10.12.2025 yildagi 778-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish orqali ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ularning reyestrini yuritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoqlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoqlarning yoʻnalishlarini ishlab chiqish va ularni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoqlar tashkil qilinadigan hududlar roʻyxatini shakllantirsin hamda ular boʻylab barpo etiladigan selfi zonalari, kemping, dam olish va xizmat koʻrsatish obyektlari joylashuvini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
778-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 778-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat qoʻriqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlar hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda — ekohududlar) turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — ekohududlardan mulk va ijara huquqi asosida foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchi — turistik soʻqmoqda dam olish, sayr qilish, sogʻlomlashtirish hamda tabiat bilan tanishish maqsadida harakatlanuvchi sayyoh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoq — ekohududlarda piyoda, shuningdek, ot, velosiped, changʻi va boshqa vositalarda (avtomototransport vositalaridan tashqari) dam olish, sayr qilish, sogʻlomlashtirish hamda tabiat bilan tanishish uchun harakatlanishga moʻljallangan, eni 1 metr va uzunligi 1 kilometrdan kam boʻlmagan yoʻlak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoq pasporti — turistik soʻqmoqni tashkil etish va boshqarishga oid maʼlumotlar qayd etilgan hamda vakolatli organ tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik soʻqmoqni boshqarish — tashrif buyuruvchilarning xavfsiz, erkin harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, turistik soʻqmoq va unga tutash hududdagi obyektlarni saqlash, xizmat koʻrsatish va atrof-muhitni asrash bilan bogʻliq faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestri — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan turistik soʻqmoqlar toʻgʻrisidagi ochiq axborot resursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turistik soʻqmoqning yoʻnalishi yongʻin va texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turistik soʻqmoqni tashkil qilish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar balansda saqlovchining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turistik soʻqmoqlarda harakatlanganlik uchun tashrif buyuruvchilardan toʻlov undirilmaydi, balansda saqlovchi tomonidan ekohududlarga kirish uchun joriy qilingan alohida toʻlovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turistik soʻqmoq ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Balansda saqlovchi turistik soʻqmoqni tashkil qilish uchun tegishliligi boʻyicha vakolatli organning hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinma) yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda turistik soʻqmoq toʻgʻrisida maʼlumotnoma, xaritasi, foto va video tasvirlar elektron shaklda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekohududning balansda saqlovchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (mulk yoki ijara asosida foydalanish) hududiy boʻlinma tomonidan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansda saqlovchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy boʻlinma ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi. Bunda ushbu muddat turistik soʻqmoqning geografik joylashuvi va ob-havoning noqulayligidan kelib chiqib, vakolatli organning ruxsati bilan oʻn ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar arizaga toʻliq ilova qilinmagan taqdirda, hududiy boʻlinma tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy boʻlinma turistik soʻqmoqning haqiqatda ekohududda joylashganligini hamda ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda uning bir nusxasini balansda saqlovchiga taqdim etadi. Bunda dalolatnomaga foto va video tasvirlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma shakli hamda foto va video tasvirlarga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinma arizani koʻrib chiqishda vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillarini ham jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dalolatnomada turistik soʻqmoq haqiqatda ekohududda joylashgani hamda ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishi qayd etilgan taqdirda, hududiy boʻlinma bir ish kuni ichida uni Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritish uchun balansda saqlovchi tomonidan ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq taqdim etilgan ariza, unga ilovalar, dalolatnoma hamda unga oid materiallarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy boʻlinma quyidagi hollarda turistik soʻqmoqni tashkil etishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududda joylashmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki yolgʻon boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik soʻqmoqni tashkil etishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy boʻlinma tomonidan turistik soʻqmoqni tashkil etish rad etilgan taqdirda, balansda saqlovchi kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu bobda belgilangan tartibda qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ hududiy boʻlinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqib, turistik soʻqmoqni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritilgan turistik soʻqmoqlar tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ shu kunning oʻzida turistik soʻqmoq Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritilgani toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Balansda saqlovchi turistik soʻqmoq xaritasi va yoʻnalishlari oʻzgargan taqdirda, bir ish kuni ichida ushbu Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda, hududiy boʻlinmaga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinma ushbu Nizomning 9-10-bandlarida belgilangan tartibda maʼlumotlarning toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalari toʻgʻrisida vakolatli organni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ bir ish kuni ichida ushbu maʼlumotlar asosida Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestri “Tabiatga sayohat” elektron platformasi hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ turistik soʻqmoq Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida uning yoʻnalishlarini tabiiy sharoiti va geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda, barcha dasturiy taʼminot hamda mobil qurilmalarga mos formatda ishlab chiqadi, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Turistik soʻqmoqlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Balansda saqlovchi turistik soʻqmoq Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida uning kirish nuqtasida pasporti va xaritasini, shuningdek, turistik soʻqmoq boʻylab ushbu sohaga oid davlat standartida belgilangan tartibda yoʻl koʻrsatkichlari va navigatsiya taxtachalariga (yoʻnalishni aniqlash posterlari) chizilgan hamda tarqatma-axborot materiallarida joylashtirilgan axborot belgilarini oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turistik soʻqmoq boʻylab yengil konstruksiyali inshootlar va xizmat koʻrsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik soʻqmoq chiqindi qutilari va sanitariya-gigiyena shoxobchalari, zaruratga koʻra koʻprik, toʻsiqli yoki toʻsiqsiz traplar, zinapoyalar, tayanch devorlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Balansda saqlovchi turistik soʻqmoqqa tutash hududlardagi oʻziga tegishli yer uchastkalarini infratuzilma va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish uchun belgilangan tartibda ijaraga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Balansda saqlovchi tashrif buyuruvchilarga gid-ekskursovod, yoʻriqchi va otda sayr qilish kabi qoʻshimcha pulli xizmatlarni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashrif buyuruvchi turistik soʻqmoqda uning xaritasida belgilangan tartibda va yoʻnalishda harakatlanishi, shuningdek, yongʻin va texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashrif buyuruvchi turistik soʻqmoqda harakatlanishi davomida tabiat va hayvonot dunyosini kuzatishi, ularni foto va video tasvirga olishi, turistik soʻqmoq toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashrif buyuruvchi tomonidan harakatlanish davomida atrof-muhit hamda turistik soʻqmoq va uning atrofida joylashgan infratuzilmalarga zarar yetkazilgan taqdirda, balansda saqlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zararni undirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik soʻqmoqni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ekohududlardan mulk va ijara huquqi asosida foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs

(keyingi oʻrinlarda — balansda saqlovchi)

Turistik soʻqmoqni tashkil qilish uchun tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinma) yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Hududiy boʻlinma

1. Arizani joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

Oʻn ish kuni

2. Turistik soʻqmoqni Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritish uchun balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan ariza, unga ilovalar, dalolatnoma va unga oid materiallarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organga yuboradi.

Bir ish kuni

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Hududiy boʻlinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, turistik soʻqmoqni Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritadi.

2. Turistik soʻqmoq Turistik soʻqmoqlarning yagona reyestriga kiritilgani toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.

Ikki ish kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Turistik soʻqmoq toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA

Turistik soʻqmoqning nomi

Joylashgan joyi

Ekohududning turi (davlat qoʻriqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlar hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari)

Geografik koordinatalari (boshlanish va tugash nuqtalari)

Eni

Uzunligi

Harakatlanish vaqti

(soat: ___ dan ___ gacha)

Harakatlanish mumkin boʻlmagan davr (oraliq davri aniq koʻrsatiladi)

Harakatlanish turi (piyoda, shuningdek, ot, velosiped, changʻi
va boshqa vositalar)

Taqiqlangan faoliyat turlari

Kuzatish mumkin boʻlgan tabiiy obyektlar, tarixiy va madaniy yodgorliklar

Xavfli zonalar

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari

Qoʻshimcha pulli xizmatlar (gid-ekskursovod, yoʻriqchi va otda sayr qilish va boshqa)

Turistik soʻqmoqqa oid boshqa maʼlumotlar

Turistik soʻqmoqni balansda saqlovchi

________________________

___________

(F.I.O)

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekohududlarda turistik soʻqmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Turistik soʻqmoqlarning yagona

REYESTRI

T/r

Turistik soʻqmoqning nomi

Turistik soʻqmoqning reyestr raqami va reyestrga kiritilgan sanasi

Turistik soʻqmoqning joylashuv tavsifi, eni va uzunligi

Turistik soʻqmoqning yoʻnalishi

(dam olish, sayr qilish, sogʻlomlashtirish va tabiat bilan tanishish)

Turistik soʻqmoqning balansda saqlovchisi

Turistik soʻqmoq joylashgan ekohudud

(davlat qoʻriqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlar hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari)

Turistik soʻqmoqdan foydalanish davri

Turistik soʻqmoqda harakatlanish turi

(piyoda, ot, velosiped, changʻi va boshqa vositalar)

Turistik soʻqmoq yoʻnalishi

(GPX, KMZ va boshqalar)

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 09/25/778/1147-son)