1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga muvofiq “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borishi bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartiblarni bartaraf etish maqsadida “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Haj” tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantiriladigan “Haj va Umra yagona portali”ning doimiy ravishda faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” yagona portalining faoliyat mexanizimlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda vazirlik va idoralar, har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar va tashkiliy guruhlarning vazifalarini aniq belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band “fuqarolar roʻyxatining” soʻzlaridan keyin ““Haj va Umra” yagona portali (keyingi oʻrinlarda — Portal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Belgilansinki, fuqarolarga xorijda sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Haj” tadbiriga, 2026-yil 1-maydan boshlab “Umra” tadbiriga olib borish Portalda majburiy roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi. Ziyoratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritmasdan ushbu tadbirlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 2026-yil 1-aprelga qadar “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslarni hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasini Portalga ulanishini va undan foydalanishini taʼminlasin. 2026-yil 1-apreldan boshlab “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasini olgan yuridik shaxslarni Portalga proaktiv tarzda ulanishini taʼminlab borsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kiritiladigan maʼlumotlar va ularga qoʻyiladigan talablar, yuboriladigan SMS-xabarnomalar shakli Jamoatchilik kengashining tavsiyasi asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish hamda unga ulanish uchun qoʻyiladigan texnik, dasturiy va axborot xavfsizligi talablari Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, fuqarolar ixtiyoriga koʻra ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolishi yoki yangi manzilda yangidan roʻyxatga qoʻyilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari hamda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga kirishni cheklovchi kasalliklar yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbiriga yuborishda tibbiy koʻrikdan oʻtish ixtiyoriy boʻlib, fuqaroning xohishiga koʻra davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarida oʻzlarining hisobidan amalga oshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 6-banddagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa aviakompaniyalar bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi har yilgi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni navbatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib, Portal orqali taqsimlanishi va tanlab olinishini taʼminlasin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Saudiya Arabistoni Podshohligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar” soʻzlari ““Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Quyidagilar hayʼatlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan nomzodlarni ziyoratga tayyorgarlik ishlarini Haj mavsumidan kamida olti oy avval boshlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilgan holda, “Haj va Umra” yagona portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga boruvchi ziyoratchilarni toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash. Bunda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishni cheklovchi kasalliklari mavjud fuqarolarni barvaqt aniqlash va ularga tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sogʻlomlashtirishda hamda mahallalardagi yoʻldan adashganlarni sogʻlom eʼtiqodga qaytarishda alohida namuna koʻrsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga guruh rahbari sifatida borishiga tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilish vaqti va tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Portal orqali tanlab olingan “Haj” tadbiriga borish uchun navbati kelgan ziyoratchilardan tegishli mablagʻlar undirilishini tashkil etish, ularning hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning boshqa hududlarga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlarining qoplanishi uchun Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasiga qoʻshimcha tarzda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha alohida smeta ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda diniy va konfessiyalararo bagʻrikenglikni targʻib etish, islomning anʼanaviy hanafiy mazhabiga zid boʻlgan radikal-ekstremistik mafkuralarning oʻz mohiyati boʻyicha buzgʻunchi ekanligini fosh qilishga doir Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarni ziyoratchilarga yetkazish choralarini koʻrish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari hayʼatning ishchi organi funksiyasini bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ quyidagi ishlarni tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali aniqlangan navbati kelgan ziyoratchilarning xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarni (Saudiya Arabistonida har bir “Haj” va “Umra” ziyoratchisi uchun shartnomaga koʻra sarflanadigan xarajat, aviachiptalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, “Haj” va “Umra” qoʻllanmasi, ziyoratchilar kamzuli, sumka va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlarni) ziyoratchilar tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra toʻlovlari boʻyicha bank hisobvaragʻiga naqd yoki naqd pulsiz tartibda milliy valyutada oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, ular bilan safar oldi mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkiliy guruhlar tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuman (shahar) hokimlari tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy guruhlar tarkibiga, qoida tariqasida, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari (tashkiliy guruh raisi), tuman (shahar) bosh imom-xatibi, tuman (shahar) ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari kiritiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“141. “Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan va Portal orqali tanlab olingan fuqarolar bilan manzilli ishlash, “Haj” tadbiri uchun zarur pul mablagʻlarni undirish va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, tuman bosh imom-xatibi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli, fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerining olinishini” soʻzlari “xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Portalni uzluksiz ishlashini taʼminlash, jarayonlarni raqamlashtirish, zarur hollarda moliyalashtirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishi uchun Portal orqali ariza berish imkoniyatini doimiy taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni monitoringini olib borish, tahlil qilish, vakolatli organlar bilan kelishish, ushbu jarayondagi ishlarni manzilli va samarali tashkil etish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan kamida bir oy oldin ziyoratchilar uchun kamzul va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun tender (tanlov) oʻtkazish va tender (tanlov) xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritib, Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tender (tanlov)da gʻolib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvaragʻiga shartnomada koʻrsatilgan” soʻzlari “va Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston Haj missiyasi uchun ochilgan hisobvaragʻiga belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshidan “(pasportlarning arab tilidagi nusxasini tayyorlash)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan tegishli” soʻzlari “aviakompaniyalar bilan tegishli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Portal va uning mobil ilovasini doimiy takomillashtirib borish, zarur hollarda Portal faoliyatini moliyalashtirish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻri ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni Portal orqali navbatga yozilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini” soʻzlari “xorijga chiqish biometrik pasportini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilarni oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ushbu ziyoratchilarda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishi cheklovchi kasalliklar mavjud emasligini aniqlashga alohida eʼtibor qaratish. Bunda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirilishini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi “oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish” soʻzlaridan keyin “va ularning xizmat safarini tashkil etish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Haj vazirligining” soʻzlari “Haj va umra vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ” soʻzlari “AT Aloqabank” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida ziyoratchilarni tashish yuzasidan shartnomalar tuzish, shuningdek, belgilangan muddatda Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish va olib kelish boʻyicha aviaqatnovlar jadvallarini Saudiya Arabistonining masʼul tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish va tasdiqlash, aviakompaniyalar tomonidan ushbu jadvallarga rioya qilinishini hamda sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “bino ajratish” soʻzlari “joylar ajratilishini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-banddagi “Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Har yili “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarning kvotalari Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Hayʼatlarning tavsiyalarini koʻrib chiqqan holda roʻyxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib Portal orqali taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi kvotalarni Portaldagi roʻyxatga muvofiq belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Fuqarolar “Haj” tadbiriga borish uchun doimiy yashash manzili boʻyicha navbatga yoziladi, “Umra” tadbiriga borish uchun doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidan qatʼi nazar, murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash, texnik qoʻllab-quvvatlash hamda doimiy takomillashtirib borish maqsadida fuqarolarni Portalda “Haj” va “Umra” tadbirlariga roʻyxatga olishda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik yigʻim undiriladi. Yigʻim Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Fuqaro Portalda navbatga yozilganidan soʻng unga arizasi muvaffaqiyatli qabul qilingani toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Portalda roʻyxatga olingan fuqaro oʻzining qaysi mahalla fuqarolar yigʻinida roʻyxatga olinganligini koʻrish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har yilgi “Haj” mavsumida Portalda shakllangan va tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida fuqarolar bilan manzilli ishlaydi hamda “Haj” tadbiri uchun toʻlovlar undirilishini tashkil etadi. Bunda joriy yilgi roʻyxatga kirgan, lekin Oʻzbekiston musulmonlari idorasining xabarnomasida belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolarni aniqlab, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududidagi “Haj” tadbiri uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega navbatdagi fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkiliy guruhga taqdim etib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. Joriy yilda navbati kelgan fuqarolar Portal orqali hajga navbati kelganligi hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda va miqdorda toʻlovlarni amalga oshirishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. SMS-xabarnoma orqali navbati kelgani hamda toʻlovni amalga oshirishi toʻgʻrisida xabardor qilingan fuqaro unda belgilangan muddatda va miqdorda toʻlovlarni toʻliq amalga oshirishi yoki “Haj” tadbiriga borishga imkoni boʻlmagan taqdirda, mazkur bandda hamda ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan tartibda “Haj” tadbiriga borish navbatini bir yil muddatga keyinga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqaro Portal orqali oʻzining navbatini keyingi yilga qoldirish toʻgʻrisida elektron ariza bergan holda yoki Tashkiliy guruhga yozma ariza berish orqali navbatini keyingi yilga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fuqaro navbatini keyingi yilga qoldirish toʻgʻrisida ariza bergan hollarda, Portalda uning navbati bir marotaba avtomatik tarzda keyingi Haj mavsumiga qoldiriladi hamda ushbu fuqarodan keyingi navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud boʻlmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud boʻlmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval roʻyxatga yozilganlarga) navbati kelganligi va toʻlovni amalga oshirishi lozimligi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda fuqaro Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda yoki miqdordagi toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmasa hamda Portal orqali yoki oʻzi mustaqil ravishda navbatini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ariza bermasa, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan soʻng, ushbu fuqaroning roziligisiz Portal orqali uning navbati keyingi yilga koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur fuqarodan keyin navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud boʻlmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud boʻlmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval roʻyxatga yozilganlardan tanlab) navbati kelganligi va toʻlovni amalga oshirishi lozimligi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. “Haj” tadbiriga borish imkoni boʻlmagan yoki bormayotgan fuqaroning navbati faqat bir marotaba keyingi yilga koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbati keyingi yilga koʻchirilgan fuqaro keyingi yilda ham Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmasa yoki boshqa sabablarga koʻra “Haj” tadbiriga bormasa, oʻzining arizasiga asosan, ariza yozib bermagan taqdirda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan soʻng, fuqaroning roziligisiz uning navbati bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu fuqaro umumiy tartibda qayta roʻyxatga turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “Haj” tadbiriga bir nafar hamrohi (otasi, onasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, turmush oʻrtogʻi, farzandi va boshqa) bilan borish istagida boʻlgan fuqarolar, qoida tariqasida, birgalikda ariza berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga boruvchi shaxs bilan uning hamrohi (bir hududda) turli sanalarda navbatga yozilgan boʻlsa, oldinroq navbatda turgan shaxsning navbati oʻzidan keyinroq turgan hamrohi bilan yonma-yon oʻringa koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda hamrohi bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning nikohi qonuniy bekor boʻlgan yoki “Haj” ziyoratini bajarish layoqatini yoʻqotgan taqdirda, hamrohni tanlagan shaxs Portalda ariza berish orqali oʻzining navbatda turgan yaqin qarindoshi boʻlgan hamrohini (bir hududda boʻlsa) almashtirishi mumkin. Bunda dastlabki hamrohining navbati bekor qilinib, uning oʻrniga yangi hamroh kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda navbatda turgan fuqaro vafot etgan taqdirda, uning navbati bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatda turgan fuqaro istalgan vaqtda ariza berish orqali navbatini bekor qilishi mumkin, bunda navbat undan keyin turgan fuqaroga oʻtadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“40. “Haj” tadbiriga borish uchun navbat faqat doimiy yashash hududi boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchining doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, uning ixtiyoriga koʻra avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qoladi. Fuqaro navbatini yangi doimiy yashash hududiga oʻzgartirmoqchi boʻlsa, uning eski navbati bekor qilinib, yangi manzilda yangidan navbatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borish uchun roʻyxatdan oʻtishda doimiy yashash manzili toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoni boʻlmagan taqdirda, Portalda talabgor bu haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro yashash manzili boʻyicha noaniqlikka tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimidan aniqlik kiritgandan soʻng roʻyxatdan oʻtish boʻyicha ariza berishi mumkin boʻladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42. Tashkiliy guruhlar tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida “Haj” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxati kvota asosida Portalda tasdiqlangandan keyin oʻn kun mobaynida umumlashtiradi. Umumlashtirilgan roʻyxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Mazkur roʻyxatning birinchi nusxasi elektron varianti bilan birga hayʼatlarga taqdim etiladi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi tashkiliy guruhda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hayʼatlar Jamoatchilik kengashidan va (yoki) Portaldan olingan roʻyxatlar asosida tegishli yilda oʻzining hududidan “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini umumlashtiradi, ularning xorijga chiqish biometrik pasporti mavjudligini va amal qilish muddatini, chet elga chiqishga taqiq yoʻqligini tekshiradi, ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumlashtirilgan roʻyxat bir nusxada tasdiqlanib, hayʼatlarda saqlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-banddagi “hayʼatlardan” soʻzi “Portaldan” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“46. Tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha shartlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga bormoqchi boʻlgan fuqaro navbatga yozilishi uchun soʻnggi besh yilda “Haj” tadbiriga bormagan boʻlishi (ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhi vakillari va guruh rahbarlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlariga bormoqchi boʻlgan fuqarolar voyaga yetgan boʻlishi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-bob. “Umra” xizmatlarini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar bilan birgalikda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, “Umra” xizmatlarini amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan “Umra” paketlari va narxlari, tadbirlar amalga oshiriladigan kunlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalda joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq shartnomalarni Portalda elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratadi (Portal texnik sabablarga koʻra ishlamaganda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan rasmiy veb-saytda eʼlon qilingan talablar asosida “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq shartnomalar boshqa shaklda ham tuzilishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni Portal orqali amalga oshiradi, shu jumladan “Umra” tadbiriga boradigan ziyoratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni safardan oldin Portalda majburiy qayd etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldagi faoliyatni shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kirish va shaxsiy kabinetlaridan foydalanish huquqi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar Jamoatchilik kengashining tavsiyalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463. Fuqarolarni, shu jumladan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yoki xorijiy davlatlar fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs) “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq maʼlumotlari Portalga quyidagi usullarda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs Portal orqali Oʻzbekiston musulmonlari idorasini (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsni ixtiyoriy ravishda tanlab shartnoma tuzishi mumkin. Bunda shartnomani rasmiylashtirish “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxslar tomonidan Portalga kiritilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS-kodni Portalga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali yuborilgan murojaatlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan koʻrib chiqilib, tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud boʻlganda rahbar yoki vakolat berilgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali kelib tushgan murojaatlar boʻyicha shartnoma rasmiylashtirilganda, xizmatlar unda kelishilgan muddat va shartlarda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan murojaat shartnoma rasmiylashtirmasdan rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzish rad etilganda bu haqda “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsning Portalga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Murojaati rad etilgan shaxs tegishli litsenziyasiga ega boshqa yuridik shaxsni tanlashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsga yoki Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markaziga (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) shaxsan murojaat qilishlari mumkin. Bunda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs yoki Haj va Umra markazi “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsga oid maʼlumotlarni Portalga mustaqil ravishda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar Portalga kiritilgandan soʻng “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsning telefon raqamiga SMS-kod yuboriladi va ushbu kodni Portalga kiritish orqali shartnoma rasmiylashtiriladi. Shartnoma tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs rahbari yoki Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markazi rahbari yoxud ular vakolat bergan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. “Umra” tadbirlari shartnomasi Portalda rasmiylashtirilgandan soʻng, toʻlov uchun invoys shakllanadi hamda “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs(lar)ning Portalga kiritilgan telefon raqamiga toʻlov summasi koʻrsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng bu toʻgʻrisida “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs(lar)ga tasdiqlovchi SMS-xabar yuboriladi. Ushbu toʻlovlarni Portal orqali koʻrish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465. Tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslarga quyidagi hollarda Portaldan foydalanish imkoniyati toʻliq yoki qisman toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs vakilining yozma arizasi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish imkoniyatini toʻliq yoki qisman toʻxtatish Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning qaroriga asosan amalga oshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Transport vazirligi hamda milliy va xorijiy aviakompaniyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bandning birinchi xatboshisidagi va 53-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qoziyoti” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-bandning birinchi xatboshisi “bora olmaydigan fuqaroga shaxsan” soʻzlaridan keyin “Portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbirlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
(“Haj” tadbiriga bormoqchi boʻlgan jismoniy shaxs)
1. “Haj” tadbiriga boruvchi talabgor “Haj”ga borishga soʻrovnoma yuborish uchun “Haj va Umra” yagona portaliga kiradi.
2. Talabgor “Haj” tadbiriga borish soʻrovnomasini toʻldiradi va tasdiqlab yuboradi.
3. Talabgorning pasport maʼlumotlari va roʻyxatda turgan joyi va boshqa maʼlumotlari elektron tizim orqali tekshirib olinadi.
4. “Haj” tadbiriga navbatga yozilish uchun belgilangan miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.
Oʻz xohishiga koʻra yil davomida
↓
2-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng talabgor soʻrovnomada koʻrsatgan doimiy roʻyxatda turgan joyidagi mahallasida navbat boʻyicha roʻyxatga olinadi. Bu haqida soʻrovnomadagi telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
2. Navbatga qoʻyilgan talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tashkiliy guruhda, Hayʼatda va Jamoatchilik kengashida koʻrinadi.
Avtomatik tarzda,
yil davomida
↓
3-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
Talabgor “Haj” tadbiriga borish uchun roʻyxatga olingandan keyin uning doimiy roʻyxatda turgan manzili oʻzgarsa va u ushbu mahallada doimiy roʻyxatda turgan boʻlsa, talabgor avvalgi mahalladagi navbatini saqlab qoladi yoki yangi manzili boʻyicha qaytadan (proaktiv shaklda) navbatga turish uchun soʻrovnoma yuboradi.
Talabgorning xohishiga koʻra,
yil davomida
↓
4-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan talabgorlarga Saudiya Arabistoniga joʻnashdan kamida olti oy(joriy mavsumda borish imkoniyati boʻlmagan fuqaro oʻrniga keyingi navbatdagi talabgorlar uchun muddat oʻzgarishi mumkin)oldin tizimga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
Tashkiliy guruh, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
2. Texnik sabablarga koʻra, SMS-xabarnoma yuborish imkoni boʻlmaganda, talabgor yozma shaklda pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda xabardor qilinadi.
Pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda
↓
5-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan talabgorga “Haj va Umra” yagona portaliga kirib, oʻzining shaxsiy maʼlumotlari sahifasida oʻziga tegishli maʼlumotlarini, qancha toʻlov amalga oshirishi lozimligini yoki qancha toʻlov amalga oshirganligini hamda QR-kodli toʻlov chekini koʻrish va yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
2. Talabgor QR-kodli chekda koʻrsatilgan mablagʻni toʻlaganidan soʻng unga toʻlangan mablagʻ miqdori koʻrsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
↓
6-bosqich
Talabgor
SMS-xabarnomada yoki QR-kodli chekda koʻrsatilgan mablagʻni toʻlaydi.
SMS-xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
↓
7-bosqich
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
1. Tashkiliy guruh tomonidan taqdim qilingan roʻyxatga asosan tegishli yilda oʻz hududidan ziyoratga boradigan fuqarolarni yashash manziliga borgan holda ogohlantiradi.
2. Tashkiliy guruh bilan birgalikda fuqarolarning ziyoratga borishini tashkillashtiradi.
Tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha belgilangan muddatlarda
↓
8-bosqich
Tashkiliy guruh
1. Hayʼat tomonidan taqdim etilgan tegishli yilda ziyoratga boruvchilar roʻyxatini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida ularga yetkazadi.
2. Kvotaga muvofiq tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida ziyoratga boradigan fuqarolar roʻyxatini umumlashtiradi, ularning borishini aniqlashtiradi, toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkillashtiradi.
Kvota aniqlanganidan keyin besh kun muddatda
3. Kvota boʻyicha roʻyxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslarni aniqlab, bu toʻgʻrisidagi takliflarni hayʼatga taqdim etadi.
4. Hayʼat bilan birgalikda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar oʻrniga navbatdagi fuqarolarning roʻyxatga kiritilishini taʼminlaydi hamda yakuniy roʻyxatni shakllantirib, Hayʼatga taqdim qiladi.
Hayʼatlar kvotani tasdiqlaganidan keyin qirq besh kun mobaynida
↓
9-bosqich
Hayʼatlar
1. Kvotaga muvofiq ziyoratchilarning hujjatlarini tekshiradi. Oʻz hududidan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) tegishli yilda ziyoratga boradigan fuqarolarning roʻyxatini umumlashtiradi.
2. Kvota boʻyicha roʻyxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar aniqlanganda, tashkiliy guruh bilan ishlab, ularning oʻrniga navbatdagi fuqarolarni roʻyxatga kiritish masalasini Jamoatchilik kengashi bilan kelishadi.
Jamoatchilik kengashi kvotani tasdiqlaganidan keyin oltmish kun mobaynida
3. Ziyoratga boradigan fuqarolarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi, tasdiqlaydi va Jamoatchilik kengashiga taqdim qiladi.
4. Ziyoratga borib-kelish uchun belgilangan toʻlovlar toʻlanishini, ziyoratchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, emlash, ular bilan safaroldi mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ziyoratga yuborishdan bir oy oldin
↓
10-bosqich
Jamoatchilik kengashi
1. Ziyoratga boradigan talabgorlar roʻyxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlar boʻyicha taqsimlaydi.
Ziyoratga yuborishdan kamida oʻn kun oldin
2. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga olib borish va u yerdan olib kelish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshiradi.
Ziyoratlar davomida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 5-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha oʻn uchinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Agar tanlov gʻolibi tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida litsenziya uchun davlat bojini toʻlamasa yoki Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov gʻolibi taqdim etgan hujjatlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlangan taqdirda, Tanlov komissiyasi uni chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovning asosiy gʻolibi chetlashtirilgan taqdirda, tanlovning zaxiradagi gʻolibi tanlov gʻolibi sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradagi gʻolib tomonidan 30 kalendar kun davomida ijobiy javob berilmasa, Tanlov komissiyasi tanlovni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tanlov eʼlon qiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni Portal orqali amalga oshirish, shu jumladan “Umra” tadbiriga boradigan ziyoratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni safardan oldin Portalga toʻliq kiritib borish;*”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 3-bandning “g” kichik bandi 2026-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)