O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
ERKIN MUOMALAGA ChIQARISh BOJXONA REJIMIGA MUVOFIQ ShARTLI ChIQARIB YuBORILAYoTGAN TOVARLARNI BOJXONA RASMIYLAShTIRUVIDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-sentabrda 1404-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-12-sonli “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1404-6, 18.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan
1. Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais o‘rinbosari S. Nosirov zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-avgust,
01-02/12-32-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36-son, 404-modda; 2008-y., 47-son, 465-modda; 2012-y., 48-49-son, 542-modda; 2013-y., 10-son, 136-modda)