ILOVA
T/r | Mezon | Indikator |
1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni ta’minlash yo‘nalishi | ||
1. | Ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi | Ta’lim dasturini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilmani (kafedrani, bo‘limni) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) tashkil etish hamda uni moddiy-texnik baza va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq rejalar mavjud* |
Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari ta’lim dasturini samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan va ta’lim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uyg‘un tarzda aniq belgilangan | ||
Tarkibiy tuzilma tomonidan ta’lim dasturini mehnat bozori talablariga va texnologik o‘zgarishlarga muvofiq takomillashtirish mexanizmlari mavjud | ||
Ta’lim dasturini samarali amalga oshirishi uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan ta’minlanib boriladi hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari mavjud** | ||
Tarkibiy tuzilma tomonidan ta’lim dasturining mehnat bozori talablariga muvofiqligi va natijadorligi ko‘rib chiqilib, tahliliy ma’lumotlar tayyorlab boriladi** | ||
Tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida tarkibiy tuzilma tomonidan chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, amalga oshiriladi hamda ijrosi nazorat qilinadi** | ||
2. | Ta’lim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 3 yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi | Istiqbolli reja ishlab chiqilgan va kasbiy ta’lim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) bilan mos |
Istiqbolli rejada ta’lim dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, infratuzilma, axborot texnologiyalari, inson resurslari, moliyaviy manbalar va ish beruvchilar bilan hamkorlik masalalari aks ettirilgan hamda ushbu rejadagi vazifalarni bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilgan | ||
Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi xavf tahlili mavjud hamda ushbu xavflarni bartaraf etish bo‘yicha muqobil choralar belgilangan | ||
Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarning bajarilishini monitoring va tahlil mexanizmlari ishlab chiqilib, monitoring va tahlil natijalarida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish choralari ko‘rib boriladi** | ||
3. | Ta’lim dasturi doirasida sifatni ichki ta’minlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki ta’minlangani | Ta’lim dasturini monitoring va tahlil qilish bo‘yicha sifatni ichki ta’minlash bo‘linmasi tashkil etilgan yoki mas’ul xodim(lar) ajratilgan |
Ta’lim dasturini ichki baholash tartibi ishlab chiqilgan hamda pedagogik (metodik) kengash va ish beruvchilar muhokamasidan o‘tkazilgan holda tasdiqlangan | ||
Pedagoglar, ish beruvchilar, o‘quvchilar, shuningdek ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) takliflari hamda fikr-mulohazalari asosida ta’lim dasturi muntazam takomillashtiriladi hamda sifatni ichki ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirib boriladi** | ||
Ta’lim dasturini takomillashtirish va sifatni ichki ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring va tahlil ishlari amalga oshirilib, ta’lim dasturi takomillashtirilib boriladi** | ||
Ta’lim dasturini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlar kasbiy ta’lim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq e’lon qilib boriladi** | ||
4. | Mehnat bozori va ta’lim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning so‘nggi tendensiyalarini aniqlash bo‘yicha monitoring tizimining mavjudligi | Mehnat bozori va ta’lim ehtiyojlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tendensiyalarini o‘rganish uchun monitoring o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
Monitoring jarayonida pedagoglar, ish beruvchilar va soha mutaxassislarining ishtiroki ta’minlanib, mehnat bozori va ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar muntazam yig‘iladi, tahlil qilinadi va baholanadi** | ||
Monitoring natijalari asosida ta’lim dasturini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan muammo va kamchiliklar aniqlanadi hamda ta’lim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlariga (mavzu(lar)iga va mazmuniga) tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi** | ||
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi yangiliklar va mehnat bozori talablari asosida doimiy yangilanuvchi ma’lumotlar bazasi yaratib boriladi** | ||
Mehnat bozori va ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar pedagoglar, ish beruvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va soha mutaxassislari uchun ochiq tarzda e’lon qilib boriladi** | ||
5. | Amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilgani va uning natijalari asosida ta’lim dasturlarining takomillashtirilgani | Amaldagi ta’lim dasturini baholash va takomillashtirish bo‘yicha so‘rovnoma, intervyu va fokus-guruhlar (bundan buyon matnda so‘rovnoma deb yuritiladi), ularning mavzulari, savollar (masalalar) ro‘yxati, so‘rovnomani o‘tkazish muddatlari hamda mas’ul ijrochilar belgilab boriladi** |
O‘tkaziladigan so‘rovnomalar to‘g‘risida o‘quvchilar muntazam xabardor qilinadi hamda tizimli ravishda ularning ishtirokini ta’minlash choralari ko‘riladi** | ||
So‘rovnoma jarayonlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etiladi** | ||
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mas’ul ijrochilar tomonidan tahlil qilinib, o‘quvchilarning ta’lim dasturini takomillashtirishga oid taklif va fikr-mulohazalari muntazam yig‘iladi** | ||
So‘rovnoma natijalari bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlanib, pedagogik (metodik) kengashga taqdim etib boriladi** | ||
Tayyorlangan tahliliy hisobot asosida ta’lim dasturini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi va ta’lim dasturiga zarur o‘zgartirishlar kiritib boriladi** | ||
So‘rovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar kasbiy ta’lim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq e’lon qilib boriladi** | ||
2-bob. Ta’lim dasturlari yo‘nalishi | ||
6. | Manfaatdor tomonlar ishtirokida ta’lim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda ta’lim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat ta’lim standarti (bundan buyon matnda DTS deb yuritiladi) va milliy malakalar ramkasi (bundan buyon matnda MMR deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi | Ta’lim dasturini ishlab chiqish tartibi mavjud, shu jumladan ta’lim dasturining maqsadi, kompetensiyalari hamda kutilgan o‘quv natijalari belgilangan hamda ta’lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha pedagoglar, soha mutaxassislari va ish beruvchilardan iborat ishchi guruh tashkil etilgan* |
Ta’lim dasturining mazmuni DTS, MMR, kasbiy standart(lar) (yoki malaka talablari) hamda mehnat bozori talablariga mosligi bo‘yicha tahlil qilingan | ||
Tahlil natijalari asosida ta’lim dasturining kutilgan o‘quv natijalari va maqsadlari aniqlashtirilgan, kamchiliklar yuzasidan xulosalar tayyorlangan | ||
Ta’lim dasturi ish beruvchilar va pedagoglar ishtirokida muhokama qilingan hamda ularning taklif va tavsiyalari asosida ta’lim dasturiga o‘zgartirishlar kiritilgan | ||
Ta’lim dasturi DTS, MMR va kasbiy standart(lar)ga (yoki malaka talablari) muvofiq ta’lim dasturi yakunida beriladigan kvalifikatsiya(lar) aniq belgilangan holda ishlab chiqilgan va ish beruvchilar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan | ||
7. | Ta’lim dasturining mazmuni va strukturasi nazariya hamda amaliyot bilan mutanosib ravishda uyg‘unlashtirilgani | Ta’lim dasturida belgilangan kutilgan o‘quv natijalari va kompetensiyalarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy qismlar belgilangan |
Ta’lim dasturida nazariya va amaliyot uchun ajratilgan kreditlar (soatlar) DTS hamda MMRdagi malaka darajasiga mos | ||
Kasb (mutaxassislik) xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim dasturida amaliyot mashg‘ulotlari (o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda laboratoriya mashg‘ulotlari) nazarda tutilgan va zarur kreditlar (soatlar) ajratilgan | ||
Nazariy va amaliy fanlar (modullar) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash uchun ish beruvchi korxonalar va amaliyot bazalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan | ||
Ta’lim dasturini baholash natijalariga muvofiq nazariy fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlari takomillashtirib boriladi hamda tizimli ravishda kreditlar (soatlar) qayta ko‘rib chiqiladi** | ||
8. | Ta’lim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangani | Ta’lim dasturining davomiyligi (umumiy kreditlar (soatlar), o‘qish muddati) ushbu dasturning maqsadlari va kutilgan o‘quv natijalariga muvofiq ravishda belgilangan* |
O‘quv rejadagi fanlarning (modullarning) ketma-ketligi va uzluksiz ta’lim tizimiga (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari hamda oliy ta’lim) muvofiqligi ta’minlangan | ||
Fanlarning (modullarning) o‘quv yuklamalari hamda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning ketma-ketligi davomiylik, uzluksizlik va kutilgan o‘quv natijalari talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan | ||
Fanlardagi (modullardagi) nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasida o‘zaro integratsiya ta’minlangan | ||
Ta’lim dasturini qayta ko‘rib chiqish jarayonida fanlardagi (modullardagi) nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘zaro uzviyligi va uzluksizligi doimiy tahlil qilinadi hamda takomillashtiriladi** | ||
9. | Amaldagi ta’lim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani | Ta’lim dasturining samaradorligini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan** |
Ta’lim dasturi bo‘yicha tizimli monitoring va tahlil jarayonlari amalga oshirib boriladi** | ||
Monitoring jarayonida ish beruvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, bitiruvchilar hamda soha mutaxassislarining ishtiroki tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi** | ||
Monitoring natijalari tahlil qilinib, ta’lim dasturining samaradorligi va kutilgan o‘quv natijalariga mosligi baholab boriladi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirib boriladi** | ||
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, ta’lim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlarining mazmuni hamda baholash tartibi va mezonlariga zarur o‘zgartirishlar kiritib boriladi** | ||
3-bob. O‘quv jarayonini tashkil etish va kutilgan o‘quv natijalarini baholash yo‘nalishi | ||
10. | Ishchi o‘quv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani | Ishchi o‘quv reja va fan (modul), amaliyot dasturlari namunaviy o‘quv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan |
DTS talablariga muvofiq ishchi o‘quv reja va dasturlar hududlardagi ish beruvchilar tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan* | ||
Ishchi o‘quv rejadagi o‘quv yuklamalarida nazariy va amaliy qismlar, shuningdek o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari o‘rtasida mutanosiblik ta’minlangan | ||
Ishchi o‘quv reja va dasturlar mehnat bozori, soha va mavsumiylik talablariga muvofiqlashtirilgan | ||
11. | O‘quv jarayonining ta’lim dasturida belgilangan kutilgan o‘quv natijalariga erishishga yo‘naltirilgani | O‘quv jarayoni ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat bozoridagi zamonaviy ehtiyojlar va sohaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtirilgan |
Ishchi o‘quv reja bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvali o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan** | ||
Ishchi o‘quv reja bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda fanlar (modullar), o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘zaro uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangan** | ||
O‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) foydalanib boriladi** | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha amaliyot bazalari mavjud* | ||
Kasbiy ta’lim tashkiloti tomonidan ta’lim dasturining kutilgan o‘quv natijalariga erishish ta’minlab boriladi hamda kutilgan o‘quv natijalariga erishish darajasi tahlil qilib boriladi** | ||
12. | O‘quv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani | O‘quv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibi ishlab chiqilgan |
O‘quv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibida belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) o‘quv jarayonini baholash va tahlil qilish amalga oshiriladi** | ||
O‘quv jarayonini baholash jarayoniga ish beruvchilar, o‘quvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va soha mutaxassislar muntazam jalb etiladi, ularning taklif va fikr-mulohazalari hujjatlashtirilgan holda tahlil qilib boriladi** | ||
Baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, ijro monitoringi yuritiladi hamda o‘quv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibida belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) o‘quv jarayoni takomillashtirib boriladi** | ||
13. | Amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani | Ta’lim dasturida belgilangan o‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalar, fanlar (modullar) va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni kutilgan o‘quv natijalariga erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan holda ilg‘or pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalari doimiy ravishda qo‘llaniladi** |
O‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalarning qamrovi, joriy etish tendensiyasi va murakkablik darajasi ta’lim dasturining darajasi, ta’lim shakli va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda belgilangan** | ||
Ilg‘or o‘qitish usullari va pedagogik texnologiyalar qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha monitoring va tahlil olib boriladi, monitoring va tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida pedagoglarning kasbiy salohiyati oshirib boriladi** | ||
Monitoring, tahlil va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish natijalari asosida pedagogik texnologiyalar doimiy ravishda yangilanadi hamda takomillashtiriladi** | ||
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi va ularning samaradorligi bo‘yicha yillik tahliliy hisobot tayyorlanadi va pedagogik (metodik) kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi** | ||
14. | Ta’lim dasturi doirasida o‘quvchilar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining o‘quv natijalariga muvofiqligi | Ta’lim dasturi doirasida o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari bo‘yicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) ishlab chiqilgan |
Baholash tartibi o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘quvchilarga ma’lum qilib boriladi** | ||
Baholash jarayonlariga pedagoglar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek kuzatuvchi sifatida ota-onalar, bitiruvchilar va (yoki) jamoatchilik vakillari jalb etib boriladi** | ||
Ta’lim dasturi doirasida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik ta’minlangan** | ||
Baholash natijalari raqamli platformalar, o‘quvchilarning amaliyot kundaligi, yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli ravishda aks ettiriladi, yuritiladi hamda saqlanadi** | ||
Baholash jarayonining ta’lim dasturiga mosligi tizimli va muntazam monitoring qilinadi, tahlil yuritiladi hamda monitoring va tahlil natijalari o‘quvchilar va ota-onalarga taqdim etiladi** | ||
15. | O‘quvchilarning baholash natijalari bo‘yicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi | O‘quvchilarning baholash natijalari yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari va shikoyatlarini yig‘ish, ko‘rib chiqish va tahlil qilish bo‘yicha tartib ishlab chiqilgan hamda mas’ul ijrochilar belgilangan |
Ishlab chiqilgan tartibda shikoyat berish shakllari, muddatlari, ularni ko‘rib chiqish tartibi va qaror qabul qilish mexanizmi aniq belgilangan | ||
Takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali qabul qilinadi hamda ularni ko‘rib chiqish jarayoni ochiqlik, hisobdorlik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi** | ||
Baholash jarayoni va natijalari bo‘yicha o‘quvchilarning shikoyatlari kasbiy ta’lim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Tahlil natijalari bo‘yicha hisobotlar muntazam tayyorlanadi va baholash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek baholash tartibi va mezonlariga zarur o‘zgartirishlar kiritib boriladi** | ||
4-bob. O‘quvchilar faoliyati yo‘nalishi | ||
16. | Ta’lim dasturi bo‘yicha qabul talablari aniq belgilangani, o‘qishga qabul qilish shaffof tarzda yo‘lga qo‘yilgani | Ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan va hujjatlashtirilgan bo‘lib, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qabul jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlarning ochiqligi ta’minlangan** |
Ta’lim dasturi bo‘yicha qabul talablarini belgilashda hududning mehnat bozori, (maktab) bitiruvchilar va tegishli hududdagi ishsizlar haqida ma’lumotlar mavjud | ||
Qabul va apellyatsiya komissiyalari tarkibi tasdiqlangan, qabul jarayonida shaffoflikni ta’minlovchi vositalar qo‘llanilgan va maxsus xonalar tashkil etilgan (onlayn ro‘yxatdan o‘tish, ochiq tanlov komissiyalari va boshqalar) | ||
Qabul jarayonida adolat va tenglik tamoyillari ta’minlanadi, qabul qilingan abituriyentlar ro‘yxatlari ochiq hamda jamoatchilikka ma’lum qilib boriladi** | ||
Qabul jarayoniga oid ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi mavjud | ||
17. | Qabul parametrlarining ta’lim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi | Ta’lim dasturi bo‘yicha qabul parametr(lar)i kasbiy ta’lim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, auditoriya, laboratoriya, amaliyot bazalari va DTSlarga mos ravishda belgilangan |
Ta’lim dasturi bo‘yicha qabul parametr(lar)i tegishli hududning mehnat bozori, kasbiy ta’lim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi), pedagoglarning soni va tarkibi, ularning ish (o‘quv) yuklamasi bilan uyg‘unlashtirilgan | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha qabul parametr(lar)ining bajarilish holati bo‘yicha har yili tahlillar amalga oshiriladi, tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur o‘zgartirishlar kiritib boriladi** | ||
18. | O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, kursdan-kursga o‘tkazish (qoldirish), o‘qishdan chetlashtirish va o‘qishni qayta tiklash (bundan buyon matnda o‘quvchilar harakati deb yuritiladi) tartibining belgilangani | O‘quvchilar harakati kasbiy ta’lim tashkilotiga o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar harakatini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul komissiya (yoki ishchi guruh) tashkil etilgan** |
O‘quvchilar harakati bo‘yicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda to‘g‘ri rasmiylashtiriladi hamda ularning hisoboti va monitoringi muntazam yuritiladi** | ||
O‘quvchilar harakati bo‘yicha o‘quvchilarning huquqlari ta’minlanadi hamda o‘quvchilar va ularning ota-onalari jarayonlar to‘g‘risida xabardor qilinadi, barcha o‘zgarishlar ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (EMIS PT) o‘z vaqtida va to‘liq aks ettiriladi** | ||
O‘quvchilar harakati bo‘yicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni ko‘rib chiqilishi tartibi belgilangan** | ||
19. | Norasmiy va orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish tartibining belgilangani | Norasmiy va orttirilgan (informal) ko‘nikma hamda malakalarni tan olish yo‘lga qo‘yilgan |
Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari bilan hamkorlikda norasmiy va orttirilgan (informal) ko‘nikma hamda malakalarni tan olish bo‘yicha hamkorlik ishlari tashkil etilgan | ||
Norasmiy va orttirilgan (informal) ko‘nikma hamda malakalarni baholash jarayonida kasbiy ta’lim tashkilotining pedagoglari ishtirokini ta’minlash choralari ko‘rilgan | ||
Talabgorning norasmiy va orttirilgan (informal) ko‘nikmalari hamda malakalarini tan olishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilgan | ||
20. | O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi | Ta’lim dasturi bo‘yicha o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan akademik, psixologik, ijtimoiy va kasbiy yo‘nalish bo‘yicha maslahat berish tizimi rejalashtirilgan |
O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va maslahat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq (veb-sayt, bukletlar, stendlar va boshqalar orqali) yoritilgan | ||
O‘quvchilar o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng ularni ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari, ta’lim-tarbiya muhiti va ta’lim dasturi bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli tashkil etiladi** | ||
Kasbiy ta’lim tashkilotining karera markazi tomonidan maslahatlar, bitiruvchilar bandligi va ishga joylashish bo‘yicha doimiy ravishda metodik va axborot ko‘magi ko‘rsatiladi** | ||
O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va maslahat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tizimli ravishda yig‘iladi, tahlil qilinadi, xizmatlardan qoniqish darajasi o‘rganiladi hamda maslahat tizimi samaradorligi takomillashtiriladi** | ||
5-bob. Inson resurslari yo‘nalishi | ||
21. | Ta’lim dasturi uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv va o‘quv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi | Boshqaruv xodimlarining ta’lim sohasida ish tajribasi va strategik rejasi mavjud |
Boshqaruv xodimlarining belgilangan muddatda malaka oshirish kurslarida ishtiroki tashkillashtirilib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishi ta’minlab boriladi** | ||
Pedagog kadrlarning soni ular dars berayotgan fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlariga mos ravishda ta’minlangan | ||
O‘quv-yordamchi xodimlar sonini ta’lim dasturini samarali tashkil etish uchun mos darajada ta’minlash choralari ko‘rilgan | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj (bo‘sh ish o‘rinlari) to‘g‘risida oliy ta’lim tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bo‘linmalariga chiqarilgan murojaatlar mavjud** | ||
22. | Amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan ta’minlangani | Amaldagi ta’lim dasturi bo‘yicha fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlari pedagoglar bilan ta’minlangan hamda ushbu pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasi ta’lim yo‘nalishiga mos keladi** |
Ta’lim dasturi bo‘yicha oliy ma’lumotli o‘qituvchilar va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari mavjud** | ||
Ta’lim dasturiga muvofiq pedagog kadrlarning soni o‘quv yuklamasi asosida shakllantirilgan** | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha dars berayotgan nomutaxassis (nopedagog) xodimlar qayta tayyorlashdan o‘tkazib boriladi** | ||
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi mavjud hamda pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazib boriladi** | ||
Kadrlar ta’minoti va sifat tarkibini oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar (tanlov, trening, stajirovka va boshqalar) amalga oshirib boriladi** | ||
23. | Yangi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq rejaning mavjudligi | Yangi ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilingan va pedagog kadrlar bilan ta’minlash rejasi ishlab chiqilgan* |
Yangi ta’lim dasturi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborish choralari ko‘rilgan | ||
Pedagog kadrlar bilan ta’minlash rejasida ta’lim tashkilotlarining ilmiy daraja yoki amaliy tajribaga ega bo‘lgan pedagog kadrlarini dars mashg‘ulotlariga jalb qilish nazarda tutilgan | ||
Yangi ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlash rejasining ijrosini kuzatish, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi nazorat mexanizmi ishlab chiqilgan | ||
24. | Kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimining mavjudligi | Pedagog kadrlarning malaka oshirish kurslariga ishtirok etishi, ish beruvchi korxona va tashkilotlarda stajirovka o‘tashi bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan |
Pedagog kadrlarni kasbiy ta’lim tashkilotining kasbiy rivojlantirish tizimiga muvofiq ilmiy-amaliy konferensiya, vebinarlar, seminar-treninglar va forumlarga yuborish (ishtirokini ta’minlash, tashkil etish) choralari ko‘rilgan | ||
Pedagog kadrlar malaka oshirish va stajirovka kurslariga ishtirok etishi grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi** | ||
Ijobiy natijalarga erishgan pedagoglarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda kasbiy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirib boriladi** | ||
Moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish jarayonlarida shaffoflik hamda adolat tamoyillariga doimiy amal qilinadi** | ||
Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘rib boriladi hamda ushbu choralarning samaradorligi bo‘yicha tahliliy hisobotlar muntazam yuritiladi** | ||
6-bob. Moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishi | ||
25. | Ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qo‘llanma (ko‘rsatma)lar bilan ta’minlangani | Ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha infratuzilma, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar mavjud hamda ular ta’lim dasturining talablariga muvofiq |
Ta’lim dasturi bo‘yicha jihozlar va texnikalar soni o‘quvchilar kontingentidan (guruh hajmidan) kelib chiqqan holda ta’minlangan** | ||
Asbob-uskunalar texnik pasportlarga ega va texnik ko‘rikdan o‘tkazib boriladi hamda texnik xizmat ko‘rsatilganlik (ta’mirlash, profilaktika) ishlari hujjatlashtirilgan** | ||
Ta’lim dasturi va o‘quvchilar soniga mos ravishda amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur xomashyo va (yoki) yonilg‘i-moylash materiallari miqdori (hajmi) shakllantirilgan hamda zaxira qilingan** | ||
Xomashyo va (yoki) yonilg‘i-moylash materiallaridan foydalanish hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi mavjud va ular yuritib (hujjatlashtirib) boriladi** | ||
Jihoz va asbob-uskunalardan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar, yo‘riqli texnologik xaritalar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar (xavfsizlik yo‘riqnomalari, instruksiyalar) mavjud | ||
26. | Fanlar kesimida o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, elektron ta’lim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq ta’minlangani | Ta’lim dasturidagi fan (modul) va amaliyot mashg‘ulotlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va elektron ta’lim resurslari mavjud |
Ta’lim dasturidagi fan (modul) va amaliyot mashg‘ulotlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va elektron ta’lim resurslari soni o‘quvchilar kontingentiga nisbatan mos ravishda ta’minlangan | ||
Fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va elektron ta’lim resurslari doimiy ravishda ishlab chiqiladi hamda foydalanish uchun ochiqligi ta’minlab boriladi** | ||
O‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalar yangilab boriladi hamda ularni fanning (modulning) mazmuni va o‘quv amaliyotiga moslashtirish mexanizmi joriy etib boriladi** | ||
Ta’lim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlari mazmuniga mos zamonaviy (xorijiy) adabiyotlardan va qo‘shimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratilgan | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar doimiy ravishda yangilanib, fanlar (modullar) va amaliyot mashg‘ulotlarining so‘nggi talablariga mos holda takomillashtirib boriladi** | ||
27. | O‘quv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, ta’lim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani | O‘quvchilar sonidan kelib chiqib, ta’lim dasturi bo‘yicha o‘quv xonalari va jihozlar bilan ta’minlangan* |
O‘quv, laboratoriya xonalari va ustaxonalar (poligonlar) AKT vositalari va qurilmalari bilan ta’minlangan | ||
O‘quv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda zarur o‘rindiqlar va ish joylari mavjud | ||
O‘quv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) xavfsizlik qoidalari, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari va xavfsizlik jurnallari mavjud hamda evakuatsiya yo‘llari (sxemalari) belgilangan | ||
Ustaxonalar (poligonlar) ta’lim dasturiga mos jihozlar, asbob-uskunalar va texnikalar bilan ta’minlangan hamda ushbu jihozlar, asbob-uskunalar va texnikalar doimiy ishchi holatda | ||
28. | Inklyuziv ta’lim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus o‘quv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani | Kasbiy ta’lim tashkilotining binolari va o‘quv xonalari, shu jumladan yo‘laklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi bo‘lgan shaxslar (o‘quvchilar) uchun moslashtirilgan |
Ta’lim dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, ko‘rgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud | ||
Inklyuziv ta’lim uchun AKT, elektron ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr va boshqalar) yaratilgan | ||
Inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha tayyorlangan va zarur ko‘nikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud | ||
Ta’lim jarayonida inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam ko‘rsatish tizimi mavjud** | ||
Inklyuziv ta’lim sharoitlarining amalda qo‘llanishi va samaradorligi bo‘yicha monitoring olib boriladi** | ||
29. | Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) ta’lim dasturlariga mos o‘quv adabiyotlari, kompyuterlar bilan ta’minlangani, o‘quv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi | ARMda ta’lim dasturiga mos darslik, o‘quv va badiiy adabiyotlar mavjud* |
ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quvchilarga doimiy ravishda tushuntirishlar beriladi** | ||
ARM o‘quv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari yaratilgan | ||
Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida ta’lim dasturi bo‘yicha darsliklar, o‘quv adabiyotlar, o‘qitish materiallari to‘plami, elektron ta’lim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan | ||
ARM va elektron ta’lim resurslaridan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron ma’lumotlar bazasiga erkin kirish ta’minlangan hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritib boriladi** | ||
ARM faoliyati natijalari pedagogik (metodik) kengashda muntazam muhokama qilinadi, shuningdek ARM faoliyatini takomillashtirish hamda zarur o‘quv-uslubiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari shakllantiriladi va hisobot yuritib boriladi** | ||
Kutubxona fondi muntazam yangilanib boriladi** | ||
30. | Raqamli ta’lim muhiti yaratilgani (LMS, Wi-Fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy ta’lim imkoniyatlari) | Ta’lim dasturi bo‘yicha o‘quvchilar va pedagoglar uchun barqaror internet ulanishi, Wi-Fi zonalari va raqamli qurilmalardan (kompyuter sinfi, VR tizimlar, planshetlar va boshqalar) foydalanish imkoniyati yaratilgan |
Ta’lim dasturi bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini boshqarish bo‘yicha alohida mas’ul xodim(lar) (administrator) mavjud | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha onlayn kurslar, video darslar, onlayn testlar va boshqa raqamli kontentlar mavjud hamda ular amalda qo‘llanib boriladi** | ||
Vebinar va onlayn mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur texnik hamda metodik sharoitlar yaratilgan, vebinarlar va onlayn seminarlar muntazam tashkil etiladi** | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha masofaviy ta’limda ishtirok etayotgan pedagoglar va o‘quvchilar soni hisobga olinib, ularning ishtiroki yuzasidan monitoring olib boriladi** | ||
LMS (learning management system) va (yoki) ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS PT), raqamli platformalardan foydalanish bo‘yicha pedagoglar va o‘quvchilar uchun o‘quv-seminarlar (treninglar, vebinarlar) tashkil etib boriladi** | ||
LMS va (yoki) ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS PT) orqali ta’lim jarayonini tashkil etish, baholash va monitoring qilish imkoniyati mavjud | ||
31. | Ta’lim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi | Ta’lim dasturi bo‘yicha mavjud guruh(lar) o‘quvchilar soniga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud bo‘lib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan hamda bufetda (oshxonada) sog‘lom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yo‘lga qo‘yilgan |
Ta’lim dasturi doirasida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda dam olish uchun o‘rindiqlar (ayvonlar) va soya joylar mavjud | ||
Ta’lim dasturi doirasida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sog‘lomlashtirish inshootlari mavjud | ||
Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sog‘lomlashtirish inshootlari faoliyat ko‘rsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlanadi va yangilanib boriladi** | ||
Ta’lim dasturi bo‘yicha jihozlangan faollar zali mavjud** | ||
Binolar (inshootlar) xavfsizlik talablariga javob beradi** | ||
Infratuzilmadan foydalanish holati va samaradorligi baholanib, binolarning (inshootlarning) texnik holati bo‘yicha yillik monitoring va hisobot yuritib boriladi** | ||