Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2019 16.08.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1398
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga oʻzbekiston respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-avgustda 1398-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 24-iyundagi 27-2019-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1398-1, 01.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati toʻgʻrisida” 408-son va 2003-yil 12-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 505-son (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-yil, 11-son, 117-modda) qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari berish (uzaytirish) uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hisob raqamiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻlov miqdorlari Adliya vazirligida roʻyxatga olingandan soʻng oʻn kun muddat ichida chop etsin va barcha manfaatdor shaxslarga tarqatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatdan keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu buyruqning bajarilishi boʻyicha nazorat vazir oʻrinbosari A. Akbarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2004-yil 4-avgustdagi 81-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARIFLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda xususiy mehnat shartnomalari asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 4 (toʻrt) barobari miqdorida

2.

Yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) barobari miqdorida

3.

Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun toʻlov

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) barobari miqdorida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 4-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-con, 377-modda)