26.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3713
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3713]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-son “Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr

Fermerlar kengashi raisi A. XAITOV

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2025-yil 17-noyabrdagi 38-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilib, yetkazib beriladigan kartoshkaning mini-tuganaklarini topshirish-qabul qilishga doir shartnomaviy munosabatlarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (bundan buyon matnda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” platformasi deb yuritiladi) tarkibidagi “E-urugʻ” axborot tizimida hisobga olish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tumanlar — yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan Bulungʻur, Zomin, Baxmal, Boʻstonliq, Shahrisabz, Kitob, Qoʻrgʻontepa, Yangiqoʻrgʻon va Soʻx tumanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka yetishtiruvchi subyektlar — ixtisoslashgan tumanlarda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari — kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi yoki mikro tuganaklarini tayyorlovchi va ulardan mini-tuganaklarini yetishtiruvchi, oʻzining yoki ijara shartnomasi asosida foydalanadigan “in-vitro” laboratoriyasi, masket toʻr bilan oʻralgan issiqxona yoki himoyalangan inshooti mavjud boʻlgan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-urugʻ” axborot tizimi — “Raqamli qishloq xoʻjaligi” platformasi tarkibiga kiruvchi, kartoshka yetishtiruvchi subyektlarni tanlab olishni tashkil etish hamda oʻtkazish, shartnomalarni hisobga olish va yuritish, yuqori avlodli urugʻlik kartoshkalar bazasini shakllantirish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AgroDocs” axborot tizimi — “Raqamli qishloq xoʻjaligi” platformasi tarkibiga kiruvchi, shartnoma va kelishuvlarni shakllantirish hamda tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga koʻmaklashuvchi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik operator — “E-urugʻ” axborot tizimini ishlab chiqadigan hamda ishga tushirish, texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradigan tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “E-urugʻ” axborot tizimida shartnomalarni hisobga olish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va ixtisoslashgan tumanlar hokimliklari tomonidan har yili 1-martga qadar Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablarga (roʻyxat raqami _____, 2025-yil __ noyabr) javob beradigan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kartoshka yetishtiruvchi subyektlarni tanlab olish “E-urugʻ” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tanlovlarni “E-urugʻ” axborot tizimida tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovda gʻolib boʻlgan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar texnik operator tomonidan tanlov natijalari boʻyicha axborot eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kunida “E-urugʻ” axborot tizimida yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning reyestriga (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) kiritiladi hamda shu vaqtning oʻzida bu haqida “E-urugʻ” axborot tizimidagi oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik operator “E-urugʻ” axborot tizimida Reyestrning doimiy yuritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov natijalari boʻyicha axborot eʼlon qilingan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida tanlovda gʻolib boʻlgan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasa va (yoki) tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “AgroDocs” axborot tizimi orqali shartnoma tuziladi hamda ushbu shartnoma taraflar tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu shartnoma imzolanganidan soʻng “E-urugʻ” axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “AgroDocs” axborot tizimi orqali tuzilgan shartnomalar oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda bu haqidagi maʼlumotlar “E-urugʻ” axborot tizimida avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan, QR-kodli yorliqlar va ijobiy ekinboplik xulosasi mavjud mini-tuganaklar “E-urugʻ” axborot tizimida hisobga olingan shartnomalarga asosan kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga har yili aprel-may oylarida bepul yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga mini-tuganaklar yetkazib berilgan kunda “AgroDocs” axborot tizimida shartnoma taraflari tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “E-urugʻ” axborot tizimida hisobga olingan shartnomalar va ularga oid maʼlumotlar ularning yaxlitligi, haqqoniyligi va oʻz vaqtida yangilanishi taʼminlangan holda besh yildan kam boʻlmagan muddatga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik operator shartnoma taraflariga shartnomani va topshirish-qabul qilish dalolatnomasini “E-urugʻ” axborot tizimida elektron formatlarda yuklab olish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 10/25/3713/1095-son)