1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mebel ishlab chiqaruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni ragʻbatlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati tomonidan toʻlov undirilmasdan ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish amaliyoti joriy etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining ekspertizadan oʻtkazish xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarni qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarni qoplash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
835-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-dekabrdagi 835-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini taʼminlash orqali daromadlarini oshirish maqsadida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan “Oʻzbekekpertiza” AJning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — “Oʻzbekekspertiza” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari (TIF TN boʻyicha tovar kodi 4403, 4404, 4406 — 4421, 9401310000 — 9401800009, 9402, 940310 — 9403890000).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq vakolatli organ tomonidan mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha toʻlov undirilmasdan ekspertizadan oʻtkaziladi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida bir marta qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish uchun toʻlovlar Kompaniya tomonidan qoplab berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tomonidan qoplab berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar uchun rasmiylashtirilgan sertifikat yoki ekspert xulosasi bilan bogʻliq xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya tomonidan vakolatli organning mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish uchun tadbirkorlik subyekti Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya tomonidan vakolatli organga bitta sertifikat yoki bitta ekspert xulosasi uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan miqdorda kompensatsiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organning mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilib berishi uchun Kompaniyaga har hafta yakuni bilan tadbirkorlik subyektlariga berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi roʻyxati, berilgan sanasi, sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish narxi, tadbirkorlik subyektining nomi, mahsulot turi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr Kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim etilgan reyestr boʻyicha maʼlumotlarning haqqoniyligiga vakolatli organ masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organdan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgandan boshqa hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organning kompensatsiya olish boʻyicha murojaati Kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ tomonidan Kompaniyaga taqdim etilgan reyestrda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlarining aniqlanishi tadbirkorlik subyektiga berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan, rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Kompaniyaga qayta koʻrib chiqish uchun topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablaridan boshqa asoslarga koʻra vakolatli organning xarajatlari qoplab berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vakolatli organning xarajatlarini qoplab berish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlari Kompaniya tomonidan 100 foiz miqdorda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kompaniya vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida kompensatsiya mablagʻlarini vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vakolatli organ
(“Oʻzbekekspertiza” AJ)
Sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berilishi uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi:
berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi roʻyxati;
berilgan sanasi;
sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish narxi;
tadbirkorlik subyektining nomi;
mahsulot turi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.
Har hafta yakuni bilan
2-bosqich
Kompaniya
(“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ)
Murojaatni koʻrib chiqadi, vakolatli organning mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan kompaniyaga taqdim etilgan reyestrda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlarining aniqlanishi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻladi.
Murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida
3-bosqich
Vakolatli organ
(“Oʻzbekekspertiza” AJ)
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishga haqli.
Qarorni olgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Kompaniya
(“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ)
Vakolatli organ hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Bunda sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar 100 foiz miqdorda qoplanadi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 09/25/835/1242-son)