ILOVA
T/r | Tadbirlar | Oʻtkazish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va takomillashtirilishida parlamentning roli hamda ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tadbirlar | |||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada mustahkamlashdagi oʻrni” mavzusida parlament konferensiyasini tashkil etish. | 5-dekabr | Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Parlament tadqiqotlari instituti |
2. | Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | 3-dekabr | Parlament tadqiqotlari instituti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda |
3. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz uch yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish maqsadida “Konstitutsiya — farovon kelajak yoʻlidagi ishonchli himoya” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 5-dekabr | OʻzLiDeP fraksiyasi |
4. | “Konstitutsiyamizda milliy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 3-dekabr | “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi |
5. | “Konstitutsiya — tenglik, adolat va farovon hayot garovi!” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 5-dekabr | “Adolat” SDP fraksiyasi |
6. | “Konstitutsiya: ijtimoiy adolat va birdamlik kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 3-dekabr | Oʻzbekiston XDP fraksiyasi |
7. | “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida “Atrof-muhit — Konstitutsiya himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | 5-dekabr | Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi |
II. “Konstitutsiya oyligi” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar | |||
8. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish. | 1 — 7-dekabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni, Axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimi |
9. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish hamda majlislar zali, muzey, Parlament kutubxonasi, deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish. | 2 — 5-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni, Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi |
10. | “Yer va suv resurslari — Konstitutsiya muhofazasida” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | 3-dekabr | Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi |
11. | “Konstitutsiya — yoshlar huquqi, mamlakat taraqqiyoti, barqaror kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 4-dekabr | Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti |
12. | “Konstitutsiya — xususiy mulk himoyasi, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va sanoat taraqqiyotining asosiy huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | 4-dekabr | Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi |
13. | “Tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik: Konstitutsiyaviy asoslar va amaliy nuqtai nazar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 4-dekabr | Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
14. | “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoya asosida “Konstitutsiya — Raqamli Oʻzbekistonni barpo etishda asosiy huquqiy poydevor” mavzusida davra suhbati tashkil qilish. | 4-dekabr | Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti |
15. | “Atrof-muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy asoslari” mavzusida seminar oʻtkazish. | 4-dekabr | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi |
16. | “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar huquqlarining kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | 4-dekabr | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi |
17. | “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoya asosida “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 5-dekabr | Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi |
18. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Yoshlarning huquqiy madaniyati: Konstitutsiyani hayot mezoniga aylantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 5-dekabr | Oʻzbekiston XDP fraksiyasi |
III. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan joylarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari | |||
19. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan siyosiy partiyalarning hududiy Kengashlari bilan birgalikda joylarda oʻz dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan turkum tadbirlarni oʻtkazish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
20. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida saylovchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlar tashkil etish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari |
21. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlarni oʻtkazish hamda “Konstitutsiya — mening tasavvurimda” shiori ostida oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida insholar koʻrik-tanlovini tashkil etish. | noyabr-dekabr | “Adolat” SDP fraksiyasi |
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish | |||
22. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining munosabatlarini keng yoritish boʻyicha alohida media-reja ishlab chiqish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati, Parlament axborot-tahlil markazi |
23. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarni, deputatlarning tahliliy maqolalarini hamda boshqa chiqishlarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida keng yoritish choralarini koʻrish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati |
24. | “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent” “MY5” va “Mahalla” telekanallarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ochib berishga bagʻishlangan koʻrsatuv va intervyularda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati |
25. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari hamda qoʻmitalar raislarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi insonparvar gʻoyalar va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi, Bosh qomusimizning xalqimiz hayotidagi tutgan yuksak oʻrnini yoritib beruvchi maqolalar bilan markaziy bosma ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari raislari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati |
26. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda belgilangan normalarni milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish borasida deputatlar korpusi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida markaziy, mahalliy bosma nashrlarda hamda Internet nashrlarida turkum maqolalar chop etilishini tashkil qilish. | noyabr-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati, Parlament axborot-tahlil markazi |