12.08.2025 yildagi PQ-247-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsad va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini ragʻbatlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maʼmuriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha boʻlgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish, naqdsiz toʻlovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining 2030-yil 31-dekabrga qadar toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari (keyingi oʻrinlarda — raqamli platformalar) orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda koʻrsatish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) barcha zarur xizmatlarni qamrab oluvchi raqamli platformalarni yaratish, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) soliqlarni avtomatik ravishda hisoblash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida deklaratsiyalarni avtomatik ravishda toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) operatsiyalarni real vaqt rejimida fiskallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bank hisobvaraqlarini ochish, ulanish va boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) tovar va xizmatlar realizatsiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar, jumladan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) soliq va boshqa hisobotlarni avtomatik ravishda shakllantirish va yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi bilan hisob-kitoblarda raqamli platformalar orqali fiskal cheklarni shakllantirish va berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, maxsus huquqiy rejim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab raqamli platformalar orqali masofaviy biometriya vositasi yordamida identifikatsiya qilish va mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborish yoʻli bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) shartnomalar, toʻlov boʻyicha farmoyishlar, elektron hisobvaraq-fakturalar va qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini (bajarilgan ishlar toʻgʻrisida) raqamli platformalarda masofaviy biometriya vositasi orqali identifikatsiya qilish va SMS-xabar orqali tasdiqlash usuli yordamida elektron raqamli imzodan foydalanmasdan imzolashga ruxsat etiladi hamda bunday tarzda imzolangan hujjatlar qogʻoz nusxadagi hujjatlar bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqamli platformalarda elektron hujjat aylanishi boʻyicha toʻliq xizmatlar spektri koʻrsatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga olgan toʻliq moliyaviy va toʻlov operatsiyalari sikli amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) elektron hamyonlar ochish va ularga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) naqd va naqdsiz pul mablagʻlarini qabul qilish, qayta ishlash va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun toʻlov rekvizitlari va matritsali shtrix-kodlarni (QR kodlar) generatsiya qilish hamda toʻlovlarni kontaktsiz “tap to pay” texnologiyasi orqali qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) integratsiyalashgan bank va toʻlov xizmatlari orqali mablagʻlarni kirim qilish, oʻtkazish va chiqim qilish, pul oqimlarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun raqamli platformalarda ochilgan elektron hamyon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va daromadlarni qabul qilish, xodimlar, kontragentlar va davlat organlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun moʻljallangan bankda ochilgan hisobvaraqqa tenglashtiriladi. Bunda elektron hamyonga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun bank hisobvaraqlarini ochish ixtiyoriy etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) raqamli platformalar soliq organlari axborot tizimlariga toʻliq integratsiya qilingan boʻlishi va ularni yaratgan toʻlov tashkilotlari maxsus soliq rejimlari foydalanuvchilari va Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari hisoblanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat munosabatlarining moslashuvchanligini oshirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi xodimlarning mehnati uchun kunlik toʻlov (“shu kunning oʻzida”) mexanizmi tajriba tariqasida joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu mexanizmni qoʻllash uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xodim bilan elektron mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xodim raqamli platformalarda elektron hamyonga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlashni oʻz ichiga olgan soliq intizomiga qatʼiy rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mexanizm ixtiyoriy asosda joriy etiladi va ish beruvchini maxsus huquqiy rejim doirasidan tashqaridagi mehnat qonunchiligining boshqa qoidalariga rioya etishdan ozod etmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqamli platforma operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xodimlarga “shu kunning oʻzida” mexanizmi boʻyicha ish haqi toʻlash uchun toʻlov vositalarini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mexanizmning samarali ishlashi uchun davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida teng sharoitlarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) quyidagilar bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million soʻmdan oshmagan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maxsus huquqiy rejim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) jismoniy shaxslarga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda mahsulot va xizmatlarning yiriklashtirilgan guruh identifikatsiya kodlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq hisobotlari va boshqa maʼlumotlarining toʻgʻri shakllantirilishi hamda oʻz muddatida soliq organlariga taqdim etilishi va soliqlarning toʻlanishi yuzasidan javobgarlik toʻlov tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard soʻmdan oshganda yoki raqamli platformadan tashqari aylanmalari boʻyicha soliqlarni hisoblash va soliq hisobotlarini taqdim etishning Soliq kodeksida belgilangan amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda maxsus huquqiy rejim doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotning soddalashtirilgan shaklini tasdiqlasin hamda soliq hisobotini toʻlov tashkilotlari tomonidan raqamli platforma orqali soliq organiga taqdim etishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tegishli axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat tomonidan tartibga solish vositalarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarda raqamli platformalarda generatsiya qilingan elektron toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus QR kod mavjud boʻlishi chakana savdo qoidalarining majburiy talabi etib belgilanadi va maxsus QR kod mavjud emasligi nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllamaslikka tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) raqamli platformalar orqali berilgan xarid cheklariga nisbatan qonunchilikda belgilangan jismoniy shaxslarga sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizini qaytarish tartibi qoʻllanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga kreditlar olishda qulaylik yaratish maqsadida raqamli platformalardagi pul aylanmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit byurolariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, mazkur qarorning 2, 3 va 4 hamda 7-bandlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan elektron platformaga ega agregatorlar orqali yoʻlovchilarni tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish xizmatini amalga oshiruvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Raqamli platformalarni yaratish va amaliyotga joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tegishli vazirlik va idoralar ikki oy muddatda maxsus huquqiy rejim doirasida raqamli platformalar operatorlarining soʻrovi boʻyicha ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat va moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishi uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mavjud maʼlumotlar, haq toʻlamasdan va toʻsiqlarsiz taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi 2025-yil 31-dekabrga qadar tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar reyestrlari raqamli platformalarga integratsiya qilinishini hamda yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida masofaviy roʻyxatdan oʻtish uchun texnik imkoniyat yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank raqamli platformalarda elektron hamyon funksionalini joriy etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda raqamli platformalarning toʻlov funksionali doirasida foydalaniladigan elektron pullarning emitenti sifatida banklarning ishtirokini taʼminlash, unga toʻlov tizimlari hamda elektron pullar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq elektron pullarni chiqarish, hisobga olish va qaytarish hamda raqamli platformalarga integratsiya qilish huquqi berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov tizimlari va elektron pullar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, jumladan elektron pullarni chiqarish, foydalanish, hisobga olish va soʻndirish, shuningdek, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish hamda milliy toʻlov infratuzilmasiga integratsiyalashuviga rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo-sanoat palatasi, “Kichik biznes” uyushmasi va Soliq qoʻmitasi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar va hisob-kitoblarda QR-kodlardan foydalanishni faol va keng joriy etishga koʻmaklashsin, raqamli platformalardan foydalanish afzalliklarini tushuntirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirsin, raqamli platformalarga oʻtishni qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-247-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2025-y., 07/25/247/0726-son)