11.11.2025 yildagi 717-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024-2025-yillarga moʻljallangan milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi 759-son qaroriga muvofiq, shuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshayotgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda fidoyi fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligining buyurtmanomasiga asosan “Davlat belgisi” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni arafasida topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
717-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 717-son qaroriga
1-ILOVA

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, tizim faoliyatini ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali narkojinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, jamiyatda giyohvandlikka qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish borasida salmoqli natijalarga erishayotgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili 1-mayga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻkrak nishon bilan taqdirlashga oid taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma-obyektivka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning soʻnggi uch yil davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari toʻliq aks ettirilgan tavsifnoma (annotatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik huzurida koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga soha mutaxassislari, ekspertlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya tarkibi va nizomi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganilib, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlar asosida baholanadi va har yili 1-iyunga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa har yili 5-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi raisiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya xulosasi asosida koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida har yili 10-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning nomidan Agentlik direktori, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alohida hollarda, koʻkrak nishoni bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki Agentlik direktorining tashabbusiga asosan mazkur Nizomda belgilangan tartibdan istisno tariqasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati (maxfiylik asosida faoliyat yurituvchi harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlaridan tashqari) Agentlikning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik va komissiya aʼzolari ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va hududiy komissiyalar

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Agentlikka taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

2-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.

Har yili 1-iyunga qadar

3-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Yakuniy xulosani Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi raisiga taqdim qiladi.

Har yili 5-iyunga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Komissiya xulosasiga muvofiq koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishini qabul qiladi.

Har yili 10-iyunga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (yoki uning nomidan Agentlik direktori, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar)

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni arafasida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoniga nomzodlarni baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlarning nomlanishi

Ball tizimi

1.

Aholida giyohvandlikka qarshi immunitet va unga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishdagi xizmatlari.

1 balldan 5 ballgacha

2.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgani.

1 balldan 5 ballgacha

3.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishdagi xizmatlari.

1 balldan 5 ballgacha

4.

Giyohvandlikni davolash va uning reabilitatsiyasi sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgani.

1 balldan 5 ballgacha

5.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi (kashfiyot, ilmiy ishlanma va innovatsion gʻoyalarining amaliyotga joriy etilgani).

1 balldan 5 ballgacha

6.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha kitob, risola va qoʻllanmalar yaratgani, konferensiya, seminar hamda davra suhbatlarida faol ishtirok etgani.

1 balldan 5 ballgacha

7.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakat obroʻsini oshirish borasidagi xizmatlari.

1 balldan 5 ballgacha

8.

Jamoatchilik vakillarining giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishdagi namunali faoliyati.

1 balldan 5 ballgacha

9.

Aholi oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar targʻiboti va tashviqotini amalga oshirishga hissa qoʻshib kelayotgani.

1 balldan 5 ballgacha

10.

Amalga oshirayotgan ibratli ishlarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritgani.

1 balldan 5 ballgacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballari jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlari koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 717-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni markazida diametri 25 millimetrli doira ichida, jaholatga qarshi yonib turgan nur kabi yashnayotgan daraxt tasvirlangan. Uning chap tomonida yashil emal fonida insonning sogʻlom hayot tarzi timsoli sifatida gullayotgan novdalar va erkin parvoz qilayotgan qushlar, shuningdek, oʻng tomonida qora emal fonida maʼnaviy tanazzulni va qaramlik halokatini bildiruvchi qurib qolgan shoxlar, atrofini oʻrab olgan oʻrgimchaklar va ularning toʻrlari aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida oq emal fonida “NARKOTIKLARGA QARSHI KURASHISH” va pastki qismida “FIDOYISI” yozuvi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning yuqori qismi uch qirrali qavariq yoysimon koʻrinishda tasvirlangan. Qadagʻich eni — 30 millimetr, boʻyi — 20 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, ruhiy barqarorlik va sogʻlom hayot ramzi sifatida yashil rangda ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 717-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, vinil qogʻozi bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning birinchi betida yuqori chekkasidan 34 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “NARKOTIKLARGA”, ikkinchi satrda “QARSHI KURASHISH FIDOYISI” (katta harflarda, “Times New Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times New Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 14 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times New Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar tilla rangda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 6 millimetr pastda, markazda, “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVOHNOMA” soʻzidan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 8 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn: “Oʻzbekiston Respublikasi”, “Vazirlar Mahkamasining” (“Times New Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 6 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___-y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli farmoyishiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 6 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “NARKOTIKLARGA”, ikkinchi satrda “QARSHI KURASHISH FIDOYISI” (katta harflarda, “Times New Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi” (“Times New Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda, ikki satrdan iborat matn: birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasining”, ikkinchi satrda “Bosh vaziri” (“Times New Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni

GUVOHNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 09/25/717/1037-son)