Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
61-qq-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-dekabr,
33-2025/Q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-dekabr,
314-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi 61-qq-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 6-dekabrdagi 33-2025/Q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 314-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1) I-bobning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||||||||
1. | Direktor | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
”; |
2) I-bobning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3) I-bobning 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||||||||
Taʼlim sifati nazorati boʻlimi*** | |||||||||
19. | Bosh mutaxassis | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
”; | |||||||||
4) II-bobning 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||||||||
Taʼlim sifati nazorati boʻlimi | |||||||||
23. | Bosh mutaxassis | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
”. | |||||||||
2. Izoh qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*** Taʼlim sifati nazorati boʻlimi bosh mutaxassisi shtat birligini saqlash xarajatlari taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”.
3. Ilovada:
1) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “0,5 birlik, direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari — 0,5 birlik” degan soʻzlar “0,5 birlik,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/3119-5/0004-son)