09.01.2026 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim tizimi jozibadorligini oshirish, oʻqishga kirishda abituriyentlarga qoʻshimcha imkoniyatlar hamda taʼlim oluvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ish beruvchilar talablari asosida kadrlar tayyorlash va bitiruvchilarni kafolatli ish bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarning kadrlar tayyorlash boʻyicha yoʻnalishlar kesimida bergan buyurtmalariga muvofiq ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari orasidan munosiblarini saralab olish hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan bitiruvchilarni ishlab berish sharti bilan taʼlim olish davridagi shartnoma toʻlovlarini qoplab berish amaliyotini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarning kadrlar tayyorlash boʻyicha yoʻnalishlar kesimida bergan buyurtmalariga muvofiq ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari orasidan munosiblarini saralab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi, oliy taʼlim tashkiloti va talaba oʻrtasida oʻqishni tamomlaganidan soʻng ishlab berish sharti bilan talabaning taʼlim olishi uchun shartnoma toʻlovlarini ish beruvchi tomonidan qoplab berishni nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fanlardan tashqari ish beruvchining talabiga muvofiq qoʻshimcha taʼlim modullarini tanlov fani sifatida joriy qilish hamda ushbu fanlar boʻyicha talabaga kredit ballarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan talabaning fanlarni oʻzlashtirishi yuzasidan har semestr yakuni boʻyicha monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning bitiruv malakaviy ishi mavzusini ish beruvchining takliflari asosida uning faoliyatiga yoki investitsiya loyihasiga oid masalalardan kelib chiqqan holda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch tomonlama shartnoma asosida tahsil oladigan bitiruvchilarni ish beruvchi tomonidan kafolatli ishga qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida ikkinchi va undan yuqori kursda oʻqiyotgan talabalari orasidan munosiblarini saralab olish, ularning oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularni taʼlimni yakunlaganidan soʻng ishga qabul qilish, oʻqish davrida talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini monitoring qilib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — ishchilar soni 50 nafardan ortiq boʻlgan yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan buyurtmachi tomonidan shartnoma toʻlovlarini qoplab berish boʻyicha saralab olishda ishtirok etish istagidagi ikkinchi va undan yuqori kursda tahsil oluvchi talaba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov komissiyasi — oʻqishni bitirganidan soʻng ishlab berish sharti bilan buyurtmachi tomonidan shartnoma toʻlovlarini qoplab berishga munosib nomzodlarni saralab olish uchun oliy taʼlim tashkilotida tuziladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch tomonlama shartnoma — talabgor oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi tomonidan belgilangan korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan uning oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olishi uchun shartnoma toʻlovlarini buyurtmachi tomonidan qoplab berish boʻyicha buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti hamda talabgor oʻrtasida tuziladigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida ikkinchi va undan yuqori kursda oʻqiyotgan talabalari orasidan munosiblari ish beruvchilar tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom doirasida oliy taʼlim tashkilotlari hamda talabalar oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq boʻlgan yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari orasidan munosib nomzodlarni saralab olish va ularni buyurtma asosida tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabalar orasidan oʻqishni bitirganidan soʻng ishlab berish sharti bilan ularning oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini qoplab berish maqsadida buyurtmachi tomonidan munosiblari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim tashkiloti har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlari va buyurtmalarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oliy taʼlim tashkiloti buyurtmachilardan tegishli maʼlumotlarni (tashkilot nomi, lavozimi, ish tartibi, oylik maoshi, talabalarga qoʻyiladigan talablar va boshqalar koʻrsatilgan holda) oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachilar taklifiga binoan tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida asosiy fanlardan tashqari qoʻshimcha taʼlim modullari tanlov fani sifatida joriy qilinishi mumkin. Bunda ushbu fanlar boʻyicha talabaga kredit ballari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli taʼlim yoʻnalishiga qoʻshimcha taʼlim modullarini kiritish boʻyicha buyurtmachining talab va takliflari har yili 1-avgustga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyoj, tanlovda ishtirok etish tartiblari va talabgorlarga qoʻyiladigan talablarni har yili 10-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti oʻz rasmiy veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi va bu haqida tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari har yili 20-sentabrga qadar oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan buyurtmachi tomonidan shartnoma toʻlovlarini qoplab berish boʻyicha saralab olishda ishtirok etish uchun oʻzlashtirish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (transkript)ni ilova qilgan holda oliy taʼlim tashkilotiga elektron shaklda ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlar oliy taʼlim tashkilotida ikkinchi va undan yuqori kursda oʻqiyotgan hamda ularning joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Bunda ushbu talablarga buyurtmachining takliflari asosida oliy taʼlim tashkiloti tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgorlarni saralab olish boʻyicha tanlov komissiyasi oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) buyrugʻi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi kamida 5 nafardan iborat tarkibda tuziladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga oliy taʼlim tashkilotining xodimlari va buyurtmachilar vakillari kiritiladi hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) tanlov komissiyasiga raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov komissiyasi har yili 15-oktabrga qadar oliy taʼlim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayonida talabgorlarning har biriga quyidagi mavzular boʻyicha bittadan jami toʻrtta savol beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan hamkorlik qilishda motivatsiya (soha mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi sohasidagi bilim va koʻnikmalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, tuziladigan uch tomonlama shartnomaga muvofiq tomonlar, jumladan, oʻz masʼuliyati va majburiyatini tushunish va unga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili (yoki vakillari) xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Suhbat natijasi asosida buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti hamda talaba oʻrtasida talaba oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi tomonidan belgilangan korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan uning oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olishi uchun shartnoma toʻlovlarini buyurtmachi tomonidan qoplab berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uch tomonlama shartnoma va uning shartlari buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti hamda talabaning oʻzaro kelishuvi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan buyurtmachiga talabani baholash va uning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida talabaning fanlarni oʻzlashtirishini har semestr yakuni boʻyicha monitoring qilib borish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uch tomonlama shartnoma tuzgan talabaning bitiruv malakaviy ishi mavzusi ish beruvchining takliflari asosida uning faoliyatiga yoki investitsiya loyihasiga oid masalalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uch tomonlama shartnoma tuzgan va taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar oʻqishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti va talaba oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomada belgilangan shartlar asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar orasidan oʻqishni bitirganidan soʻng ishlab berish sharti bilan oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini qoplab berish maqsadida buyurtmachi tomonidan munosiblarini saralab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Masʼullar

 

Oʻtkaziladigan tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar

 

Oliy taʼlim tashkilotining tegishli taʼlim yoʻnalishiga qoʻshimcha taʼlim modullarini kiritish boʻyicha talab va takliflar beradi.

 

Har yili 1-avgustga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Oliy taʼlim tashkiloti

 

Ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlari va buyurtmalarini qabul qiladi.

 

Har oʻquv yili boshlangunga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Oliy taʼlim tashkiloti

 

Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyoj, saralab olishda ishtirok etish tartiblari va talabgorlarga qoʻyiladigan talablarni oʻz rasmiy veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi va bu haqida tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarini xabardor qiladi.

 

Har yili 10-sentabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari

 

Oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan buyurtmachi tomonidan shartnoma toʻlovlarini qoplab berish boʻyicha saralab olishda ishtirok etish uchun oʻzlashtirish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (transkript)ni ilova qilgan holda oliy taʼlim tashkilotiga elektron shaklda ariza topshiradi.

 

Har yili 20-sentabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Talabgorlarni saralab olish boʻyicha tanlov komissiyasi

 

Oliy taʼlim tashkilotidagi oʻqishini bitirganidan soʻng ishlab berish sharti bilan buyurtmachi tomonidan shartnoma toʻlovlarini qoplab berishga munosib nomzodlarni saralab olish uchun suhbat asosida saralashdan oʻtkazadi.

 

Har yili 15-oktabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari

 

Suhbat natijasi asosida buyurtmachi, oliy taʼlim tashkiloti hamda talaba oʻrtasida talaba oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi tomonidan belgilangan korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan uning oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olishi uchun shartnoma toʻlovlarini buyurtmachi tomonidan qoplab berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuziladi.

 

Tomonlarning kelishuvi asosida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2026-y., 09/26/8/0030-son)