05.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3743
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-yanvardagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3743]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial palata raisi D. ASHUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 33-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnoma videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirilganda uning tasdiqlovchi yozuvida bu haqida koʻrsatiladi hamda rasmiylashtirish jarayoni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) avtomatik ravishda audio va videoda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sayyor tartibda rasmiylashtirilganda uning tasdiqlovchi yozuvida shartnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va shartnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni va ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini Tizimda skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar shartnoma taraf(lar) tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki taraf(lar) taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqida hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda taraf(lar) oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi(lar) notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi(lar) notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, u(lar)ning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, shartnomani tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnoma nikoh yoshiga yetgan shaxslar oʻrtasida tuziladi. Shartnomani vakil tomonidan tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taraflar oʻrtasida nikoh qayd etilmasa, shartnoma yuridik oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Bunda, shartnomani alohida bekor qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (bundan buyon matnda elektron tarmoq deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Notarius Tizim orqali kelib tushgan murojaatlarni bir ish kuni ichida koʻrib chiqishi va murojaat qilgan shaxs(lar)ni qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchi(lar) elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek shartnomani rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli shartnoma loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilish(lar)i mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat qiluvchi(lar)ning elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllagan murojaatlari Tizimda avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qiluvchi(lar)ning elektron tarmoq orqali shartnomani rasmiylashtirish uchun yuborgan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi yoki Face-ID bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma loyihasi murojaat qiluvchi(lar) va notarius tomonidan kelishilgan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaat qiluvchi(lar)ni qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaat qiluvchi(lar) notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori, yoxud notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchi(lar)ni notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyishi va bu haqda notariusni xabardor qilishi yoki bevosita notarius qabuliga yoʻnaltirishi mumkin, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Notarius murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi(lar) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning aslini taqdim etish(lar)i talab etilmaydi. Bunda murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik maʼlumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli asosida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Notarius taraflarning muomala layoqatini ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Notariusda taraflarning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa (shubha tugʻdirsa), ammo shu shaxslarning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxslarni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notarius shartnomani rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs(lar) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tarafning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs(lar) sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi shartnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida shartnomani tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs(lar) murojaat qilsa hamda u(lar) savodsiz boʻlsa, shartnomani tasdiqlash paytida u(lar) bilan muomala qila oladigan va shartnomaning mazmunini u(lar)ning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) shaxslar uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan shaxslar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida shartnoma matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan shaxsning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs hujjatni imzolovchi, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli shaxs notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, shartnoma uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli shaxs oʻz imzosi bilan shartnoma mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar shartnoma bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan tartibda shartnomani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shartnoma bilan bogʻliq hujjatlarni koʻrib chiqish va shartnoma loyihasini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnomani tasdiqlashda notarius quyidagilarni aniqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari shartnoma tuzilmaganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda yoki “FHDYning yagona elektron arxivi”da maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, axborot almashuvi kurerlik xizmati orqali amalga oshiriladi. Bunda xorijiy davlatlarda qayd etilgan nikoh toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taraflarning oʻzlaridan olinadi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kurerlik xizmatidan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shartnomani tasdiqlash uchun bevosita yoki elektron taqdim etilgan hujjatlar notariuslar tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi. Bunda ekspertiza xarajatlari murojaat etuvchi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Notarius tomonidan kurerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan maʼlumotlar hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar shartnomaning hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Notarius tomonidan hujjatlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan shartnoma loyihasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma loyihasi taraflar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar tomonidan taqdim qilingan shartnomaning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan shartnomaning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab shartnoma matni oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shartnoma matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan yozilishi lozim. Taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shartnomaning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnomaning matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), shaxsini tasdiqlovchi hujjatning raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, shartnoma taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma necha nusxada tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, shartnoma matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shartnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir shartnoma alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Roʻyxatga olingan shartnomada tasdiqlovchi yozuv koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvda notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning toʻliq nomi, notarial harakat amalga oshirilgan vaqt va sana qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shartnomani tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tasdiqlanayotgan shartnoma, shu jumladan shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng, mazkur notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shartnoma loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Shartnomani taraflar tomonidan imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Toʻlovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shartnoma loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraf(lar) savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli shartnomani oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraf(lar) jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra shartnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, shartnomani uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa shaxs imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraf(lar) jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra shartnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, shartnomani u(lar)ning topshirigʻiga koʻra imzolagan shaxs, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon, surdo yoki tiflo tarjimon va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taraflarning kamida ikkita barmoq izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraf(lar) jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida shartnomaning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shartnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Shartnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Bunda shartnoma qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shartnomani oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosiy shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shartnomani bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalariga shartnoma bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Shartnomaning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shartnomani haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda shartnomaning notarial idora hujjatlari yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bekor qilingan vaqtda toʻlangan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Shartnomaning mazmuniga taʼsir qilmaydigan qoʻshimcha va tuzatishlar uchun qoʻshimcha kelishuv talab etilmaydi. Bunda ushbu qoʻshimcha va tuzatishlar taraflarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning mazmuniga taʼsir qilmaydigan qoʻshimcha va tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Nizomning 43-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan shartnomaning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni uch ish kunida rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish uchun zarur hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etganda toʻlangan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2026-y., 10/26/3743/0020-son)