23.01.2026 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlarga xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlarning respublikada boʻlish va faoliyat yuritish sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning xodimlari hayoti va faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga unitar korxona shaklini tugatish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat unitar korxonasi negizida Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Dipservis xizmati) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Dipservis xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — diplomatik vakolatxonalar) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga kompleks servis xizmatlari koʻrsatish, diplomatik vakolatxonalarning tegishli ravishda faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga doir masalalarni hal etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarda nazarda tutilgan diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish va ularni joylashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlarini joylashtirish uchun ajratilgan bino hamda xonalarni ijaraga berish, koʻchmas mulkning ijara va oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishda koʻmaklashish (vositachilik qilish), shuningdek, ushbu bino va xonalardan foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlar rasmiy delegatsiyalarining Oʻzbekistonda boʻlishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishda, Hukumat va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro tadbirlarni Hukumat darajasida, shu jumladan, xorijiy davlatlarda oʻtkazishga, xorijiy davlatlarga xizmat safariga boradigan xodimlarga aviachiptalar xarid qilish, shuningdek, avtotransport xizmatlarini koʻrsatishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dipservis xizmati vazifalariga taalluqli masalalarda davlat organlari va tashkilotlarida diplomatik vakolatxonalarning manfaatlarini ifoda etish, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarda ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar xodimlarining boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar, xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar, xorijiy davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, ularning vakolatxona va filiallari, muxbirlari, muxbirlik punktlari (byuro, ofislari), savdo vakolatxonalari, xorijiy banklar va boshqa tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, doimiy muassasalar, shuningdek chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha, oʻqish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan avtotransport vositalarini roʻyxatga olish (qayta roʻyxatga olish), roʻyxatdan chiqarish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, haydovchilik guvohnomalarining ekvivalentlarini berish (almashtirish) va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, diplomatik vakolatxonalar nomiga keladigan yuklarni deklaratsiyalash, bojxonada ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalarning radioelektron aloqa vositalari va radiouzatuvchi qurilmalarni sotib olish, oʻrnatish, olib kirish va ulardan foydalanish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar mehmonlarini roʻyxatga olish, ularning kirish vizalarini rasmiylashtirish va ularga viza berilishida koʻmaklashish, diplomatik vakolatxonalarda ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga tegishli murojaatga muvofiq muddatli mehnat shartnomalari asosida ularning mahalliy xodimlarini ishga joylashtirishni, ishga qabul qilish yoki boʻshatish toʻgʻrisida tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish, ish staji hisobini yuritish, mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritishni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali texnik jihatdan amalga oshirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dipservis xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat unitar korxonasining barcha huquqlari, majburiyatlari hamda tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini oʻzini oʻzi moliyalashtirish (xoʻjalik hisobida faoliyat yuritish) asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan pullik xizmatlar koʻrsatish orqali amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar hamda Oʻzbekistondan xarid qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qismida Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida diplomatik vakolatxonalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun moʻljallangan obyektlar va uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Dipservis xizmatining ustavi, tuzilmasi va shtatlar jadvali Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Dipservis xizmati Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak koʻchasi 1a-uy manzilida ushbu bino va inshoot belgilangan tartibda sotilgunga qadar operativ boshqarish huquqi bilan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dipservis xizmati quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dipservis xizmatining operativ boshqaruvida boʻlgan boʻsh binolar (binolar qismlari) va xonalarni xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalariga, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini tuzish (elektron onlayn auksion oʻtkazmasdan) orqali ijaraga berish, shuningdek ijara toʻlovlarini mustaqil tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxona va filiallariga, yuridik va jismoniy, shu jumladan, chet ellik shaxslarga oʻz xizmatlarini (ishlarini) koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dipservis xizmati faoliyatidan olingan daromadlardan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan soʻng oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tashqi ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha yangi ochiladigan diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun qoʻshimcha zarur binolar va xizmat xonalari ajratib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlariga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Dipservis xizmatining ustavi, tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlariga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda diplomatik vakolatxonalar deb ataladi) binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (ijaraga berish, sotish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Dipservis xizmati) tomonidan hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar va ularning chet ellik xodimlarini joylashtirish uchun ajratilgan binolar (binolar qismi) va xonalarni ijaraga berish huquqi Dipservis xizmatiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari, qoida tariqasida, Toshkent shahri hududidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolar, xonalar va yer uchastkalarini ijaraga va oʻzgaga berish boʻyicha bitimlarni rasmiylashtirish, shuningdek, ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Binolar (binolar qismi) va xonalarni ijaraga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Diplomatik vakolatxonalar diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va xodimlari yashashi uchun binolar (binolar qismi) va xonalarni mustaqil ravishda tanlash yoki zarur binolarni tanlashda koʻmaklashish uchun Dipservis xizmatiga ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, xonalari soni, joylashgan joyi va boshqa shartlarni koʻrsatgan holda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Diplomatik vakolatxonadan binolar (binolar qismi) va xonalarni ijaraga berish toʻgʻrisida murojaat kelib tushganda, Dipservis xizmati oʻz operativ boshqaruvida boʻlgan boʻsh binolar (binolar qismi) va xonalarni koʻrib chiqishni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kelishuvga erishilgan taqdirda, Dipservis xizmati diplomatik vakolatxona bilan binolar (binolar qismi) va xonalar ijarasi boʻyicha ikki tomonlama koʻchmas mulk ijara shartnomasini toʻgʻridan-toʻgʻri (elektron onlayn auksion oʻtkazmasdan) rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijara shartnomasi Dipservis xizmati bilan diplomatik vakolatxona oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi va unda jumladan, quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan bino (binoning qismi) va xonaning tarkibi, maydoni va texnik tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi, shuningdek, kommunal toʻlovlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino (binoning qismi) va xonani taʼmirlash va joriy saqlash boʻyicha tomonlar majburiyatlarining taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati, ijara toʻlovi va boshqa tegishli toʻlovlarni toʻlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxona tomonidan kommunal xizmatlar va bino (binoning qismi), xonalar va tutash hududlarni joriy saqlash boʻyicha toʻlovlarni toʻlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan bino (binoning qismi) va xonalarga yetkazilgan zarar uchun ijarachining javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun javobgarlik choralari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dipservis xizmati ijara toʻlovi stavkalari miqdorini mustaqil ravishda, biroq davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro shartnomalarga asosan ijara toʻlovi boʻyicha xarajatlar quyidagi shartlar boʻyicha qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarni oʻzaro hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama bepul (paritet asosida) asosda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bino (binoning qismi) va xonalar tuzilgan ijara shartnomasi boʻyicha tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida ikki tomonlama dalolatnomani tuzish orqali topshiriladi va qabul qilinadi hamda unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga tomonlar manfaatlarini ifoda etish huquqini beruvchi hujjatlarning nomi va rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino (binoning qismi) va xonalarni topshirish-qabul qilishda asos boʻladigan ijara shartnomasining raqami va imzolangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan bino (binoning qismi) va xonalarning texnik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlangan vakillar imzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi ikki nusxada, har ikki tomon uchun bir nusxadan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Diplomatik vakolatxonalar binolar (binolar qismi) va xonalarni mustaqil tanlashda uni ijaraga olishi toʻgʻrisida Dipservis xizmatini oldindan xabardor qiladi va ushbu bino haqidagi batafsil axborotni (foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi, mulkdor toʻgʻrisida maʼlumotlar, tuziladigan bitim shartlari va boshqalar haqida) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, diplomatik vakolatxonalarni davlat mulki hisoblangan binolar (binolar qismi) va xonalarga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, diplomatik vakolatxona hamda balansda saqlovchi bilan tuziladigan uch tomonlama ijara shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha bino (binoning qismi) va xonalarni ijaraga olish zarurati yuzaga kelganda, diplomatik vakolatxona buning uchun tegishli asos taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dipservis xizmati diplomatik vakolatxona tomonidan bino (binoning qismi) va xonalar toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotni xavfsizlik (shu jumladan yongʻin xavfsizligi) talablariga javob berishi, texnik va sanitariya shartlariga muvofiqligi, diplomatik vakolatxona vazifalarining tegishli ravishda bajarilishini taʼminlash uchun obyektning holati va yaroqliligini baholash boʻyicha oʻrganadi. Dipservis xizmati oʻrganish yakunlari boʻyicha diplomatik vakolatxonaga tegishli tavsiyalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonaning koʻrsatilgan bino (binoning qismi) va xonalarda joylashishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirlik hamda idoralari bilan kelishilgan xulosasini Dipservis xizmatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy yoki nodavlat yuridik shaxslari mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari diplomatik vakolatxonani joylashtirish, ularning rahbarlari va xodimlari yashashi uchun mulkdor tomonidan majburiy ravishda Dipservis xizmati orqali uch tomonlama koʻchmas mulk ijara shartnomalarini toʻgʻridan-toʻgʻri (elektron onlayn auksion oʻtkazmasdan) rasmiylashtirish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda, uch tomonlama ijara shartnomalari mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Diplomatik vakolatxonalar, ularning rahbarlari va xodimlari taqdim etilgan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalaridan tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, faqat moʻljallangan maqsad boʻyicha foydalanadi va ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Diplomatik vakolatxonalar va binolar (binolar qismi) va xonalarning mulkdorlari ijara shartnomasi shartlarining har qanday oʻzgartirilishi, muddati uzaytirilishi yoki amal qilishining bekor qilinishi toʻgʻrisida Dipservis xizmatini oldindan xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini diplomatik vakolatxonalarga mulk qilib sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Diplomatik vakolatxonalar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatxonalar binosi, shu jumladan vakolatxona rahbarining qarorgohi sifatida foydalaniladigan binolar yoki ularning qismini vakolatxonalar joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar binolarini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Diplomatik vakolatxonalar davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish uchun Dipservis xizmatiga ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi va boshqa shartlarini koʻrsatgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar qoʻshimcha va (yoki) mavjudlarining oʻrniga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish toʻgʻrisida murojaat qilsa, Dipservis xizmatiga ushbu binolar va yer uchastkalarining batafsil tavsifini (foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Dipservis xizmati davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish toʻgʻrisidagi masalani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirlik hamda idoralari bilan birgalikda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxona tomonidan davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotib olishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining xulosalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonining binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish ehtiyojlari hisobga olingan holda, ularni mulk qilib sotish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi va murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv prinsiplariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlatida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Diplomatik vakolatxonalar taqdim etishni soʻragan davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarining mulk qilib sotilishiga toʻsqinlik qiluvchi asoslar mavjud boʻlganda, Dipservis xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda boshqa muqobil binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini tavsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Diplomatik vakolatxonalarga davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish maqsadga muvofiq deb topilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga diplomatik vakolatxonaga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar diplomatik vakolatxonaning taklifi ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati bilan ikki tomonlama munosabatlarning erishilgan darajasini hisobga olib, diplomatik vakolatxona tomonidan egallab turgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini boʻshatish sharti bilan, davlat mulki boʻlgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk sifatida taqdim etish toʻgʻrisida diplomatik vakolatxonaning murojaatini qanoatlantirish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat koʻchmas mulk obyekti (bino qismi, xonalar) tegishli yer uchastkasi bilan birga murojaat qilgan diplomatik vakolatxonaga xalqaro shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq bozor qiymatida realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Diplomatik vakolatxonalarga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalari murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati bilan xalqaro shartnoma tuzish orqali oʻzaro kelishuv (paritet) asosida mulk sifatida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Diplomatik vakolatxonalar binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalarini Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va nodavlat yuridik shaxslaridan sotib olgan taqdirda, mazkur binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarining mulkdori toʻgʻrisida ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi va boshqa shartlar koʻrsatilgan maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani Dipservis xizmatiga oʻz vaqtida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va nodavlat yuridik shaxslariga tegishli binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini diplomatik vakolatxonalarga mulk sifatida sotish toʻgʻrisidagi bitimlar notariuslar tomonidan Dipservis xizmati bilan kelishilgandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 2.6-bandidagi “Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” soʻzlari “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosining” soʻzlari “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” soʻzlari ““Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 24-banddagi “Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” soʻzlari “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalariga va ularning tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I tipning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning avtomobillariga beriladi (chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX tipning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“akkreditatsiya qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining va banklarning, shuningdek, chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalarning xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X tipning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“X tip — “H” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha, oʻqish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan transport vositalariga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” soʻzlari “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 101-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” soʻzlari tegishli kelishikdagi ““Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga xizmat koʻrsatishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-iyuldagi 550-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni)” 2020-yil 1-apreldagi 195-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 654-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga 3-ilovaning 20-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)