Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025 22.11.1993 yildagi PF-690-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY QISMINING JANGOVAR BAYROGʻI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari uchun harbiy sharaf, shon-shavkat va shuhrat ramzi — harbiy qism Jangovar Bayrogʻining yagona nusxasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining jangovar Bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizom va uning tasviri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
690-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 1993-yil 22-noyabrdagi
690-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar Bayrogʻi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar Bayrogʻi harbiy sharaf, shon-shavkat va shuhrat ramzidir. U Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining har bir harbiy xizmatchisiga oʻzining Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, uni mardlik va mahorat bilan himoya qilish, jonajon tuproqning har bir qarichini oʻz qoni va hayotini ham ayamay matonat bilan mudofaa qilish toʻgʻrisidagi muqaddas burchini eslatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jangovar Bayroq harbiy qismga u tuzilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Mudofaa vazirligining vakillari tomonidan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jangovar Bayroq qismning nomi va raqami oʻzgarishidan qatʼi nazar, hamma vaqt harbiy qismda saqlanadi. Harbiy qismning nomi va raqamidagi oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jangovar Bayroqni topshirish chogʻida beriladigan Yorligʻiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jangovar Bayroq hamisha oʻz harbiy qismida, jang maydonida esa qismning jangovar harakatlari hududida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qismning butun shaxsiy tarkibi jangovar Bayroqni jangda fidokorona va mardonavor himoya qilishi hamda uning dushman qoʻliga tushib qolishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jangovar Bayroq yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda harbiy qism komandiri va bunday sharmandalikda bevosita aybdor boʻlgan harbiy xizmatchilar harbiy sud oldida javobgar boʻladilar, harbiy qism esa tarqatib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismi Jangovar Bayrogʻining tasviri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar Bayrogʻi ikki tomonlama matodan, dastadan va shokilali chiyratma bogʻichdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismi Jangovar Bayrogʻining asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqning matosi toʻgʻri toʻrtburchakli boʻlib, uzunasiga 145 sm eniga 92 sm. bayroq uzunasi boʻylab toʻq havorang, oq va toʻq yashil rangli ikkiga buklangan uch xil yoʻlli shoyidan tayyorlangan va uchala chetiga tillarang ipak gajim tikilgan. Gajimning uzunligi 5 sm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqdagi havorang, oq va yashil yoʻllarning eni bir xil boʻlib har biri 30 sm. matoning oʻrtasidagi oq yoʻlning ikki chekkasi boʻylab eni 1 sm. boʻlgan qizil hoshiya oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matoning yuqoridagi havorang qismining old va orqa tomonlarida bayroq dastasi yonida yarim oy va besh qirrali oʻn ikkita yulduz oq ipak bilan tikilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarim oy va yulduzlar bayroqning havorang yoʻli boʻylab 45 x 20 sm. hajmdagi toʻgʻri toʻrtburchakni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarim oq bayroq dastasidan 10 sm. beriroqda 20 sm. diametrli doirada tik joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yulduzlar 4 sm. diametrli doirani tashkil etadi. Doiralar oraligʻi 2 sm. yulduzlar quyidagi tartibda: uchta yulduz yuqori qatorda, toʻrttasi oʻrta va beshtasi quyi qatorda tik va uzunasiga joylashadi. Yulduzlarning quyi qatori yarim oyning quyi chekkasidan 2 sm. oraliqda joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mato oʻng tomonining oq yoʻlida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI” degan soʻzlar tillarang ipak bilan tikilgan. Yozuv harflarining boʻyi 7,5 sm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matoning orqa tomonidagi oq yoʻlda harbiy qismning raqami va nomi tillarang ipak bilan tikilgan. Raqamlarning boʻyi 10 sm; harflarning boʻyi 7,5 sm. harbiy qism nomidagi soʻzlarning soniga qarab raqam boʻyi 6 sm. gacha, harflarning boʻyi 4,5 sm. gacha qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroq dastasi 4 sm. diametrdagi va uzunligi 2,5 m. boʻlgan yogʻochdan ishlangan. Dasta toʻq jigarrangga boʻyalib, yaltiratilgan va quyi qismiga metall halqa, yuqori qismiga esa nikerlangan shakldor poynak qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqning bogʻichi tillarang chiylatma ipakdan tayyorlangan boʻlib, ikki uchida shokilasi bor. Bogʻichning uzunligi 270—285 sm.