29.12.2025 yildagi PF-263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududida sanoatni rivojlantirish, sanoat loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va qoʻshimcha zaxiralarni yaratish hamda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib sanoat tarmoqlarida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan, sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish uchun Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasining 185 million AQSH dollari miqdoridagi qoʻshimcha mablagʻlarini shakllantirish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga qoʻshimcha moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasining qoʻshimcha mablagʻlarini shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlari mutanosibligini taʼminlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ochilgan kredit liniyalarini maqbullashtirish orqali 185 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni sanoat loyihalarini moliyalashtirish uchun 2026-yilda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga qayta taqsimlashga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur moliyaviy resurslar doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi “Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi PQ-397-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin hamda har chorakda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan sanoat tarmoqlari uchun ajratilgan kredit liniyalaridan samarali foydalanish holatini doimiy tahlil qilgan holda, zarur hollarda, ularni maqbullashtirish va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-263-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-72-son Farmoni 14-bandi birinchi xatboshisidagi “30 million AQSH dollari” soʻzlari “15 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-102-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “50 million AQSH dollari” soʻzlari “10 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-104-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 5-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “100 million AQSH dollari” soʻzlari “20 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-ilovasining 2-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “100 million AQSH dollari” soʻzlari “20 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-13-son Farmonining 6-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 50 million AQSH dollari” soʻzlari “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 30 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-89-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisidagi “60 million AQSH dollari” soʻzlari “30 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)