1-ILOVA
T/r | Xizmat nomi |
1. | Yaqin qarindoshi dafn etilgan qabriston va qabr raqamini aniqlash xizmati |
2. | Yaqin qarindoshi dafn etilgan qabrga gul ekish va suvoq qilish xizmati |
3. | Qabr tayyorlash xizmati |
4. | Qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish xizmati |
5. | Dafn marosimlarini oʻtkazish uchun maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish xizmati |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbasi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Dafn etish sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish | |||||
1. | “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari” moduli (keyingi oʻrinlarda — elektron modul) va uning mobil ilovasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil 1-iyun | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahri hokimligi |
2. | Elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda dafn etishga ruxsat berish jarayonlarini oʻrgatish yuzasidan Toshkent shahridagi barcha qabriston nazoratchilariga oʻquv-seminarlari oʻtkazish hamda ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochilarning mablagʻlari | 2026-yil 15-iyun | Toshkent shahri hokimligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
3. | Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasidan tegishli qabristonlarga masʼul xodim biriktirish hamda mazkur xodim tomonidan doimiy ravishda qabriston nazoratchilari faoliyatiga koʻmaklashib borish hamda monitoring qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochilarning mablagʻlari | 2026-yil 20-iyun | Toshkent shahri hokimligi |
II. Dafn etish ishlarini tashkil qilish hamda aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish | |||||
4. | Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmalarining budjetdan tashqari mablagʻlarini hisobga olish va sarflash boʻyicha shaxsiy hisobvaragʻida har bir qabriston boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraq (kartochka) ochish yoʻli bilan ixtiyoriy xayr-ehson mablagʻlarini taqsimlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochilarning mablagʻlari | 2026-yil 1-yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
5. | Vafot etgan shaxsning oʻlimi qayd etilgandan soʻng real vaqt rejimida uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)dagi shaxsiy kabinetiga oʻlim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnomani bepul yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochilarning mablagʻlari | 2026-yil 1-mart | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
6. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan oʻlim haqida gerbli guvohnomani olish yuzasidan tibbiyot muassasasida elektron buyurtma, YIDXP orqali onlayn ariza berish imkoniyatlarini yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2026-yil 1-mart | Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Oʻlim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma asosida dafn etish uchun nafaqa berish tartibini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2026-yil 15-mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
III. Dafn etish ishlarini samarali nazorat qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish | |||||
8. | Davlat xizmatlari yagona reyestriga dafn etishga ruxsat berish davlat xizmatini kiritish. | Idoraviy normativ hujjat | - | 2026-yil 15-mart | Adliya vazirligi |
9. | Adliya organlari tomonidan elektron moduldan foydalangan holda muntazam ravishda monitoringlar oʻtkazish, qabristonlarga biriktirilgan masʼul xodimlarning xabarnomalarini koʻrib chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | 2026-yil 1-iyul — 31-dekabr | Adliya vazirligi, Toshkent shahri hokimligi |
IV. Qabristonlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | |||||
10. | Toshkent shahridagi qabriston mudirlarini (nazoratchilarini) elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan elektron qurilmalar bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Hisob-kitoblarga koʻra (homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) | 2026-yil 1-iyun | Toshkent shahri hokimligi |
11. | Barcha qabristonlarda mavjud muammolarni (roʻyxatdan oʻtkazish, kadastr va boshqalarni) aniqlash maqsadida ularni xatlov oʻtkazish hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | 2026-yil 1-sentabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor tashkilot va idoralar |
12. | Qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlarda saqlanib kelinayotgan dafn etilgan shaxslar haqidagi oxirgi 50 yillik maʼlumotlarni elektron modulga kiritish va uning raqamlashtirilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | 2027-yil dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |