1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Umumiy harbiy majburiyat va Harbiy qasamyod
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat boʻladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini toʻldirishni va ularning rezervini tayyorlashni taʼminlash maqsadida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz boʻlgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli sabablarga koʻra harbiy roʻyxatga olinmagan yoki harbiy roʻyxatdan chiqarilgan, shu jumladan isteʼfodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur boʻlmagan shaxslar deb ataladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan fuqarolar harbiy qismning jangovar bayrogʻi oldida quyidagi mazmunda Harbiy qasamyod qabul qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishga, xalqimga, Prezidentimga sodiq boʻlishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini soʻzsiz bajarishga, harbiy intizomga qatʼiy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi boʻlishga qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi nafasim qolguncha oʻz Vatanimning sadoqatli farzandi boʻlib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat sirini va harbiy sirni saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jonajon Oʻzbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining munosib himoyachisi boʻlishga qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan eng ogʻir jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo boʻlay”.
(3-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam Harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik boʻyicha chaqirilganlarida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Harbiy xizmat turlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni oʻtagan rezervchilar xizmati.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Muddatli harbiy xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni oʻtamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan harbiy xizmatchilar uchun — oʻn ikki oy (oliy maʼlumotli shaxslar uchun — toʻqqiz oy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni chaqiruv boʻyicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan ofitserlar uchun — toʻqqiz oy qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yigʻinlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga toʻlgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yigʻinlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan fuqarolar yigirma yetti yoshga toʻlganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari miqdori va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablagʻlar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning pul va moddiy taʼminotini oshirish, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlarini oʻtkazishga aniq maqsadli yoʻnaltirilgan boʻladi.
(6-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(6-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatni oʻtash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt besh yilga tuziladi; kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt besh yilga yoki agar harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetishiga besh yildan kam qolgan boʻlsa, kamroq muddatga tuziladi.
(7-moddasining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari bilan oʻqish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy oʻtash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan rezervchilar xizmati
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan boʻlgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilar sifatida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik boʻyicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik boʻyicha harbiy yigʻinlarni oʻtashga jalb etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarni oʻtash muddatlari ushbu Qonunning 32-moddasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tugʻilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qoʻshilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar boʻyicha foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni oʻtash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” soʻzlari qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “isteʼfodagi” degan soʻzlar qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
(9-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Harbiy lavozimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv organlarining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarda oliy qoʻmondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan hamda harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolat va imtiyozlari saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yoʻnalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yigʻinlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tayyorgarlik, davolash-sogʻlomlashtirish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim tayyorgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida oʻtkaziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan taʼminlanishini amalga oshiradilar, oʻquv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi boʻyicha tayyorgarlik oʻquv dasturidagi majburiy fan boʻlib, umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik oʻqituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab oʻtiladi.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past boʻlgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qoʻshimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sogʻlomlashtirish lagerlarida oʻtishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarligi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻnalishi boʻyicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka oʻn yetti yoshga toʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishga jalb etilgan fuqarolarning mashgʻulotlarda ishtirok etishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalaridagi tayyorgarligini moliyalashtirish uning Markaziy Kengashi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga va harbiy xizmatga tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sogʻlomlashtirish ishlari. Umumtaʼlim tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sogʻlomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sogʻlomlashtirish ishlari ularning turar joylarida, oʻqish yoki ish joylarida sogʻliqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-profilaktika va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalarida oʻsmirlar xonalarini tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn besh va oʻn olti yoshdagi oʻsmirlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan har yili amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi organlari chaqiriluvchilarning umumtaʼlim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida (harbiy kafedralar, sikllar va fakultetlarda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimida oʻqiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy taʼlim muassasalarining talabalari jinsidan qatʼiy nazar harbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha boʻlgan salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli talabalar jalb qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan oʻtishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalar ham rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar taʼlimi dasturi boʻyicha harbiy tayyorgarlikdan oʻtishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, taʼlim dasturini oʻzlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlik taʼlimidan oʻtmagan talabalar taʼlim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalari yoʻnalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, agar bu taʼlim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalari tashkil etilgan boʻlsa, mazkur taʼlim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining koʻmagida zarur oʻquv-moddiy bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga ofitserlarni oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining oʻqituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy taʼlim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.04.00 Xizmatni alohida sharoitlarda oʻtaganlik bilan bogʻliq imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
(16-moddaning oltinchi – oʻn birinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga tayyorgarlik koʻrishdagi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek oʻrtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan oʻqish (yigʻinlar) oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarga ularning taʼlim olish (yigʻinlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, oʻqish oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bogʻliq boʻlsa) yoʻl kirasi hamda oʻrtacha ish haqi toʻlanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (toʻlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FUQAROLARNI CHAQIRUV UCHASTKALARIDA QAYD ETISH, HARBIY XIZMATGA CHAQIRILISH VA KIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy roʻyxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumtaʼlim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va roʻyxatga olinayotganlarning turar joylarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular oʻn olti yoshga toʻlgan yili aprel — iyun oylarida amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-187-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 491-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qogʻozida koʻrsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan tegishli komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan turli yoʻnalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, koʻz kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat boʻlganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning roʻyxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim boʻlgan fuqarolarning roʻyxatini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy roʻyxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy roʻyxatga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — fevral-mart oylarida oʻtkaziladi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-187-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 491-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha roʻyxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qogʻozida koʻrsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir boʻlishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtamagan va harbiy roʻyxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga joʻnab ketgan va oʻsha yerda harbiy roʻyxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va taʼlim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida boʻlgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida oʻz vaqtida hozir boʻlishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va yoshi oʻn sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy roʻyxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda oʻzgartirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa joydagi ishga oʻtkazilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turar joyga koʻchib oʻtgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan va taʼlim olishni davom ettirish uchun ketayotgan boʻlsa.
(19-moddaning birinchi – oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir boʻlmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki ogʻir kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga bogʻliq boʻlmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozir boʻlmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda koʻrilayotgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Chaqiruv komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning harbiy va muqobil xizmatga chaqiruvini oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, shaharlarda hamda tumanlarda chaqiruv komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv komissiyalarining tuzilishi va faoliyat tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruv komissiyalarining shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari organlari va sogʻliqni saqlash organlari vakillarining albatta ishtiroki taʼminlangan holda belgilanadi.
(20-moddaning ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylardagi chaqiruv komissiyalariga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari rais etib tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, uning maʼnaviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek oila aʼzolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini oʻrganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqliligi va qoʻshin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqliligi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga tayinlash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligiga koʻra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga asosan harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish toʻgʻrisida yoki chaqirilishdan ozod qilish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligiga koʻra tinchlik davridagi harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga oʻtkazish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqsiz deb topib, harbiy roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilish qay darajada toʻgʻri ekanligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni harbiy kasblarga tayinlashda ularning jismoniy va umumiy tayyorgarligi, tajribasi, qobiliyati, qiziqishi va boshqa fazilatlarini hisobga olish qay darajada asosli boʻlganligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qoʻshinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy koʻrik natijalaridan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslar boʻlsa, harbiy qismlarga joʻnatilishidan avval ana shu shaxslarni nazorat tarzida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini koʻrib chiqish va bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish tuman (shahar) chaqiruv komissiyasining qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga koʻra, salomatligiga koʻra, oʻqishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga koʻra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz boʻlib, ularni boqishi shart boʻlgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa oʻgʻli boʻlmasa. Ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolgʻiz onasi yoki otasi boʻlib, ularning qaramogʻida oʻn olti yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq farzandi boʻlgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa oʻgʻli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tugʻishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra kamida besh yildan beri oʻz qaramogʻida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi oʻqishda tahsil olayotgan talabalar oʻqishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati oʻqishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yoʻqotgan chaqiriluvchilar, shuningdek ushbu Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega boʻlmagan va turli sabablarga koʻra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga toʻlguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi boʻlgan chaqiriluvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar oʻz roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Zaxiradagi ofitserlarning harbiy xizmatga chaqirilishi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirq yoshgacha boʻlgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamagan va ushbu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega boʻlmagan ofitserlar tinchlik davrida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻiga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat talablariga javob beruvchi kuyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz yoshgacha boʻlgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik boʻyicha tegishli kasbiy tayyorgarlik koʻrmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik boʻyicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha boʻlgan fuqarolar, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili oʻn yetti yoshga toʻladigan fuqarolar, shuningdek harbiy taʼlim muassasalarda oʻqish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan, oʻn sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy-taʼlim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirq yoshgacha boʻlgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy-taʼlim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar harbiy roʻyxatdan oʻtish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (oʻqishdan) ozod etiladi, ularning ish (oʻqish) joyidagi oʻrtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada boʻlgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u yerdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (oʻqish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan ofitserlarga oliy taʼlim muassasasidagi oʻqish hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka muvofiq keladigan lavozimlardagi ish staji harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HARBIY XIZMATNI OʻTASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Harbiy xizmatni oʻtash tartibi. Harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi boʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari tomonidan harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasidan besh yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatda boʻlishning boshlanishi deb:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga joʻnash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir boʻlgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirganlar uchun — harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-taʼlim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning oʻqish harbiy xizmatga tenglashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilishi yoki isteʼfoga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrugʻiga binoan shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda boʻlishning tugashi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar davolanishda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish taʼtilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash taʼtilida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirda boʻlsa, garovda ushlab turilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak yoʻqolgan boʻlsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Harbiy-taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-taʼlim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning oʻqish harbiy xizmatga tenglashtirilgan taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda boʻladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega boʻlmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega boʻlsalar, tinglovchi deb yuritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgunga qadar harbiy unvoni boʻlmagan fuqarolar oʻqishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. Harbiy-taʼlim muassasisiga oʻqishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni oʻtash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 136-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-taʼlim muassasasidan, shuningdek oʻqish harbiy xizmatga tenglashtirilgan taʼlim muassasasidan oʻqishdan chiqarilgan kursantlar rezervga boʻshatiladi yoki isteʼfoga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni oʻtamagan boʻlsalar, muddatli harbiy xizmatni oʻtashni davom ettirish uchun qoʻshin qismlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-taʼlim muassasasidan oʻqishdan chiqarilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy roʻyxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) u harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda boʻlishining belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kontrakt muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shtatlar qisqarganda yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbir-choralari munosabati bilan harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish imkoniyati boʻlmay qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) salomatligiga koʻra — uni harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlariga muvofiq taraflardan birining tashabbusiga koʻra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) harbiy-taʼlim muassasasidan oʻqishdan chiqarilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xizmat vazifasiga noloyiq boʻlib qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum boʻlishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) harbiy xizmatchi harbiy unvonidan mahrum etilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(29-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-175-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 362-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan boʻshatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga boʻshatiladi, harbiy xizmatdan boʻshatilish paytida rezervda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar esa isteʼfoga chiqarilib, harbiy roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari.;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi daraja rezervida boʻlish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga koʻra belgilangan tartibda urush davridagi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan isteʼfoga chiqarilib, harbiy roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Rezerv toifalari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari.;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan hamda xizmatni oʻtash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning jangovar qoʻshilmalari va qismlari, jangovar taʼminot boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifani rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda ichki va texnik taʼminot boʻlinmalarini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish uchun, favqulodda vaziyatlar roʻy bergan yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervga oʻtkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Harbiy yigʻilishlarda qatnashish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar rezervda boʻlish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari rejalari boʻyicha harbiy yigʻinlarga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga moʻljallangan harbiy yigʻinlarning muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun oʻttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun oʻn besh sutkaga qadar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yigʻinlarga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi taʼminot oladilar. Harbiy yigʻinlar davrida, shu jumladan ular oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi (lavozimi) va ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qogʻozi olingan kundan harbiy yigʻinlardan qaytilgunga qadar boʻlgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
(32-moddaning toʻrtinchi – beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yigʻinlar vaqtida kasal boʻlib qolsa va harbiy yigʻinlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yigʻinlar tugagan kundan boshlab ish haqi oʻrniga qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yigʻinlar oʻtkaziladigan joyga temir yoʻl va avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan xatlarni bepul yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan taʼminlanish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sogʻligʻi davlat tomonidan majburiy sugʻurtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qaroriga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarni oʻtkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy xizmatga majburlar soni qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.05.00 Harbiy yigʻinlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qoʻyilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarda qatnashishdan ozod etiladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-mashq harbiy yigʻinlarida qatnashgan va taʼlim dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar rezervdagi podpolkovniklikka qadar boʻlgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Harbiy xizmatni oʻtamagan harbiy xizmatga majburlar
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari.;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.10.00 Harbiy guvohnoma. Harbiy xizmatni oʻtashning boshqa masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga koʻra harbiy roʻyxatdan chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilgan harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni oʻtamagan ofitserlar, harbiy hisobdagi ixtisosligi boʻlgan ayollar, shuningdek muqobil xizmatni oʻtagan fuqarolar zaxiradagilar harbiy roʻyxatiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, zarurat boʻlgan taqdirda safarbarlik boʻyicha va Qurolli Kuchlarni kuchaytirish tadbir-choralariga favqulodda vaziyatlarda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda aholini muhofaza qilishga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlarning zaxirada boʻlish yoshi chegarasi ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Harbiy xizmatga majburlarni isteʼfoga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervda va zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga koʻra belgilangan tartibda urush davridagi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan isteʼfoga chiqarilib, harbiy roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv boʻyicha harbiy xizmat oʻrniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan alohida turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, harbiy roʻyxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolar, agar ular diniy taʼlimoti qurol-yarogʻdan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yoʻl qoʻymaydigan, roʻyxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatning muddati yigirma toʻrt oyni, oliy maʼlumotli fuqarolar uchun esa oʻn sakkiz oyni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Muqobil xizmatga chaqirilish, uni oʻtash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va oʻtkazish esa tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda oʻtaydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shugʻullanishi mumkin boʻlgan ishlar va kasblarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son “Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga (mashgʻulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asosda qurol-yarogʻdan foydalanish, ularni qoʻllanish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikli egallaydilar va Harbiy qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari tatbiq etiladi. Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotganda mehnat qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolar va halok boʻlgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro uni belgilangan joyda oʻtashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro ushbu xizmatdan boʻshatilganidan keyin ilgarigi ishiga yoki unga teng ishga (lavozimga), shuningdek chaqirilishga qadar oʻzi oʻqigan taʼlim muassasasiga qaytish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro oilaviy ahvoli oʻzgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga qonun hujjatlariga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqini beradigan boʻlsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdan muddatidan oldin boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. HARBIY ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Harbiy roʻyxatning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyxatdan oʻtishlari zarur. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatdan oʻtkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Roʻyxatga olish tizimining faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy tayyorgarlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan roʻyxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan ayollar harbiy roʻyxatga kiritiladi. Ular tuman, shahar mudofaa ishlari organlarining chaqiruviga binoan tibbiy koʻrikdan oʻtish va harbiy roʻyxat qoidalarini bajarish uchun hozir boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy roʻyxatga olish tartibi va uni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Harbiy roʻyxat turlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxati ularning turar joylari boʻyicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus roʻyxatga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy roʻyxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qoʻyilmagan harbiy xizmatga majburlar turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus harbiy roʻyxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qoʻyilgan harbiy xizmatga majburlar turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy roʻyxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki oʻqiydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan boʻshatilganidan keyin turar joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan koʻproq muddatga oʻzgargan, uch oydan koʻproq muddatga xizmat safariga, oʻqish, taʼtil yoki davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy roʻyxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organi boshligʻining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan hollarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyxatdan chiqish va harbiy roʻyxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan joʻnab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga topshirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilar harbiy roʻyxatidan chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy roʻyxatdan quyidagilar chiqarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy roʻyxatdan chiqarilgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) rezervda yoki zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) chet elga doimiy yashash uchun joʻnab ketayotgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqarolar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33 va 36-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etish borasidagi majburiyatlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zimmasiga harbiy roʻyxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va taʼlim muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan harbiy roʻyxatda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari hamda ularning chaqiruv boʻyicha oʻz vaqtida hozir boʻlishlarini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarga pasportlar berishni, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy-hisob hujjatlarida ular harbiy roʻyxatga olinganligi yoki undan chiqarilganligi toʻgʻrisida mudofaa ishlari organlarining belgisi boʻlgan taqdirdagina ularni turar joylari boʻyicha qayd etish va roʻyxatdan chiqarishni amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlarni harbiy roʻyxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yigʻinlarga) chaqiruvini oʻtkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan harbiy roʻyxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam koʻrsatishlari va koʻmaklashishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirganligi toʻgʻrisida, fuqarolik holatini qayd etish hujjatlariga ularning tugʻilgan sanasi va joyiga oid oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti qayd etilgan hollar toʻgʻrisida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisida, sudlar esa chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga daxldor oʻzlari koʻrayotgan jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan hukmlar toʻgʻrisida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (shu jumladan shartli hukm qilingan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nogiron deb topilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida, ular qaysi guruh nogironi ekanligidan qatʼiy nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv oʻtkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari statsionar davolanish uchun qabul qilingan chaqirilish yoshidagi fuqarolar toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga uch kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joydan foydalanish organlari rahbarlari hamda uy egalari harbiy roʻyxatni yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli mudofaa ishlari organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi talabiga binoan uy daftarlari, qayd etish varaqalari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir harbiy-hisob va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari organlariga chaqirtirilganliklaridan xabardor etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, maʼlumoti, ish joyi va lavozimi oʻzgargan taqdirda oʻzlari harbiy roʻyxatda turgan joydagi organlarga bu haqda yetti kunlik muddat ichida shaxsan maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. SAFARBARLIK BOʻYICHA CHAQIRILISH TOʻGʻRISIDA VA HARBIY XIZMATDAN BOʻSHATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik eʼlon qilingan taqdirda bu vaqtda harbiy xizmatda va harbiy yigʻinlarda boʻlgan barcha fuqarolar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatni davom ettirib turadi, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatchilarning taʼtillari bekor qilinadi. Harbiy xizmatga majburlar oʻzlari qayd etilgan joydagi tuman (shahar) mudofaa ishlari organida, harbiy xizmatchilar esa xizmatni oʻtayotgan joyda hozir boʻlishi shart. Safarbarlik eʼlon qilinishi bilan tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining chaqirilish yoshidagi fuqarolarning chaqirilish muddatini kechiktirish va ularni chaqirilishdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlari bekor qilinadi. Chaqirilish muddatini kechiktirish hamda chaqirilishdan ozod etish bundan keyin faqat salomatligi holatiga koʻra va maxsus hisobda turganligiga qarab qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik eʼlon qilinganida va urush davrida harbiy xizmatga oʻn sakkiz yoshdan boshlab ushbu Qonunda belgilangan rezerv va zaxirada boʻlish yoshi chegarasiga qadar yoshdagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy roʻyxatda turmagan oʻn sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha boʻlgan ayollar (oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalari bor ayollar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish faqat mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan taʼminlash
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida toʻla hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan boʻshatish nafaqasi va foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab turgan turar joy maydoni saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan taʼminlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Safarbarlikdan boʻshatish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlikdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni safarbarlikdan boʻshatish bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berish hollariga moʻljallangan harbiy tayyorgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etiladi va ularning ish, oʻqish yoki turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki oʻqishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur oʻquv-moddiy bazasini yaratadilar, harbiy tayyorgarlik rahbarlarini tanlash va tayyorlashni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan ozod etiladigan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning harbiy xizmatga chaqirilishi hamda chaqirilganlarning harbiy qismlarga joʻnatilishini amalga oshirish uchun mudofaa ishlari organlarini uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yigʻin) punktlari, dori vositalari, tibbiyot va xoʻjalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan taʼminlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini taʼminlashlari shart.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush davrida oʻtkaziladigan safarbarlik rejalari toʻliq va sifatli bajarilishi uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan tinchlik davrida mudofaa ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish va harbiy xizmatga majburlarni hamda texnikani yigʻish uchastkalarini tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy tarkibini harbiy xizmatga majburlar bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda toʻldiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsmirlarni chaqiruv uchastkasida qayd etish mudofaa ishlari organlari huzuridagi chaqiruv komissiyalari va tibbiy komissiyalar aʼzolarining, chaqiruv uchastkalari va yigʻin punktlarida ishlovchi vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va oʻrtacha ish haqi ular belgilangan vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining taʼminoti xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar, ularning turar joyidan ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlari mudofaa ishlari organlarining taqdimiga koʻra tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan normalar asosida kundalik xarajatlari puli toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan boʻyin tovlagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining, shuningdek mulk shaklidan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari, fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.