05.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3742
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3742]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial palata raisi D. ASHUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 29-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom notariuslar tomonidan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili (bundan buyon matnda murojaat qiluvchi deb yuritiladi) notarial idoraga kelmagan holda masofadan videokonferensaloqa rejimi (bundan buyon matnda videokonferensaloqa rejimi deb yuritiladi) orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom talablari notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida notarius, notarius yordamchisi, stajyori, kotibi hamda notarial harakat taraflariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida orqali koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notarius, notarius yordamchisi, stajyori hamda kotibi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan notarial harakat taraf(lar)i haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida “E-notarius.uz” axborot portali (bundan buyon matnda elektron tarmoq deb yuritiladi) hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqda shaxsini tasdiqlagan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat qiluvchi notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqdan foydalanish shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoqda tasdiqlashni (shahodatlashni) soʻrayotgan notarial harakatning nomini aniq koʻrsatadi hamda ushbu harakatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaat (bundan buyon matnda murojaat deb yuritiladi) elektron tarmoq orqali murojaat qiluvchi tomonidan yoki avtomatik tarzda tanlangan notariusning Tizimdagi profiliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida murojaatni oʻrganib chiqadi hamda murojaatda kamchiliklar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchiga elektron tarmoq orqali xabarnoma yuboradi. Bunda murojaatda koʻrsatilgan murojaat qiluvchining telefon raqamiga ham xabarnoma yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatda kamchiliklar aniqlangan hollarda notarius elektron tarmoq orqali yuborilgan xabarnomada ushbu kamchiliklarni aniq koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi kamchiliklarni unga maʼlum qilingan paytdan boshlab besh ish kuni ichida bartaraf etgan taqdirda notarial harakat davom ettiriladi. Kamchiliklar besh ish kuni ichida bartaraf etilmagan taqdirda, murojaat Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan hujjatlarni oʻrganib chiqishda kamchiliklar aniqlanmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan yoki aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarial harakatni davom ettirishni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchi tomonidan notarial harakatni davom ettirish tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida amalga oshiriladigan notarial harakat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan Tizimga toʻliq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizim tomonidan avtomatik ravishda hisoblanadi hamda elektron tarmoq orqali toʻlov kvitansiyalari(invoys) murojaat qiluvchiga yuboriladi. Bunda murojaatda koʻrsatilgan murojaat qiluvchining telefon raqamiga ham toʻlov kvitansiyalari (invoys) yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlov kvitansiyalari (invoys) murojaat qiluvchiga yuborilgan kunning oʻzida notarius Tizim orqali notarial harakatni amalga oshirish vaqtini belgilaydi hamda notarial harakatni amalga oshirish vaqti toʻgʻrisida murojaat qiluvchiga elektron tarmoq orqali xabarnoma yuboriladi. Bunda murojaatda koʻrsatilgan murojaat qiluvchining telefon raqamiga ham xabarnoma yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish vaqti toʻlov kvitansiyalari (invoys) murojaat qiluvchiga yuborilgandan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Notarius tomonidan belgilangan notarial harakatni amalga oshirish vaqti murojaat qiluvchiga maʼqul boʻlmagan taqdirda, murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notariusdan ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichidagi oʻziga qulay boʻlgan boshqa vaqtni belgilashni soʻrashi mumkin. Bunda notarius murojaat qiluvchi bilan kelishgan holda maqbul vaqtni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat qiluvchi notarial harakat amalga oshirilishi belgilangan vaqtga qadar toʻlov kvitansiyalarida (invoysda) koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarial harakat amalga oshirilishi belgilangan vaqtda notarius Tizim orqali hamda notarial harakat taraflari elektron tarmoq orqali videokonferensaloqa rejimida bogʻlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notarius yoki notarial harakat taraf(lar)i notarial harakat amalga oshirilishi belgilangan vaqtda uzrli sabablarga koʻra videokonferensaloqa rejimida bogʻlana olmasligi maʼlum boʻlgan hollarda u(lar) boshqa notarial harakat taraf(lar)ini (notariusni) bu toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarial harakat oʻzaro kelishilgan holda notarial harakat amalga oshirilishi belgilangan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan boshqa vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Notarial harakat amalga oshirilishi belgilangan vaqtda notarial harakat taraf(lar)i videokonferensaloqa rejimida bogʻlanmagan hollarda notarial harakatni amalga oshirish vaqti bir ish kuniga uzaytiriladi hamda bu toʻgʻrisida elektron tarmoq orqali murojaat qiluvchiga xabarnoma yuboriladi. Bunda murojaatda koʻrsatilgan murojaat qiluvchining telefon raqamiga ham xabarnoma yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Notarial harakat taraf(lar)i uzrli sabablarga koʻra bogʻlana olmasligini maʼlum qilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish uchun uzaytirilgan vaqtda videokonferensaloqa rejimida bogʻlanmagan hollarda murojaat rad etiladi hamda notarial harakatni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Notarial harakat taraf(lar)i notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakat taraf(lar) notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, murojaat koʻrmasdan qoldiriladi hamda notarial harakatni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Notarial harakat taraflarining shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash hamda Tizimga maʼlumotlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notarial harakat taraf(lar)ining shaxsi u(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan holda ushbu hujjatlarning rekvizitlari orqali zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya hamda biometrik maʼlumotlar (Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchining huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius videokonferensaloqa rejimida muloqot qilayotgan shaxs(lar) aynan shu ekanligini Tizim yordamida (Face-ID orqali solishtirish usuli) aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notarius notarial harakat taraf(lar)ining muomala layoqatini videokonferensaloqa rejimida u(lar) bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notarial harakat taraf(lar)ining ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻilsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakat taraf(lar)ining bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa), notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs(lar) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomon(lar)ning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs(lar) sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs(lar) homiy(lari)ining yozma roziligini talab etadi. Bunda homiyning roziligi notarial harakatni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Notarial harakatning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan notarial harakat Tizimga kiritiladi hamda har bir notarial harakat tegishli tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarial harakatni tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Notarial harakatni rasmiylashtirishda notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan Tizimga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Notarius bilan shaxsiy muloqot davomida notarial harakat taraf(lar)i joylashgan joyda ulardan boshqa shaxslarning boʻlmasligi, ular joylashgan joy, shovqindan holi, yorugʻ boʻlishi va videotasvir tiniq koʻrinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shaxsiy muloqot davomida notarial harakat taraf(lar)i joylashgan joyda boshqa shaxslarning yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun joyning 360 gradus aylanasini koʻrsatishni talab qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Notarial harakatni imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Notarial harakat loyihasi imzolash uchun tayyor boʻlganidan soʻng, notarius tomonidan notarial harakat taraf(lar)iga u(lar)ning huquq va majburiyatlari, amalga oshirilayotgan notarial harakatning mazmuni va oqibatlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni kiritib, Tizimda qayd qilingan tartib raqami va undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatadi hamda hujjat loyihasini Tizimda saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Videokonferensaloqa rejimida amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha videoyozuvlar avtomatik ravishda yozib olinadi va Tizimda qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida saqlanadi, shuningdek Tizim orqali notarius tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Videokonferensaloqa rejimida amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha videoyozuvlar notarial harakat taraf(lar)i tomonidan notarial harakat tasdiqlanganligining (imzolanganligining) asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Notarius tomonidan notarial harakat taraf(lar)iga notarial harakat bilan tasdiqlangan (shahodatlangan) hujjat(lar)ning asl nusxa(lar)i shaxsan topshiriladi yoki kurerlik xizmatidan foydalangan holda yoxud boshqa usullar orqali yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2026-y., 10/26/3742/0021-son)