OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-8]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-son “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) 1 — 4, 6, 7 va 9-ilovalari 1 — 7-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-oktabr,
2025-20-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2025-yil 7-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 10/25/3221-8/1096-son)