Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Qarori
“Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1461-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ, 01-76, 01/1184-son “Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1461, 2005-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 96-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-dekabr,
61-q/q-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-dekabr,
31-2025-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 61-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 31-2025-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Professional taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nizomning nomidagi “Professional taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimada:
birinchi xatboshidagi “Professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Professional taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 1-banddagi “Professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Pedagog lavozimi boʻshaganidan keyin 10 kun ichida pedagog lavozimiga kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan ommaviy axborot vositalarida va kasbiy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi.”;
f) 3-banddagi “Professional taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” va “professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkiloti” va “kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
h) 6-banddagi “Professional taʼlim muassasasiga” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Pedagoglarni tanlovdan oʻtkazish boʻyicha taxminiy savollar majmui va tanlov oʻtkazish jadvali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi.”;
k) 11-banddagi “professional taʼlim muassasasiga” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 13 va 18-bandlardagi “professional taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 14-banddagi “Professional taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 10/25/1461-4/1185-son)