Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2021 20.11.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1425
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUgʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DIPLOMATIK KORPUS, XALQARO NOHUKUMAT HAMDA MAHALLIY NODAVLAT VA NOTIJORAT TAShKILOTLAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALAR VAKILLARINI JAZONI IJRO ETISh TIZIMI MUASSASALARIGA TAShRIFINI TAShKILLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-noyabrda 1425-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 5-avgustdagi 239-sonli ““Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifini tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1425-1, 10.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 12-3-54-sonli Tadbirlar rejasiga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifini tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 1-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirining 2004-yil 1-noyabrdagi buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma, agarda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro bitimlarda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifi toʻgʻrisidagi tartibni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar va bitimlar, 1963-yildagi konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslari, mazkur Yoʻriqnoma, shuningdek jazoni ijro etish tizimi faoliyatini tashkillashtirish tartibini belgilovchi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar jazoni ijro etish tizimi muassasalariga diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillarini tashrifiga asos boʻla oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlari, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan mazkur Yoʻriqnoma bilan belgilangan instansiyaga yuborilgan murojaati jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrif uchun shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifni tashkillashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ozodlikdan mahrum qilish joylariga tashrif buyurish hamda u yerdagi shaxslarning saqlash sharoitlarini oʻrganish uchun diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga1 tegishli murojaatnomani, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida2 roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa tegishligicha Adliya vazirligiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada tashrif kuni, maqsadi, tashrifda qatnashadigan shaxs (shaxslar), tashrif chogʻida uchrashmoqchi boʻlgan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TIV yoki AV jazoni ijro etish muassasasiga tashrif haqidagi murojaatnomani olgach, uni qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi: akkreditatsiya bor yoʻqligini tekshiradi, tashrifning maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Ushbu tadbirlarni bajarib boʻlgach, TIV (AV) besh kunlik muddat ichida murojaatnomaning nusxasini ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga soʻrov xatini yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif oʻtkazilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor konsul shaxslarning vakillik mamlakati fuqarolari boʻlgan mahkum yoki qamoqda saqlanayotganlar bilan uchrashuvni oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala 1963-yildagi konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasiga muvofiq koʻrib chiqilmaydi va ularning tashrifi haqidagi murojaatnomasi soʻzsiz ijobiy hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud idoralari ixtiyorida boʻlgan hollarda, IIV JIEBB tomonidan murojaatnoma muallifining soʻrov xati tegishligicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga yuboriladi va bu haqda TIV va AV ga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. IIV JIEBB tomonidan TIV (AV)ning murojaatnoma haqidagi tegishli xabari olingach koʻrib chiqiladi, zarur hollarda tekshiruv tadbirlari amalga oshiriladi (murojaatda qayd etilgan mahkumlar qayerdaligi aniqlanadi) va tashrifning maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaatnomani koʻrib chiqish natijalari haqida IIV JIEBB muallifni xabardor qilish uchun TIV yoki AVga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala ijobiy hal etilgan holda, TIV yoki AVga tashrif kuni va soatini kelishish uchun aloqa telefon raqami beriladi, salbiy qaror qabul qilingan holda esa yozma ravishda asoslantirilgan rad javobi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad javobga norozi tomon tegishli instansiyalar yoki sud orqali shikoyat keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. IIV JIEBBning tegishli javobini olgandan soʻng, TIV yoki AV besh kunlik muddatdan kechiktirilmagan holda murojaatnoma muallifiga natija haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaatnoma muallifi TIV yoki AVdan javob xatini olgandan soʻng masala ijobiy hal etilgan holda, berilgan aloqa telefonlari orqali IIV JIEBBga murojaat qiladi va muassasaga tashrif kuni va soati boʻyicha tasdiq javobini oladi yoki tashrifning yangi sanasi va vaqti boʻyicha kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrif buyuriladigan muassasalar tartibotli boʻlganligini inobatga olgan holda, muzokaralar davomida tashrif va uning natijalarini matbuotda chop etilishi mumkinligi boʻyicha masala oldindan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkillashtirish va jazoni oʻtayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarini oʻrganish IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan muassasa maʼmuriyati bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati rejalashtirilayotgan tashrif toʻgʻrisida tegishli xabar olganidan soʻng, uni belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV JIEBBning ixtiyoriga koʻra, tashrifda uning vakillari ham qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan uyushtiriladigan tashrif hamda jazoni oʻtayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarini oʻrganish uchun vaqt chegaralanmaydi, ammo u jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzmasligi va kechki uyqudan (soat 22-00) ertalabki uygʻonishgacha (soat 06-00) boʻlgan vaqt mobaynida oʻtkazilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrif buyurgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining Ichki tartib qoidalarini buzgan hollarda, tashrif muddatidan avval tugatilishi va tartibbuzarlar muassasa hududidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu holda muassasa maʼmuriyati rasmiy ravishda IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi)ga, shuningdek TIV yoki AV xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashrif mobaynida diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan jazoni oʻtayotgan mahkumlar bilan uchrashuv ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarining Ichki tartib qoidalari talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat chogʻida, 1963-yildagi konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasida koʻzda tutilgan hollardan tashqari, qamoq va jazoni ijro etish joylarida qonunchilikka rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror, shuningdek mahkum va qamoqqa olinganlarga nisbatan sud-tergov jarayonini olib borayotgan idoralarining vakillari qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni kino, foto, videotasvirga olish, ular bilan suhbatlar, audioyozuv olib borish (intervyu olish) faqatgina ularning yozma ravishdagi roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga tushirish (tashrifdan avval) IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi)ning oldindan olingan ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarining talablariga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bunday tashriflarning uzluksizligi, agar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlarning soʻrovnomalari asosida IIV JIEBB tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda, jazoni ijro etish muassasa maʼmuriyati IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) ga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashrif buyuruvchi tomonga ayrim maʼlumotlarni, shu jumladan muassasada jazoni oʻtayotgan mahkumlarning soni, ularning aniq toifalarini yoxud boshqa qiziqish uygʻotadigan maʼlumotlarni taqdim qilish masalasi IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) bilan dastlabki (tashrifdan avval) muzokaralar yoʻli bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillarining muassasalarga tashrif natijalari, saqlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflari, shuningdek boshqa masalalar muassasa maʼmuriyati, IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) bilan birgalikda muhokama qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jazoni ijro etish muassasalariga tashrifning natijalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan hamkorlikda matbuot konferensiyalari, matbuotda chop etish va boshqa axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matbuotda chop etish tartibi, agarda xalqaro shartnomalarda boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligining kafolatlari va tamoyillari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nodavlat va notijorat tashkilotlar, respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifni tashkillashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tegishli roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat va notijorat tashkilotlar4 , respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillariga jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrif uchun ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari muassasalarga tashrif hamda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni saqlash sharoitlarini oʻrganish borasida ruxsat olish uchun IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) lariga yozma murojaatni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada tashrifning sanasi, maqsadi, aloqa telefon raqami, tashrif buyuruvchi shaxs (shaxslar) va tashrif mobaynida uchrashadigan mahkum (mahkumlar) ning familiyasi, ismi, shuningdek boshqa zarur (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tegishli roʻyxatdan oʻtganligi, tashrif uyushtirilishi moʻljallangan muassasada qarindoshlari yoʻqligi va h.k.) maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muassasaga tashrif buyurish toʻgʻrisidagi murojaatni olgach IIV JIEBB uni bir oy mobaynida qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan-oʻtmaganligini tekshiradi, tashrifning maqsadga muvofiqligini belgilaydi, zarur boʻlsa tekshiruv tadbirlarni amalga oshiradi (murojaatda koʻrsatilgan mahkumlarni turgan joyini aniqlaydi va h.k.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Murojaatnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha IIV JIEBB oʻn kun muddat ichida muallifga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala ijobiy hal etilgan holda, tashrif kuni va soatini kelishish uchun aloqa telefon raqami beriladi, salbiy qaror qabul qilingan holda esa yozma ravishda asoslantirilgan rad javobi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad javobidan norozi tomon tegishli instansiyalar yoki sud orqali shikoyat keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Murojaat muallifi tegishli javob xatini olgandan soʻng masala ijobiy hal etilgan holda, berilgan aloqa telefonlari orqali IIV JIEBBga murojaat qiladi va muassasaga tashrif kuni hamda soati boʻyicha tasdiq javobini oladi yoki tashrifning yangi sanasi va vaqti boʻyicha kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrif buyuriladigan muassasalar tartibotli boʻlganligini inobatga olgan holda, muzokaralar davomida tashrif va uning natijalarini matbuotda chop etilishi mumkinligi boʻyicha masala oldindan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkillashtirish va jazoni oʻtayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarini oʻrganish IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan muassasa maʼmuriyati bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jazoni ijro etish muassasaning maʼmuriyati rejalashtirilayotgan tashrif toʻgʻrisida tegishli xabar olgandan soʻng, uni belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV JIEBBning ixtiyoriga koʻra, tashrifda uning vakillari ham qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari tomonidan uyushtiriladigan tashrif hamda jazoni oʻtayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarini oʻrganish uchun vaqt chegaralanmaydi, ammo u jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzmasligi va kechki uyqudan (soat 22-00) ertalabki uygʻonishgacha (06-00) boʻlgan vaqt mobaynida oʻtkazilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrif buyurgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining Ichki tartib qoidalarini buzgan hollarda, tashrif muddatidan avval tugatilishi va tartibbuzarlar muassasa hududidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu holda muassasa maʼmuriyati rasmiy ravishda IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi)ga, shuningdek AVga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashrif mobaynida NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan jazoni oʻtayotgan mahkumlar bilan uchrashuv ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarining Ichki tartib qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat chogʻida qamoq va jazoni ijro etish joylarida qonunchilikka rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror, shuningdek, mahkum va qamoqqa olinganlarga nisbatan sud — tergov jarayonini olib borayotgan idoralarining vakillari qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni kino, foto, videotasvirga olish, ular bilan suhbatlar, audioyozuv olib borish (intervyu olish) faqatgina ularning yozma ravishdagi roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarning xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga tushirish (tashrifdan avval) IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi)ning oldingan olingan ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarining meʼyorlariga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda, jazoni ijro etish muassasa maʼmuriyati IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi)ga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. NNT, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalar vakillarining muassasalarga tashrif natijalari, saqlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflari, shuningdek boshqa masalalar muassasa maʼmuriyati, IIV JIEBB yoki hududiy jazoni ijro etish boshqarmasi (boʻlimi) lari bilan birgalikda muhokama qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jazoni ijro etish muassasalariga tashrif natijalari boʻyicha, tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan, hamkorlikda matbuot konferensiyalari, matbuotda chop etish va boshqa axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matbuotda chop etish tartibi, agarda xalqaro shartnomalarda boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligining kafolatlari va tamoyillari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat tashkilotlari va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan masalalar boʻyicha yozma yoki ogʻzaki murojaatnomalari kelib tushgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV boshqarmalari va sohaviy xizmatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yozma ravishdagi murojaatlarni zudlik bilan mazkur Yoʻriqnoma boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi uchun Tashqi ishlar yoki Adliya vazirliklariga (murojaat muallifining tegishli akkreditatsiyasi yoki roʻyxatga olinganligiga qarab belgilanadi) yuborilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ogʻzaki murojaatnoma kelib tushgan holda esa ularda qayd etilgan masala boʻyicha Tashqi ishlar yoki Adliya vazirliklariga murojaat etish muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror R. KADIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri S. SAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 487-modda)