Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING “QAShQADARYo VILOYATINING BAHORISTON VA USMON YUSUPOV TUMANLARINI BIRLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI QARORINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Qashqadaryo viloyatining Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlarini birlashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 25-apreldagi 485-II-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Qashqadaryo viloyatidagi Mirishkor tumanini barqaror rivojlantirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyatining Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlari negizida Mirishkor tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq respublika komissiyasi tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimligi apparati xodimlarining cheklangan soni 16 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mirishkor tumani hokimlik apparati, uning mustaqil boshqarmalari (boʻlimlari) rahbar xodimlariga va mutaxassislariga ish haqi toʻlash boʻyicha I guruhga kiritilsin.
3. Respublika komissiyasi:
10 kun muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Mirishkor tumani boshqaruv organlari shtat xodimlari sonini, tuzilmasi va ish haqi fondlarini, ularni joylashtirish joylarini belgilash hamda zarur moddiy-texnik bazani yaratish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etsin, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha 2003-yil 25-apreldagi F-1761-son farmoyishi talablariga qatʼiy amal qilsin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2003-yil uchun Mirishkor tumani budjeti prognoz parametrlarini hamda tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining asosiy koʻrsatkichlarini belgilasin;
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Mirishkor tumani boshqaruv tuzilmalarini shakllantirishning tashkiliy davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlarining davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarini birlashtirish natijasida boʻshaydigan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, keyinchalik statistik bazaning taqqoslanuvchanligini taʼminlash uchun Mirishkor tumani boʻyicha koʻrsatkichlarning aniq tizimini belgilasin.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi (Zayniyev) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va Mirishkor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Qashqadaryo viloyati hokimi N. Zayniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-iyun,
247-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)