25.12.2025 yildagi KQ-286-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga muhokamalar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning belgilangan muddatlarda va toʻliq bajarilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oliy Majlis Senatiga har chorak yakunida axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-286-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi KQ-286-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Ijro uchun masʼullar

Nazorat uchun masʼullar

1.

Vengriya Prezidenti, parlament Spikeri, shuningdek Vengriya parlament Doʻstlik guruhining 2026-yilda Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish.

1. Vengriya tomoniga rasmiy taklif xatlarini tayyorlash va diplomatik kanallar orqali yuborish.

2. Tashriflar formati, muddatlari va kun tartibini Vengriya tomoni bilan kelishish.

3. Tashriflar doirasida oʻtkaziladigan uchrashuv va tadbirlar boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish.

4. Tashriflarni tashkiliy, protokol va axborot jihatdan muvofiqlashtirish.

2026-yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy Majlis palatalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov),

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

(B. Abdullayev)

2.

2026-yildan boshlab yetakchi kompaniyalar, ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari ishtirokida mintaqalararo forumlarni tayyorlash va oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.

1. Forumlarning mavzulari, maqsadlari va formati boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Ishtirokchi kompaniyalar, parlament aʼzolari va manfaatdor tomonlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Vengriya tomoni va tegishli vazirlik-idoralar bilan tashkiliy masalalarni kelishish.

4. Forumlarni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va kalendar jadvalini tasdiqlash.

2026-yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy Majlis palatalari, manfaatdor vazirlik va idoralar, viloyatlar hokimliklari

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov),

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

(Q. Muqumov)

3.

2026-2027-yillarga moʻljallangan parlamentlararo hamkorlik uchun yoʻl xaritasi loyihasini ishlab chiqish.

1. Parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni yigʻish.

2. Yoʻl xaritasi loyihasini ishlab chiqish va tegishli idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vengriya tomoniga koʻrib chiqish uchun yuborish.

4. Yoʻl xaritasini tasdiqlash va uning ijrosini monitoring qilish.

2026-yil davomida

Oliy Majlis palatalari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

(B. Abdullayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov),

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev)

4.

Oʻzbekiston va Vengriya parlamentlari oʻrtasida amaldagi Yevropa “Tvinning” dasturi doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. “Tvinning” dasturi doirasida ustuvor hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash.

2. Yevropa Ittifoqining vakolatli tuzilmalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish.

3. Qoʻshma loyiha taklifini ishlab chiqish va taqdim etish.

2026-yil davomida

Oliy Majlis palatalari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov),

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev)

5.

Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy Fanlar universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasida 2026-yildan boshlab ikki darajali dasturni ishga tushirish imkoniyatlarini oʻrganish.

1. Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy Fanlar universiteti bilan muzokaralar olib borish.

2. Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy Fanlar universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasida memorandum imzolash.

3. Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy Fanlar universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasida 2026-yildan boshlab ikki darajali dasturni ishga tushirish boʻyicha imkoniyatlarini oʻrganish hamda kelishuvlarni amalga oshirish.

2026-yil oktabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Toshkent davlat agrar universiteti

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

(B. Abdullayev)

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

(A. Toʻychiyev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

6.

Oʻzbekiston — Vengriya investitsiya fondini tashkil etish tartibini muvofiqlashtirish.

1. Fondning tashkiliy-huquqiy modeli va moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Manfaatdor tomonlar bilan koʻp tomonlama bitim ishlab chiqish.

Kelishilgan muddatlarda

3. Mazkur bitimni kelishish va imzolash.

Kelishilgan muddatlarda

4. Fondning tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish.

Kelishilgan muddatlarda

5. Fondni tashkil qilish.

Kelishilgan muddatlarda

7.

Mobiuz uyali aloqa operatorining ulushini sotib olish uchun ikkinchi tenderda “4iG” ishtirokini koʻrib chiqish.

1. Mobiuz aloqa operatorini xususiylashtirish jarayonlarining yakuniy (majburiyatga ega boʻlgan takliflar taqdim qilish) bosqichida “4iG” kompaniyasi (Vengriya) tomonidan qatʼiy narx taklifi taqdim etilgan taqdirda, konsultant tomonidan investorning arizasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish;

2026-yil yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. “4iG” kompaniyasi ochiq savdolar natijasida gʻolib deb topilganda, u bilan oldi-sotdi shartnomasini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish.

belgilangan muddatda

8.

Qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun Budapeshtning Etvyosh Lorand universiteti Gidrometeorologiya sohasidagi mutaxassislari bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. Budapeshtning Etvyosh Lorand universiteti bilan muzokaralar olib borish.

2. Budapeshtning Etvyosh Lorand universiteti va Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti oʻrtasida memorandum imzolash.

3. Ikki davlat universitetlarining Gidrometeorologiya sohasidagi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil yakuniga qadar

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Fanlar Akademiyasi,

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

(A. Toʻychiyev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

9.

Onlayn muzokaralarni tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqish: “Gedeon Richter” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda “Kariprazin” nevrologik preparatini ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma loyihasini amalga oshirishni muhokama qilish.

1. Shartnoma loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish.

2. “Gedeon Richter” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazish.

3. Loyihani amalga oshirish shartlarini kelishish.

2026-yil davomida

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

(B. Abdullayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

10.

Yangi Toshkentda oqava suvlarni tozalash loyihasi doirasida Vengriya imtiyozli moliyaviy dasturi (bogʻlangan yordam) shartlarini muvofiqlashtirishni tezlashtirish.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Yangi Toshkent shahri qurilishi direksiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

(E. Gadoyev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish.

2027-yil may

11.

Oʻzbekiston — Vengriya qoʻshma korxonasini Inparkda roʻyxatdan oʻtkazishni yakunlash va xorijiy investor bilan yer ijarasi shartnomasini kelishib olish.

1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. Yer ijarasi shartlarini xorijiy investor bilan kelishish.

3. Loyihani amalga oshirish.

2026-yil davomida

Toshkent viloyati hokimligi,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

(A. Agzamxodjayev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)

12.

Vengriya akvakultura va ekologik xavfsizlik instituti bilan birgalikda Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan sof karp zotlarini koʻpaytirish boʻyicha naslchilik markazi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

1. Vengriya akvakultura va ekologik xavfsizlik instituti bilan muzokaralar olib borish.

2. Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan sof karp zotlarini koʻpaytirish boʻyicha oʻrganishlar olib borish hamda sohaga tegishli olimlar va mutaxassislarni jalb qilish.

3. Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan sof karp zotlarini koʻpaytirish boʻyicha naslchilik markazini tashkil etish yuzasidan bajariladigan ish hajmlarini hisoblash hamda asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

4. Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilgan sof karp zotlarini koʻpaytirish boʻyicha naslchilik markazi konsepsiyasi loyihasini tayyorlash.

2026-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

(A. Toʻychiyev),

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

(A. Xodjimetov)