15.01.2026 yildagi KQ-289-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga muhokamalar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning belgilangan muddatlarda va toʻliq bajarilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oliy Majlis Senatiga har chorak yakunida axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-289-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi KQ-289-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Vazirlik va idoralar

Oliy Majlis Senati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini (“Yoʻl xaritasi”) ishlab chiqish.

1. Aniq muddatlar, masʼullarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Senat va Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) loyihasini xorij tomoni bilan kelishish.

2026-yil fevral

3. Chora-tadbirlar rejasini (“Yoʻl xaritasi”ni) tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

2.

Parlamentlararo hamkorlik guruhlari va tegishli qoʻmitalarning qoʻshma tashabbuslarini muvofiqlashtirish, meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, tajriba almashish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik guruhlari va tegishli qoʻmitalarning rolini faollashtirish.

1. Parlamentlararo hamkorlik guruhlari va tegishli qoʻmitalar oʻrtasida yil davomida kamida 2-marta (oflayn/onlayn) qoʻshma uchrashuvlar oʻtkazish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

Senat va Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Senatning barcha qoʻmitalari,

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar hisobotlarini tizimli eshitib borish hamda qoʻshma tavsiyalar ishlab chiqish.

2026-yil davomida

3. Qonunchilik va institutsional tajriba almashish maqsadida iqtisodiyot, investitsiyalar, raqamlashtirish va “yashil” taraqqiyot yoʻnalishlarida maqsadli tashriflar va seminarlar tashkil etish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

3.

Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari hokimlari va Koreya Respublikasi provinsiyalari rahbarlari ishtirokida birinchi hududlararo forumni oʻtkazish.

1. Forumni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2026-yil fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Senat,

tegishli vazirlik va idoralar

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

(O. Mamayusupov)

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Forumni oʻtkazish sanasini xorij tomoni bilan kelishish.

2026-yil mart

3. Forum kun tartibi loyihasini ishlab chiqish va xorij tomoni bilan kelishish.

2026-yil aprel

4. Forumga ikki mamlakatning yetakchi tadbirkorlari va biznes vakillarini taklif qilish.

tadbirdan kamida 2 oy oldin

5. Forumni yuqori saviyada tashkil qilish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

4.

Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreya kompaniyalarining masalalari va murojaatlarini tezkor koʻrib chiqish uchun maxsus mexanizmni (“Korea Desk” yagona oynasi) joriy etish imkoniyatini koʻrib chiqish.

1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Korea Desk” yagona oynasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2026-yil fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev)

2. Aniqlangan muammolarni hal qilish boʻyicha vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish.

2026-yil mart

3. Kompaniyalarning mavjud muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda ularni hal qilish choralarini koʻrish.

doimiy ravishda

5.

Nukus shahrida “Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayollarni tadbirkorlikka oʻrgatish va oʻrgatilgan koʻnikmalarni amalda sinash markazini tashkil etish” loyihasini 2026-yilga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritish va uni keyinchalik Koreya tomoni hisobiga moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish.

1. Loyihani 2026-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturida jalb qilinishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish. Koreya Eksimbankining Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasini (EDCF) Loyihaning moliyalashtirish manbasi etib belgilash.

2026-yil yanvar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

(O. Qozixonova)

2. Loyihani baholash hujjatini oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tegishli xulosalarni taqdim etish.

2026-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3. Loyihani moliyalashtirish uchun soʻrovnoma (Proposal for EDCF Loan) hujjatining oʻrnatilgan tartibda diplomatik kanallar orqali Koreya Eksimbankining EDCF jamgʻarmasiga yuborilishini taʼminlash.

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

4. Koreya Eksimbanki EDCF jamgʻarmasining Baholash missiyasi vakillari bilan uchrashish va uchrashuvlar natijalari boʻyicha Muhokamalar bayonnomasini (Minutes of Discussions) imzolash.

2026-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

5. Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tegishli bitimni imzolash va davlat kafolatini berish.

2026-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

6. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolangan tegishli bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan:

2026-yil iyul

Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanadigan yuridik xulosani;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa vakolatli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan kredit mablagʻlarini yechish boʻyicha vakolatli shaxslarning imzo namunalarini Koreya Eksimbankiga belgilangan tartibda taqdim etish.

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

6.

2026-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish.

1. Diplomatik kanallar orqali Koreya tomonining rasmiy taklif xatini olish.

2026-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Senat

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Tashrif muddatlari va kun tartibi loyihasini xorij tomoni bilan kelishish.

2026-yil 1-yarmi

3. Tashrif doirasida oʻtkaziladigan uchrashuv va tadbirlar boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 1-yarmi

4. Tashrifni tashkiliy, protokol va axborot jihatdan muvofiqlashtirish.

2026-yil 1-yarmi