1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Umumxalq bayramlarining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish | ||||
1. | Har bir umumxalq bayramining oʻziga xosligini inobatga olgan holda fuqarolarni jamiyat taraqqiyoti va mushtarak ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiruvchi umumxalq bayramlarining taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari, oʻyinchoq va turli bezaklarini ishlab chiqish. | Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, doimiy | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
2. | Umumxalq bayramlarining tub mazmun-mohiyati va ularning xalqimiz milliy anʼana va qadriyatlarini saqlash va targʻib qilishdagi ahamiyatini ochib berish maqsadida har bir umumxalq bayrami uchun alohida taʼsirchan gʻoyaviy mavzular va tezislarni shakllantirish va ommalashtirish. | Gʻoyaviy mavzular, tezislar | 2026-yil yanvardan, umumxalq bayramlari arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
3. | Aholining turli qatlamlarida hamjihatlik, ijtimoiy birdamlik va bagʻrikenglik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan umumxalq bayramlarining gʻoyaviy-maʼnaviy, tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi ommaviy-madaniy tadbirlar, tomoshalar va koʻrgazmalar tashkil etish. | Targʻibot tadbirlari | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, masʼul vazirlik va idoralar |
4. | Har bir umumxalq bayramining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qoʻllanmalar tayyorlash va keng tarqatish. | Qoʻllanmalar | 2026-yil yanvardan, doimiy | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
5. | Umumxalq bayramlariga oid qadriyatlar va tuygʻular bilan shaxsiy darajada bogʻlanishga targʻib qiladigan, bayramlarning gʻoyaviy mazmuni va ahamiyatini oʻz hayotida koʻrib chiqishga undab, fikr yuritish uchun zamin yaratadigan kinofilm, multfilm, ijtimoiy videorolik va hujjatli filmlar roʻyxatini shakllantirish va yangi filmlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Kinofilm, multfilm, ijtimoiy videorolik | 2026-yil yanvardan, doimiy | Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
6. | Umumxalq bayramlari arafasida respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan, chekka va olis hududlarda madaniy va milliy anʼanalarni ifodalash, bayramona muhit yaratish, shu bilan birga hududlarga tashrif buyuruvchilarni jalb qilish orqali mahalliy turizmga hissa qoʻshishni nazarda tutuvchi umumxalq bayramlari uchun ramziy koʻchalarni tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
7. | Umumxalq bayramlari arafasida tuman (shahar) markazlaridagi jamoat joylari, markaziy koʻchalar, park va xiyobonlar, shuningdek, har bir mahalla, qishloq va ovullar tegishli bayram shukuhini beruvchi belgilar, shu jumladan, ularning ramzlari va atributlari bilan bezatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
8. | Umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va gʻoyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gʻoyaviy mazmunni yetkazishning yangi usul va uslublarini kashf etish, rang-barang madaniy xilma-xillikka boʻlgan qiziqishlarni kuchaytirish va ragʻbatlantirish maqsadida “Eng yaxshi blog”, “Eng yaxshi reportaj”, “Eng yaxshi fotoalbom”, “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari”, “Eng yaxshi qoʻshiq”, “Eng yaxshi sahna asari”, “Eng yaxshi kinofilm”, “Eng yaxshi hujjatli film” kabi nominatsiyalardan iborat tanlovni tashkil qilish. | Tanlov | Umumxalq bayramlari arafasida | Vazirlik va idoralar, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Badiiy akademiya |
9. | Madaniy oʻziga xoslikni ifodalaydigan va umumxalq bayramlarini talqin qilish hamda nishonlashning turli usullarini namoyish etish imkonini beradigan sanʼat va madaniyat koʻrgazmalari, rassomlik tanlovlarini tashkil qilish. | Tanlovlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
10. | Yoshlarning tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa foydali axborot resurslariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, oʻzbekcha “Vikipediya”ni umumxalq bayramlari haqida sifatli milliy kontentlar bilan boyitish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, doimiy | Masʼul vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
11. | Aholiga bayram shukuhini yetkazish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirish maqsadida davlat organlarining qabul boʻlimlarida bayram burchaklarini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
12. | Umumxalq bayramlari munosabati bilan bayram mazmuniga mos sport musobaqalari va ijodiy bellashuvlar oʻtkazish. | Sport musobaqalari, ijodiy bellashuvlar | 2026-yil yanvardan, doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
13. | Umumxalq bayramlarini har bir mehnat jamoalari, mahalla, ovul, qishloq va olis hududlarda keng koʻlamda nishonlash boʻyicha ssenariylar ishlab chiqish, bunda bayramlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida bayram tantanalariga taniqli sanʼat va madaniyat namoyandalarini keng jalb etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
14. | Mahallalarda aholiga bayramona va koʻtarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida turli koʻngilochar tadbirlar tashkil qilish, mahallaning aholi gavjum hududlarini bayramona bezatish, aholi uchun sayyor savdo markazlari va yarmarkalari tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
15. | Mahallalar, sanatoriylar, statsionar davolanish muassasalari va boshqa dam olish maskanlarida umumxalq bayramlari munosabati bilan konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy kechalar uyushtirish. | Konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy kechalar | Umumxalq bayramlari arafasida | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
16. | Umumxalq bayramlari bilan bogʻliq boʻlgan boy madaniy meros va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlarni saqlash va targʻib qilish maqsadida umumxalq bayramlari arafasida respublika boʻylab oilaviy va jamoaviy sayohatlarni tashkil qilishni ragʻbatlantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
17. | Taʼlim oluvchilarning umumxalq bayramlari bilan bogʻliq tarixiy va madaniy obidalarga, muzeylarga va boshqa diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni tashkil etish, umumxalq bayramlarining mazmunini bevosita tadqiq qilish imkoniyatini yaratish. | Tasdiqlangan reja asosida | 2026-yil yanvardan, doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
18. | Umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatini, ularning mamlakatimizning oʻziga xosligini shakllantirishdagi oʻrnini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy videoroliklar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | Ijtimoiy videoroliklar | Umumxalq bayramlari arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, masʼul vazirlik va idoralar |
19. | Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn muloqot vositalarida umumxalq bayramlari bilan bogʻliq milliy ramzlar, atributlar, oʻyinchoqlar va belgilarni ommalashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlari | Umumxalq bayramlari arafasida | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, masʼul vazirlik va idoralar |
20. | Davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat vakillari, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga umumxalq bayramlarining birdamlik, bagʻrikenglik va boshqa ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirishiga oid fikr-mulohazalarini eʼlon qilib borish va bu faoliyatni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlash. | Kompleks chora-tadbirlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar uyushmasi, masʼul vazirlik va idoralar |
21. | Ommaviy axborot vositalarida umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlar (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola va munosabatlar) tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, bayramlar arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
22. | Aholining umumxalq bayramlariga oid maʼlumotlarni oʻrganishga doir qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida radioviktorina va boshqa sovrinli oʻyinlar oʻtkazish. | Radioviktorina va sovrinli oʻyinlar | 2026-yil yanvardan, bayramlar arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, masʼul vazirlik va idoralar |
23. | Umumxalq bayramlari bilan bogʻliq madaniy urf-odatlar va marosimlarni saqlab qolish, ularning kelajak avlodlarga yetkazilishini aks ettiruvchi va aholiga bayramona kayfiyat beruvchi koʻrgazmali materiallarni tashqi reklama bannerlari va monitorga joylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlari | 2026-yil yanvardan, bayramlar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, masʼul vazirlik va idoralar |
24. | Bolalarda umumxalq bayramlari haqida boshlangʻich tasavvurlarni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun “Bugun bayram” turkumida turli animatsion filmlar tayyorlash. | Animatsion filmlar | Umumxalq bayramlari arafasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kinematografiya agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
25. | Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida “Moziydan sado, “Asliyat” kabi rukn va nomlarda turkum chiqishlar qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, bayramlar arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
26. | Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston bayramlari” nomi ostida alohida sahifalar, kanallar, guruhlar tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlari | 2026-yil fevral | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi |
27. | Bolalar va yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda milliy va madaniy qadriyatlarning oʻrni, ularda tarix, anʼana, umumbashariy qadriyatlarga hurmatni oshirish, maqsadida bayram tantanalari doirasida “Tarannum” yoki “Yoshlik fasli” nomida modalar namoyishi haftaligini tashkil etish. | Modalar namoyishi | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
28. | “Oʻzbek madaniyati” portalida bayramlarning kelib chiqish tarixi, ularning milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni avloddan-avlodga oʻtib kelishidagi ijtimoiy ahamiyati va bayramlarga oid boshqa maʼlumotlarni doimiy ravishda berib borish, shuningdek, turizm salohiyatini oshirish hamda yurtimizga sayyohlar tashrifini koʻpaytirish maqsadida bayramlarga oid maʼlumotlar, shu jumladan, sifatli foto-videomahsulotlardan iborat yagona baza — “Oʻzbekiston bayramlari” sahifasini yaratish. | Elektron sahifa | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
29. | Professional fotosuratchilar oʻrtasida oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ifodalovchi, bayram kayfiyatini kengroq yoritib berishga qaratilgan “Eng yaxshi fotosurat” tanlovini tashkil etish va gʻolib ishtirokchilarning fotoasarlarini yetakchi OAVda eʼlon qilib borish. | Tanlovlar | 2026-yil may | Badiiy akademiya, Jurnalistlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
II. Muhim sanalarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish | ||||
30. | Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini oʻtkazish. | Festival | 2026-yildan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita |
31. | Davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan tuman (shahar)lardagi markaziy xiyobonlarda (Toshkent shahrida Xalqlar doʻstligi maydoni va Adiblar xiyobonida) xalq sayillari shaklida bayram tadbirlarini oʻtkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, muhim sanalar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi |
32. | Har bir davlat ramzining tarixiy va ramziy maʼlumotlari hamda asoslarini yoritib berishga qaratilgan podkastlar ishlab chiqish. | Podkastlar | 2026-yil yanvardan, muhim sanalar arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
33. | Tuman (shahar)lardagi markaziy koʻchalar, mahallalardagi aholi gavjum hududlar, jamoat joylari, shu jumladan, bozorlar, savdo majmualari, xiyobonlar va boshqa joylarda davlat ramzlarining tasvirlarini turli koʻrinishlarda joylashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, muhim sanalar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
34. | “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi”, “Gerbim — faxrim”, “Olamni mahliyo aylagan diyor!”, “Milliy gʻururim — Madhiyam!”, “Oʻzbek tili — milliy davlatchiligimiz timsoli” shiorlari ostida fuqarolarda birdamlik, vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar tashkil qilish. | Seminarlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar | 2026-yil yanvardan, muhim sanalar arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, masʼul vazirlik va idoralar |
35. | Buyuk siymolar, jamoat va davlat arboblari tavallud topgan kunlar, davlat ramzlari, davlat tili va boshqa muhim sanalar bilan bogʻliq taʼsirchan gʻoyaviy tezislar, shiorlarni shakllantirish, ularning jozibador ramzlari, atributlari va zaruratga koʻra musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalarini ishlab chiqish. | Tashkiliy va amaliy chora tadbirlar | 2026-yil yanvar — may | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
36. | Tuman va shaharlar markazlarida, jamoat joylarida, aholi gavjum hududlarga, jamoat transportlaridagi va poyezd vagonlaridagi ekranlarga atoqli shaxslarning tavallud sanasi bilan bogʻliq hamda ularning hikmatlari, oʻgitlari aks etgan tasviriy-targʻibot vositalarini joylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil fevraldan, muhim sanalar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
37. | Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha darajadagi tashkilotlar, shu jumladan, taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlarda muhim sanalarga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, kechalar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. | Adabiy-badiiy tadbirlar, kechalar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv | Muhim sanalar arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, masʼul vazirlik va idoralar |
38. | Davlat va jamoat arboblari, sanʼat va madaniyat vakillari, mashhur sportchilar, bloger va jamoatchilik faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga muhim sanalarga oid fikr-mulohazalarini eʼlon qilib borish. | Kompleks chora-tadbirlar | Muhim sanalar arafasida | Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
39. | Atoqli shaxslarning maʼnaviy-ijodiy merosini keng aholi qatlamiga yetkazish va ommalashtirish maqsadida ularning vatanparvarlik, ezgulik, olijanoblik va boshqa ezgu gʻoyalardan iborat hikmatli soʻzlari, sheʼr va gʻazallarini turli koʻrinishlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqatish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil fevraldan, muhim sanalar arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro A. Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
40. | Taʼlim oluvchilar oʻrtasida atoqli shaxslarning hayoti va ijodiy merosiga mos gʻoyaviy-maʼnaviy mavzularni belgilagan holda, tuman (shahar)-viloyat-respublika darajasida turli musobaqalar oʻtkazish. | Musobaqalar | 2026-yil fevraldan, sanalar arafasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
41. | Davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida aholiga, shu jumladan, yoshlarga davlat ramzlari tushirilgan belgilarni turli koʻrinishlarda tarqatish (transport vositalari uchun stikerlar, bolalar uchun sharlar, oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari). | Kompleks chora-tadbirlar | Muhim sanalar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi |
42. | Ommaviy axborot vositalarida muhim sanalarga oid media tadbirlar (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola va munosabatlar) tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil martdan, muhim sanalar arafasida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
43. | Atoqli shaxslarning maʼnaviy-ijodiy merosi asosida ishlangan sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish. | Koʻrgazmalar | 2026-yil fevraldan, muhim sanalar arafasida | Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi |
44. | Atoqli shaxslarning diqqatga sazovor asarlaridagi sahnalar yoki qahramonlar asosida dramatik talqinlar yoki teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil fevraldan, muhim sanalar arafasida | Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
45. | Atoqli shaxslarning asarlari, hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini tayyorlash. | Ilmiy-ommabop kitoblar | 2026-yil aprel — iyun, muhim sanalar arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
46. | Atoqli shaxslarning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqidagi filmlarni ommalashtirish, yangi film gʻoyalarini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | Muhim sanalar arafasida | Kinematografiya agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi |
III. Kasb bayramlarining gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish | ||||
47. | Har bir kasbning jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyatini ochib beruvchi va yosh avlodni kasblarga qiziqishini yanada yuksaltirish hamda eng yaxshi kasbiy anʼanalarni targʻib qilishga qaratilgan kasblarning taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, oʻziga xos taronalari, belgi va nishonlari, gʻoyaviy-maʼnaviy mavzulari va tezislarini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yildan boshlab doimiy | Masʼul vazirlik va idoralar, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi |
48. | Keng jamoatchilikka kasb haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida kasbga oid munozaralar, intervyular yoki hikoyalarni oʻz ichiga olgan maxsus podkastlar tashkil qilish. | Podkastlar | 2026-yil yanvardan, kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
49. | Yoshlarning kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida taʼlim muassasalarida kasb fidoyilarini jalb qilgan holda ochiq darslar, mahorat darslari, seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy va badiiy kechalar tashkil qilish. | Ochiq darslar, mahorat darslari, seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalar | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
50. | Kasbga sadoqat orqali Vatanga sidqidildan xizmat qilish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshish haqida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash. | Ijtimoiy videoroliklar | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
51. | Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida “Men kim boʻlaman?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil qilish. | Ijodiy ishlar tanlovi | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
52. | Oliy taʼlim va kasbiy taʼlim muassasalarida yoshlarga kasblar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida mehnat yarmarkalarini va taqdimotlarni tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
53. | “Rahbar va yoshlar” mavzusida turli koʻrinishdagi uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil qilish. | Uchrashuvlar, ochiq muloqotlar | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi |
54. | Jamoat joylarida, aholi gavjum hududlarda, jamoat transportlarida kasblar haqida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali materiallarni joylashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | Kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
55. | Tegishli sohaning (kasbning) rivojlanish tarixi, tizimda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida tegishli foto, video va hujjatli arxiv maʼlumotlarini toʻplagan holda hujjatli va badiiy filmlar ishlab chiqish. | Hujjatli filmlar | 2026-yil mart, kasb bayramlari arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
IV. Xalqaro kunlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish | ||||
56. | Xalqaro kunlarning jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyatini Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy qadriyatlariga xos va mos tarzda ochib beruvchi gʻoyaviy-maʼnaviy mavzulari va tezislarini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan, xalqaro kunlar arafasida | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
57. | Xalqaro kunlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar tashkil qilish. | Seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar | 2026-yil yanvardan, xalqaro kunlar arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
58. | Xalqaro kunlar bilan bogʻliq mavzular doirasida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ommalashtirish. | Ijtimoiy videoroliklar | Xalqaro kunlar arafasida | Masʼul vazirlik va idoralar |
59. | Xalqaro intellektual mulk huquqi kuni doirasida “Kontrafaktsiz oy” huquqiy aksiyasini oʻtkazish. | Huquqiy aksiya | Xalqaro kunlar arafasida | Adliya vazirligi |
60. | Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar bilan ochiq muloqot va suhbatlar tashkil qilish. | Ochiq muloqot va suhbatlar | Xalqaro kunlar arafasida | Jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
61. | “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan hududlarda “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasini tashkil etish va aksiya doirasida nogironligi boʻlgan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning ijodiy ishlari kimoshdi savdosini tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Ijtimoiy aksiya | 2026-yil yanvardan, doimiy | Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, masʼul vazirlik va idoralar |
V. Umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning gʻoyaviy mazmunini taʼlim muassasalari va innovatsion texnologiyalar orqali kuchaytirish va ommalashtirish | ||||
62. | Taʼlim muassasalari tarbiyachilari va professor-oʻqituvchilari uchun taʼlim oluvchilarning yoshini hisobga olgan holda, bayramlarning gʻoyaviy mazmunini kuchaytirishga oid keng qamrovli oʻquv resurslari, shu jumladan, dars rejalari, risola va qoʻllanmalar, audio va vizual multimedia materiallarini yaratish. | Oʻquv resurslari, dars rejalari, risola va qoʻllanmalar, audio va vizual multimedia materiallari | 2026-yildan boshlab doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
63. | “Oʻzbekiston bayramlari” kalendarini chop etish, unda har bir oydagi bayramlar va sanalarni “Umumxalq bayramlari” “Kasb bayramlari”, “Xalqaro bayramlar”, “Muhim sanalar”, “Tarixiy shaxslarning tavallud kunlari” kabi turkumlarga asosan maʼlum ranglar bilan ajratib koʻrsatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yildan boshlab har yili | Madaniyat vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
64. | Taʼlim muassasalarining kutubxonalarini bayramlarning gʻoyaviy jihatlariga urgʻu beruvchi turli qoʻllanmalar, kitoblar, jurnal va albomlar bilan boyitish. | Qoʻllanma va albomlar | Doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi |
65. | Oʻzbekiston hududida foydalaniladigan mobil telefonlar, planshet va boshqa aloqa qurilmalaridagi kalendarlarda bayram sanalariga oid maʼlumot avtomatik oʻrnatilishi imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
66. | Ijtimoiy tarmoqlarda bayramlarning kelib chiqish tarixi, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni avloddan-avlodga oʻtib kelishidagi ijtimoiy ahamiyati va bayramlarga oid boshqa maʼlumotlarni doimiy ravishda berib borishga moʻljallangan alohida sahifalar, kanallar, guruhlarni tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlari | Doimiy | Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
67. | Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini milliy tarix va qadriyatlarni anglash, Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan mavzular, umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarga oid gʻoyaviy mavzular bilan boyitish. | Oʻquv qoʻllanmalarni boyitish | 2026-2027 oʻquv yilidan | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
VI. Bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirishning tarixiy va ilmiy asoslarini tadqiq etish | ||||
68. | Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, “Oʻzbekiston bayramlari” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish. | Kitob | 2026-yil yanvar — mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
69. | Bayramlar gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirish boʻyicha ilmiy ishlar, shu jumladan, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash koʻlamini kengaytirish. | Ilmiy ishlar | Doimiy | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
70. | Bayramlar munosabati bilan tashkil qilinayotgan turli ommaviy-madaniy tadbirlarning holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish. | Tadqiqotlar va soʻrovnomalar | 2026-yil yanvardan, har yili kamida bir marta | “Ijtimoiy fikr” markazi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, masʼul vazirlik va idoralar |
71. | Bayramlarni tuman (shahar)lar, mahallalar, qishloq va ovullarda yuqori saviyada nishonlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. | Uslubiy qoʻllanma | 2026-yil fevral | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
72. | Ilmiy jamoatchilikni keng jalb qilgan holda, bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini kuchaytirishga oid konferensiya va davra suhbatlarini tashkil qilish. | Konferensiya va davra suhbatlari | 2026-yil martdan, har chorakda | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |
3-ILOVA
ILOVA
T/r | Umumxalq bayrami yoki davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosim nomi | Oʻtkazish muddati | Ishtirok etuvchi organlar | Masʼul ijrochilar |
1. | ||||
2. | ||||
3. | ||||
..... |
4-ILOVA
ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
1. Tuman va shaharlarni bayramga tayyorlash, targʻibot-tashviqot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
| |||
| |||
2. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
| |||
| |||
3. Bayram kuni arafasida oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar | |||
| |||
| |||
4. Bayram kuni arafasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar | |||
| |||
| |||
5. Bayram kuni arafasida taʼlim tashkilotlari va ilmiy jamoalarda oʻtkaziladigan tadbirlar | |||
| |||
| |||
6. Bayram kuni arafasida fuqarolik jamiyati institutlarida oʻtkaziladigan tadbirlar | |||
| |||
| |||
| |||
5-ILOVA
6-ILOVA
7-ILOVA
8-ILOVA
T/r | Bayram va muhim sanalar | Nishonlanadigan sana | Masʼul vazirlik va tashkilotlar |
I. Umumxalq bayramlari | |||
1. | Yangi yil | 1 yanvar | Madaniyat vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Xotin-qizlar kuni | 8 mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, va Toshkent shahar hokimliklari |
3. | Navroʻz bayrami | 21 mart | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
4. | Xotira va qadrlash kuni | 9 may | Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
5. | Mustaqillik kuni | 1 syentyabr | Madaniyat vazirligi, va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Oʻqituvchi va murabbiylar kuni | 1 oktyabr | Maktabgacha va maktab vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni | 8 dekabr | Adliya vazirligi, |
8. | Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) | “Ramazon hayiti”ning birinchi kuni | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
9. | Qurbon hayit (Iyd al-Adha) | “Qurbon hayiti”ning birinchi kuni | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. Muhim sanalar | |||
10. | Vatan himoyachilari kuni | 14 yanvar | Mudofaa vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Alisher Navoiy tavallud topgan kun | 9 fevral | Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi |
12. | Zahiriddin Bobur tavallud topgan kun | 14 fevral | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi |
13. | Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlgan kun | 2-mart | Tashqi ishlar vazirligi |
14. | Sohibqiron Amir Temur tavallud | 9 aprel | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi, Xalqaro Amir Temurxayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi |
15. | Yoshlar kuni | 30 iyun | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
16. | Davlat Gerbi qabul qilingan kun | 2 iyul | Respublika Maʼnaviyatva maʼrifat markazi |
17. | Xalqlar doʻstligi kuni | 30 iyul | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, |
18. | Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni | 31 avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
19. | Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni | 2 syentyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, |
20. | Oʻzbek tili bayrami kuni | 21 oktyabr | Madaniyat vazirligi |
21. | Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun | 18 noyabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
22. | Davlat madhiyasi qabul qilingan kun | 10 dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
III. Kasb bayramlari | |||
23. | Prokuratura organlari xodimlari kuni | 8 yanvar | Bosh prokuratura |
24. | Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni | 26 yanvar | Bojxona qoʻmitasi |
25. | Mahalla tizimi xodimlari kuni | 22-mart | Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi |
26. | Geologiya sohasi xodimlari kuni | aprel oyining birinchi yakshanbasi | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
27. | Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni | 15 aprel | Madaniyat vazirligi |
28. | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni | 18-aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
29. | Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni | may oyining uchinchi yakshanbasi | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
30. | Savdo, matlubot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari kuni | iyun oyining oxirgi yakshanbasi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
31. | Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni | 27-iyun | Jurnalistlar uyushmasi |
32. | Temir yoʻl transporti xodimlari kuni | avgust oyining birinchi yakshanbasi | Transport vazirligi |
33. | Qurilish sohasi xodimlari kuni | avgust oyining ikkinchi yakshanbasi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
34. | Havo floti kuni | avgust oyining uchinchi yakshanbasi | Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi |
35. | Tadbirkorlar kuni | 20-avgust | Savdo-sanoat palatasi |
36. | Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni | 26-sentabr | Davlat xavfsizlik xizmati |
37. | Ichki ishlar organlari xodimlari kuni | 25 oktyabr | Ichki ishlar vazirligi |
38. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni | 11-noyabr | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
39. | Tibbiyot xodimlari kuni | Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
40. | Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni | Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
IV. Xalqaro kunlar | |||
41. | Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni | 15 mart | Raqobatni rivojlantirish |
42. | Xalqaro teatr kuni | 27 mart | Madaniyat vazirligi |
43. | Xalqaro intellektual mulk kuni | 26 aprel | Adliya vazirligi |
44. | Jahon matbuoti erkinligi kuni | 3 may | Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Jurnalistlar uyushmasi |
45. | Xalqaro oila kuni | 15 may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
46. | Xalqaro muzeylar kuni | 18 may | Madaniy meros agentligi |
47. | Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni | 1 iyun | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
48. | Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni | 5 iyun | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
49. | Xalqaro donorlar kuni | 12 iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
50. | Butunjahon turizm kuni | 27 syentyabr | Turizm qoʻmitasi |
51. | Xalqaro qishloq ayollari kuni | 15 oktyabr | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
52. | Xalqaro nogironlar kuni | 3 dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |