17.12.2025 yildagi 795-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq nazariy fizika sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, fundamental va amaliy loyihalarni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish, fizika yoʻnalishidagi zamonaviy ilm-fan talablariga asoslangan ilmiy faoliyatning oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) huzurida Nazariy fizika institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy fizika sohasining dolzarb muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan hamda uning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari boʻyicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh olimlar uchun nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlar boʻyicha zamonaviy ilmiy-oʻquv materiallarni nashrga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizika sohasida professor-oʻqituvchilar, talabalar, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarda birgalikdagi ishtirok etishi asosida oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy, amaliy va oʻquv faoliyati bilan integratsiyasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy taʼlim tashkilotlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizika sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, rivojlangan mamlakatlarning nazariy fizika markazlari bilan sohadagi eng ilgʻor hamda istiqbolli tadqiqotlar boʻyicha xalqaro aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizika sohasida nufuzli xalqaro maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda nazariy fizika boʻyicha nashrlar sonini oshirish hamda fizika sohasidagi ilmiy jurnallarni bosqichma-bosqich nufuzli xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rektoriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori Universitetning Ilmiy kengashi tavsiyasiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ilmiy va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy muassasalarning ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshiga, boshqa xodimlarining lavozim maoshlari esa — Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, Institut xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grant mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash va bepul olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Universitet ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni Universitetning Toshkent shahri Olmazor tumani Talabalar shaharchasida joylashgan Fizika fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning moliya tashkilotlari grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun uni zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar bilan jihozlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, salohiyatini oshirishga qodir boʻlgan tajribali mutaxassislar va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali kadrlar bilan ochiq tanlov asosida toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Institutni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Institutning ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
795-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 795-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Ilmiy kotib

Direktor

Ilmiy kengash

Direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari

Bosh yuriskonsult

Kvant maydon nazariyasi ilmiy laboratoriyasi

1

 Nochiziqli fizika ilmiy laboratoriyasi

1

Bosh buxgalter

Sunʼiy intellekt, hisoblash va maʼlumotlar bazasi ilmiy laboratoriyasi

1

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

Subatom fizikasi ilmiy laboratoriyasi

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

Gravitatsion maydon nazariyasi ilmiy laboratoriyasi

1

Kvant tarmoqlar va dinamik tizimlar laboratoriyasi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 13 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilmiy-yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2025-y., 09/25/795/1175-son)