Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 382]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 221, 2023-yil 7-dekabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-dekabr,
01/2-43-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 31-dekabrdagi 01/2-43-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari,normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.07.04-19 “Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.03.13-24 “Pollar”;
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”;
SHNQ 2.05.01-23 “Temir yoʻllar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.09.21-2022 “Yongʻin-qutqaruv depolari va postlari”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari”;
SHNQ 2.04.15-23 “Fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)”;
QMQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.05.06-22 “Magistral quvurlar”;
QR 03.01-23 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar”;
GOST 33757-2016 “Yassi yogʻoch tagliklar (poddonlar). Texnik shartlar” (rasmiy manba: Poddoni ploskiye derevyannie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 9029-95 “Kombinatsiyalashgan yongʻin oʻchirish lafet dastaklari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Stvoli pojarnie lafetnie kombinirovannie. Texnicheskiye usloviya);
SanQvaN 0027-22 “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari”;
SanQvaN 0103-25 “Sanitariya-muhofaza zonasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari.”.
2. 3-banddagi “SanQvaN 0350-17” va “SHNQ 2.07.01-03” degan soʻzlar tegishli ravishda “SanQvaN 0103-25” hamda “SHNQ 2.07.01-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-banddagi “QMQ 2.07.04-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.04-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6, 15, 25, 28 va 32-bandlardagi “SHNQ 2.09.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 8-banddagi “SHNQ 2.09.04-09” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9-banddagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 10, 56 va 57-bandlardagi “QMQ 2.04.05-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 11-banddagi “QMQ 2.03.10-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.10-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Ombor binolarining hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini tanlash mazkur SHNQ hamda SHNQ 2.07.01-23, SHNQ 2.01.01-22, SHNQ 2.01.19-22, SHNQ 2.01.02-04 talablari va QR 03.01-23 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
10. 24-banddagi “QMQ 2.03.13-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.13-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 40-banddagi “GOST 9078-84” degan soʻzlar “GOST 33757-2016” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 44-banddagi “KMK 2.05.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.01-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 54-banddagi “SHNQ 2.09.02-19”, “QMQ 2.04.05-97” va “SHNQ 2.08.02-09” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.09.02-23”, “SHNQ 2.04.05-22” hamda “SHNQ 2.08.02-23”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 55-banddagi “SHNQ 2.08.02-09” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 61-banddagi “QMQ 2.04.16-18” va “SHNQ 2.04.15-22” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.16-23” hamda “SHNQ 2.04.15-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 77-bandda:
birinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.05-97” va “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.05-22” hamda “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.05” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 80-banddagi “SHNQ 2.04.09-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 89-banddagi “SHNQ 2.09.21-21” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.21-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 9-ilovaning matnidagi “KMK 2.05.06-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.06-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 10-ilovaning matnidagi “QMQ” degan soʻz “SHNQ” degan soʻz bilan almashtirilsin.