qiladi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali va natijador ijrosi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarining reglamenti, ish rejasi, kun tartibini va yigʻilish bayonlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash aʼzolarining faoliyatini ularga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq Idoralararo kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash raisi yoʻqligida, uning topshirigʻiga koʻra Idoralararo kengash raisi oʻrinbosari Idoralararo kengash ishiga rahbarlik qiladi, uning faoliyatini tashkil etadi, yigʻilishlar oʻtkazadi, Idoralararo kengash qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoralararo kengash aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash tomonidan tashkil etilgan texnik ishchi guruhlar yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish, ushbu yigʻilishlarda muhokama qilingan masalalarning mohiyati boʻyicha taklif va mulohazalarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash tomonidan qabul qilinadigan tavsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash faoliyatida ishtirok etish uchun zarur maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmaganda, kun tartibiga kiritilgan masala boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoralararo kengash kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning navbatdagi yigʻilishi kun tartibini shakllantiradi, takliflarni umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat va takliflarni qabul qiladi hamda Idoralararo kengash aʼzolariga yoki boshqa davlat idoralari va tashkilotlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarining bayonlari loyihalarini tayyorlaydi, yigʻilishlarning yakuniy hujjatlari loyihasini raisga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishlarining bayonlari nusxalarini Idoralararo kengash aʼzolariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash ishini tashkiliy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi, imzolangan bayonlar hisobini yuritadi va saqlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning yillik ish rejasi loyihasini tayyorlaydi hamda kengash aʼzolaridan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Idoralararo kengash qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi milliy idora qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq Idoralararo kengash faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralararo kengash kotibi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilishini va barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash xulosalarining aʼzo davlat idoralari tomonidan inobatga olinishi yoki rad etilishi holati ustidan monitoring yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishining bayonnomasini rasmiylashtiradi va aʼzo davlat idoralariga joʻnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini yil boshida tasdiqlangan ish rejasi asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralararo kengashning yigʻilishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning yigʻilishlari muammoli masalalarni va respublikada tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha ilgʻor tajribani koʻrib chiqish, bu boradagi takliflarni muhokama qilish maqsadida Idoralararo kengash raisi tomonidan yilida kamida ikki marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash raisining topshirigʻi bilan muvofiqlashtiruvchi idora Idoralararo kengash aʼzolaridan fikr va takliflarni qabul qilib oladi, takliflarni va kun tartibini yigʻilishdan kamida ikki hafta oldin tasdiqlash uchun Idoralararo kengash raisiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash raisi kengash yigʻilishi kun tartibi va reglamentini yigʻilish boʻlib oʻtadigan kundan kamida bir hafta oldin tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash yigʻilishining kun tartibi va unga tegishli hujjatlar yigʻilish boshlanishidan kamida besh kun oldin Idoralararo kengash aʼzolariga yigʻilish toʻgʻrisida xabarnoma bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning yigʻilishlariga davlat idoralari hamda tashkilotlari, ishbilarmon doiralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo kengash, agar uning yigʻilishida aʼzolarning kamida yarmi ishtirok etganda, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash qarorlari bayon shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilish bayoni Idoralararo kengash raisi yoki uning yigʻilishda ishtirok etgan oʻrinbosari, shuningdek, kotib tomonidan yigʻilish oʻtkazilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash aʼzolari kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini yozma ravishda bayon etishga haqli. Bunda ushbu fikrlar Idoralararo kengash yigʻilishi bayonida aks ettirilishi va unga ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilish bayonida yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt, joy, ishtirokchilar roʻyxati, tasdiqlangan kun tartibi, muhokama qilinadigan masalalarning qisqacha mazmuni va koʻrib chiqilgan takliflar natijalari (agar mavjud boʻlsa, ovoz berish natijalari) koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash aʼzolari yigʻilish oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Idoralararo kengash yigʻilishi bayoni nusxasini olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Idoralararo kengash yigʻilishi ommaviy tadbir hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo kengash aʼzolari tomonidan olingan maʼlumotlar Idoralararo kengash raisi ruxsatisiz uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Idoralararo kengash murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Idoralararo kengash faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning yigʻilishlarini tashkil qilish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Idoralararo kengash raisi

Tranzit tartibotlari boʻyicha muammoli masalalar va ilgʻor tajribalarni koʻrib chiqadi, shuningdek, bu boradagi takliflarni muhokama qilish maqsadida Idoralararo kengash yigʻilishini tashkil etadi.

Yilda kamida ikki marotaba

2-bosqich

Transport vazirligi (Muvofiqlashtiruvchi idora)

Idoralararo kengash raisi topshirigʻi bilan Idoralararo kengash aʼzolaridan fikr va takliflarni qabul qilib oladi, takliflarni va kun tartibini tasdiqlash uchun raisga taqdim etadi.

Yigʻilishdan kamida 2 hafta oldin

3-bosqich

Idoralararo kengash raisi

Idoralararo kengash yigʻilishining kun tartibini tasdiqlaydi.

Yigʻilishdan kamida 1 hafta oldin

4-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi idora

Idoralararo kengash yigʻilishi kun tartibi va unga tegishli hujjatlarni Idoralararo kengash aʼzolariga xabarnoma bilan yuboradi.

Yigʻilishdan kamida 5 kun oldin

5-bosqich

Idoralararo kengash raisi

Idoralararo kengash yigʻilishini oʻtkazadi.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi idora

Idoralararo kengash yigʻilishi qarorini bayon shaklida rasmiylashtiradi.

Yigʻilishdan soʻng 5 kun ichida

7-bosqich

Idoralararo kengash raisi yoki uning yigʻilishda ishtirok etgan oʻrinbosari

Yigʻilish bayonini imzolaydi.

Doimiy ravishda

8-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi idora

Yigʻilish bayonini Idoralararo kengash aʼzolariga yuboradi.

Yigʻilishdan soʻng 2 ish kuni ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/33/0087-son)