Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrda qabul qilingan 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1184-modda; 2025-yil, № 6, 826-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-noyabr,
1439-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 17-noyabr,
KQ-266-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Milliy mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish quyidagi nominatsiyalar asosida tashkil etiladi:
1) “Fuqarolarning huquq va erkinliklari faoli;
2) “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash faoli”;
3) “Tashabbuskor ekologiya faoli”;
4) “Ijtimoiy himoya faoli”;
5) “Xotin-qizlar boʻyicha ijtimoiy faol”.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Milliy mukofot bilan taqdirlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga hissa qoʻshganligi;
yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, taʼlim, bandlik, tadbirkorlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya borasida fidokorona faoliyat koʻrsatganligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, aholida ekologik madaniyatni oshirish borasida, xususan chiqindilarni qayta ishlash, suv va havo tozaligi, daraxt ekish aksiyalari, “yashil iqtisodiyot”, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yoki ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish borasida ilmiy-amaliy ishlar qilganligi, innovatsion yechimlar va texnologiyalar yaratganligi;
aholining ehtiyojmand qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni, yetim va kam taʼminlangan bolalarni, keksalarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa shaxslarni qoʻllab-quvvatlash va ularning hayot sifatini oshirish borasida fidokorona mehnat qilayotganligi, shu bilan birga xayriya ishlarini, volontyorlik faoliyatini amalga oshirganligi yoki saxovat koʻrsatganligi;
jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini, oʻrni va nufuzini oshirish, oila va jamiyat barqarorligini mustahkamlash borasida mahalla, tuman (shahar), viloyat yoki respublika miqyosida yuksak hissa qoʻshib kelayotganligi”.
3. 10-bandning birinchi xatboshisi “hujjatlarni ilova qilgan holda” degan soʻzlardan keyin “ngo.gov.uz elektron tizimi orqali” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ovoz berish natijalariga koʻra har bir nominatsiya boʻyicha uch nafar nomzod ichidan eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod Milliy mukofot sovrindoriga aylanadi”.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Milliy mukofot sovrindorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining tegishli qarori asosida taqdirlanadi hamda ularga mazkur jamoat fondi mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti, Milliy mukofot maxsus statuetkasi va sertifikati topshiriladi”.
7. Ilovaning:
“6-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||||
6-bosqich | Ishchi organ | Sovrindorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tegishli qarori asosida taqdirlanadi. | Milliy mukofot taqdim etiladigan yil dekabr oyining birinchi haftasida | |||
”; |
“7-bosqich” pozitsiyasi chiqarib tashlansin.