Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVSTRIYA RESPUBLIKASIDAGI ELCHIXONASI SHTAT JADVALIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotganligi va kengayayotganligi munosabati bilan, diplomatik missiyalar boshliqlarining teng maqomini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimi joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi maslahatchisi lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Elchixonaning joriy sarf-xarajatlarini kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda budjetda navbatdagi moliyaviy yilga tasdiqlangan xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish miqdori doirasida mablagʻ bilan taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avstriya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida” 1994-yil 28-fevraldagi 101-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri S.S.Safoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-iyun,
292-son
Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali
|
№ |
Lavozimi |
Shtat birliklari soni |
Elchining maoshiga nisbatan foizlarda xodimlarning maoshi (2200 AQSH dollari) |
Oylik maosh |
2004-yil uchun ish haqi fondi |
|
DIPLOMATIK TARKIB | |||||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
2200 |
26400 |
|
2. |
Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi |
1 |
85% |
1870 |
22440 |
|
3. |
Attashe, uning oʻzi kassir va kanselyariya mudiri |
1 |
60% |
1320 |
15840 |
|
|
Jami |
3 |
|
5390 |
64680 |
|
| |||||
|
1. |
Katta buxgalter, uning oʻzi xoʻjalik mudiri |
1 |
65% |
1430 |
17160 |
|
2. |
Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan boʻlgan xodimlar |
|
|
1500 |
18000 |
| |
Jami |
1 |
|
2930 |
35160 |
|
|
Hammasi |
4 |
|
8320 |
99840 |