Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3719]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-noyabr,
21-2025/Б-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1755, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va likyor-aroq ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarining 275-bandidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “chiqarib yuborish va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 13-fevraldagi 6/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1917, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Parrandachilik sohasi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarining 28-pozitsiyasi “Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlari” ustunidagi “Kanalizatsiya” degan soʻz “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 16-martdagi 12/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1934, 2009-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan Elektr-energetika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarining 85-pozitsiyasi “Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlari” ustunidagi “Oqova (kanalizatsiya)” degan soʻz “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-maydagi 27/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1965, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 277-modda) bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarining 15-pozitsiyasi “Kasb va lavozim nomlari” ustuni hamda 28 va 102-pozitsiyalari “Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlari” ustunidagi “Kanalizatsiya” degan soʻz “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 30-apreldagi 18/B-1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1966, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Ikkilamchi xom ashyo tayyorlash omborxonalari, baza va punktlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 7-paragrafining nomi, 35-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari, 38 va 96-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-avgustdagi 49-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 391-modda) bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarida:
1) 71-pozitsiyaning “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “kanalizatsiyani” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 81-pozitsiyaning “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 4-avgustdagi 44-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2003, 2009-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yogʻochni qayta ishlash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 11-paragrafi nomi, 77, 84 va 85-bandlardagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 78-banddagi “oqova suvlarga” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 244-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-avgustdagi 54-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2010, 2009-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 11-paragrafining nomi, 77, 78, 84 va 85-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 22-iyuldagi 140-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2135, 2010-yil 19-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Oyna ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 71, 74 va 75-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 19-noyabrdagi 190-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2159, 2010-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 449-modda) bilan tasdiqlangan Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 66-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 188-banddagi “Oqova suvlar” degan soʻzlar “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 218-banddagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-noyabrdagi 192-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2160, 2010-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Bogʻlar hamda madaniyat va istirohat bogʻlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 69, 71 va 72-bandlaridagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 23-noyabrdagi 191-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2161, 2010-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 462-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 71, 74 va 75-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 9-noyabrdagi 187/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2172, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi obyektlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 72 va 73-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-oktabrdagi 177-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2177, 2011-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 69, 70 va 124-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 203-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2180, 2011-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 68 va 69-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 204-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2186, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xalq badiiy hunarmandchiligi va sovgʻalar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 67 va 68-bandlardagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 10-noyabrdagi 188-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2188, 2011-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Metallarga kimyoviy ishlov berish va ularga galvanik va kimyoviy qoplamalar surtishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 11-paragrafining nomi, 58, 61 va 62-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 17-yanvardagi 1-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2192, 2011-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 70, 73 va 74-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 19-yanvardagi 3-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2193, 2011-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarida:
1) 108-pozitsiyaning “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “Vodoprovod va kanalizatsiya” degan soʻzlar “Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 110-pozitsiyaning “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “kanalizatsiya” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 14-martdagi 15-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2212, 2011-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 129-modda) bilan tasdiqlangan Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, taʼmirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 10-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 14-martdagi 16-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2216, 2011-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 156-modda) bilan tasdiqlangan Sement ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomi, 80 va 81-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 30-iyundagi 35-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2248, 2011-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 10-paragrafining nomi, 47, 50 va 51-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 14-iyuldagi 42-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2253, 2011-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 339-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“81. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 82-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 86-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 9-avgustdagi 48-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2260, 2011-yil 2-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 371-modda) bilan tasdiqlangan Sanitariya-epidemiologiya muassasalari laboratoriyalarida (boʻlinmalarida va boʻlimlarida) ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 11-paragrafi nomi, 59 va 60-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 154-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 156-banddagi “oqova suv” degan soʻzlar “oqova suvni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 20-sentabrdagi 59-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2275, 2011-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 446-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarida:
1) 1-bobning nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3, 17, 50 va 110-pozitsiyalarining “Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari nomlari” ustunidagi “Kanalizatsiya” degan soʻz “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-pozitsiyasining “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “Kanalizatsiya” degan soʻz “Oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 10-noyabrdagi 71-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2288, 2011-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49 son, 507-modda) bilan tasdiqlangan Noruda materiallari (shagʻal, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi va 70-banddagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 75-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 10-noyabrdagi 70-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2289, 2011-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 508-modda) bilan tasdiqlangan Savdo tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 70, 73 va 74-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-noyabrdagi 75-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2302, 2011-yil 21-dekabr (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 551-modda) bilan tasdiqlangan Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarining 4-pozitsiyasi “Kasb va lavozim nomlari” ustunidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 7-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2339, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 72 va 73-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 6-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2340, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 73 va 74-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 10-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2348, 2012-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 159-modda) bilan tasdiqlangan Fizioterapevtik boʻlinmalar (kabinetlar) xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 10-paragrafining nomi, 41, 44 va 45-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 25-maydagi 26-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2374, 2012-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 283-modda) bilan tasdiqlangan Dezinfeksiya stansiyalari, dezinfeksiya boʻlimlari, profilaktik dezinfeksiya boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 74 va 75-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 155-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 36-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2398, 2012-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 517-modda) bilan tasdiqlangan Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 78 va 79-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 271-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-noyabrdagi 75-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2406, 2012-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 595-modda) bilan tasdiqlangan Poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 78 va 79-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
35. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-noyabrdagi 76-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2407, 2012-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Moʻynadan va qoʻy terisidan poʻstin ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 12-paragrafi nomi, 78, 79 va 155-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
36. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 8-yanvardagi 1-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2424, 2013-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Shahar elektr transportida ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 12-paragrafining nomi, 75, 78 va 79-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-martdagi 14-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446, 2013-yil 1-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 189-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi, 73 va 74-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
38. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-apreldagi 20-B son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2454, 2013- yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 237-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 14-paragrafining nomi, 80, 83 va 84-bandlaridagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 24-apreldagi 23-B son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2455, 2013-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 246-modda) bilan tasdiqlangan Lok-boʻyoq materiallari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi, 83 va 84-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
40. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 32-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2458, 2013-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 278-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi, 81, 82 va 279-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 77 va 225-bandlardagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 31-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2459, 2013-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi, 81 va 82-bandlardagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 77, 194 va 197-bandlardagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 33-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2461, 2013-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 295-modda) bilan tasdiqlangan Oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 13-paragrafining nomi, 76, 77, 81, 82 va 215-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 34-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466, 2013-yil 7-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 13-paragrafining nomi, 76, 77, 81 va 82-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 12-iyundagi 44-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2471, 2013-yil 25-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 342-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 13-paragrafining nomi, 76, 77, 81 va 82-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 26-iyundagi 46-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2478, 2013-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 376-modda) bilan tasdiqlangan Baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 2-bobi 13-paragrafining nomi, 76, 77, 81 va 82-bandlaridagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 22-iyuldagi 53-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2503, 2013-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 467-modda) bilan tasdiqlangan Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 9-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
47. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 20-avgustdagi 63-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2505, 2013-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 35-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi, 80, 81-bandlar va 205-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 76-banddagi “kanalizatsiyaga” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
48. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 3-sentabrdagi 67-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2510, 2013-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Tomyopgich va gidroizolatsion ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 13-paragrafi nomi va 75-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
49. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 88-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2557, 2014-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shu jumladan zaharlangan xomashyo bilan ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 92-banddagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 9-sentabrdagi 21-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2620, 2014-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 514-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 88-banddagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
51. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 25-noyabrdagi 29-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2637, 2014-yil 18-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 617-modda) bilan tasdiqlangan Pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xoʻjaligi ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
52. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 20-apreldagi 11-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2674, 2015-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 243-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl qurilishi materiallari ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 91-banddagi “oqova suvlar” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
53. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 15-oktabrdagi 43-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2726, 2015-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 579-modda) bilan tasdiqlangan Metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
54. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 18-dekabrdagi 57-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2743, 2015-yil 24-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 640-modda) bilan tasdiqlangan Kabel ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
55. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 25-dekabrdagi 60-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2747, 2015-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 655-modda) bilan tasdiqlangan Yorugʻlik manbalari va yorugʻlik-texnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”;
3) 183-banddagi “kanalizatsiyaning” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
56. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2016-yil 7-yanvardagi 1-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2750, 2016-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Optik detallarga mexanik ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
57. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2016-yil 15-yanvardagi 2-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2756, 2016-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Izolyatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2007-yil 4-iyuldagi M-34, 84-05-27/PMK, 25, 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1713, 2007-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatining 3-bobining “Mutaxassislik” va “Kasb turi” ustunidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
59. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2016-yil 27-yanvardagi 3-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2762, 2016-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)