26.11.2025 yildagi PQ-354-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Fransiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida raqobatbardosh oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, ushbu qarorning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida taʼlim sohasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash hamda Fransiya universitetlarining taʼlim dasturlari asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbek-Fransuz universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin hamda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2025-yil 12-mart kuni Universitetni tashkil etish boʻyicha, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hamkorlik bitimi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiya tomonidan Oliy taʼlim, tadqiqot va kosmos vazirligi Universitet muassislari hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yuritish jarayonida Fransiya universitetlari konsorsiumi ishtirok etishi hamda Fransiya Respublikasining taklifi bilan dastlabki bosqichda Puatye universiteti, Renn universiteti, Gavr-Normandiya universiteti, Lyumyer Lion 2 universiteti konsorsium tarkibiga kiritilgani. Bunda konsorsium tarkibi Fransiya tomonining taklifi bilan oʻzgartirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Fransiya universitetlari konsorsiumi tarkibiga kiritilgan universitetlarga quyidagi majburiyatlar yuklatilganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Universitetda taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, talabalarni qabul qilish va pedagoglarni saralash jarayonlarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilarini Fransiyaga yuborish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Universitet talabalari uchun oʻz maʼlumotlar bazalaridan, jumladan, kutubxona fondining elektron bazasidan foydalanish tartibini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Universitet taʼlim dasturlarini Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Universitetning maʼmuriy-moliyaviy masalalari boʻyicha qarorlari tarkibi Oʻzbekiston va Fransiya tomonidan tenglik asosida shakllantiriladigan Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitet oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetda qabul parametrlari, toʻlov-kontrakt summasi, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Universitet Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Universitetda dastlabki bosqichda magistraturada, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi hamda Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Universitetda taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Universitet bitiruvchilariga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari boʻyicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Universitetga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida tayinlanadigan rektor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Universitetning oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarish, shu jumladan, taʼlim dasturlarini shakllantirish, kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash Fransiya tomonidan tayinlanadigan birinchi prorektor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Universitet faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetga oʻqishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni oʻqitish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Universitetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar boʻyicha magistr kadrlarga ehtiyoj boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) grantlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetga davlat granti asosida qabul qilingan bir nafar talabani oʻqitish xarajati qiymati Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zarur laboratoriya bazasini yaratish xarajatlarini inobatga olgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) budjet tashkilotlariga, shu jumladan, oliy taʼlim tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Universitetga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqitish xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplashga ruxsat beriladi. Bunda talabalarning ushbu tashkilotda majburiy ishlab berish davri ikki taraf oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-354-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-Fransuz universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbek-Fransuz universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muhandislik, aniq va tabiiy fanlar, fransuz tili va adabiyoti, bioinformatika, transport xizmatlari, qayta tiklanuvchi energetika sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xorijiy, jumladan, Fransiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini Fransiya konsorsiumi tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlarida yoki Fransiya korxonalarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari

1.

Oʻzbek-Fransuz universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2026-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

2.

Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish.

1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv va taʼlim jarayoniga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish.

2. Universitet taʼlim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.

2026-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Universitet

3.

Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlari boʻyicha bitim imzolash.

1. Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha kelishuv bitimini imzolash.

2026-yil may

Davlat budjeti va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fransiya universitetlari konsorsiumi

2. Kelishuv bitimini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazish.

Ikki hafta muddatda

Universitet,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Kelishuv bitimiga asosan amalga oshirilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib, Universitet tomonidan zarur mablagʻlar oʻtkazish.

Bitimda belgilangan muddatlarda

Universitet,

Fransiya universitetlari konsorsiumi

4.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmasiga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

1. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Doimiy

-

Tashqi ishlar vazirligi

2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularni uzaytirish, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish.

Ichki ishlar vazirligi

3. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Universitetda tahsil olish istagini bildirgan xorijiy talabalar uchun oʻqishning butun davri uchun uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish.

1. Universitet tomonidan xorijiy talabalar uchun oʻqish muddatiga muvofiq uzoq muddatli koʻp martalik viza talabnomalarini tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish.

2. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vizalarni rasmiylashtirish.

Doimiy

-

Universitet,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Universitetning dastlabki faoliyatini tashkil etish uchun uni Toshkent davlat texnika universiteti bosh binosining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirish.

2025-yil dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Universitet

2. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyining Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Oʻzbekiston milliy universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

2026-yil yanvar

3. Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga Universitetni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish hamda bino va inshootlarni xalqaro talablar asosida taʼmirlash va jihozlash.

Joylashtirish — 2026-yil mart

Taʼmirlash va jihozlash — 2026-2027-yillarda

Davlat budjeti mablagʻlari,

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

4. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi faoliyatini tugatish. Bunda litsey oʻquvchilariga amaldagi oʻquv binolarida oʻquv jarayonini yakunlash imkoniyati yaratiladi.

2027-yil may

II. Universitetda oʻquv va ilmiy jarayonni tashkil etish

7.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetning tayyorlov kursi va magistratura bosqichiga talabalar qabulini tashkil etish.

1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan hamkorlikda xalqaro akkreditatsiyalangan tayyorlov kursi va magistratura mutaxassisligi dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

2026-yil may

3. Nomzodlarni saralab olish va talabalar qabulini tashkil etish.

2026-yil iyul — sentabr

8.

Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2027-yil iyul

Universitet mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fransiya universitetlari konsorsiumi

2. Yozgi maktablarni tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.

Doimiy

Homiylik va grant mablagʻlari

9.

Universitet talabalari uchun tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlarni davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.

2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish.

Reja-jadval asosida

-

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fransiya universitetlari konsorsiumi

10.

Fransiya oliy taʼlim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universitetidan iborat Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumini tashkil etish hamda uning tarkibiga zaruratga koʻra boshqa oliygohlarni kiritish.

2026-yil mart

-

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Transport vazirligi,

Fransiya universitetlari konsorsiumi

2. Universitet oʻquv jarayonini dastlabki bosqichda samarali tashkil etish, jumladan, taʼlim dasturlarining oʻquv-metodik hujjatlarini Fransiya universitetlari konsorsiumidagi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻzaro muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish.

2026-yil iyul

3. Fransiya universitetlari konsorsiumi va Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumi tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Doimiy

11.

Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilari uchun ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish.

2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

3. Xirsh indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

12.

Universitetda besh muhim tashabbus doirasida sport va maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish.

1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona ajratish va uni jihozlash.

2026-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil sentabr

13.

Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Doimiy

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 07/25/354/1092-son)