Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA OʻZGARTIriShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2000-yil 17-fevraldagi 56-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati apparati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirishga doir chora-tadbirlar kompleksi toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 383-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tashkiliy tuzilmasi 1—12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalarning taqsimlanishini bir hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.
3. Bosh vazirning oʻrinbosarlari — komplekslar rahbarlari Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda kotibiyatlar toʻgʻrisidagi nizomni va kotibiyatlar xodimlari oʻrtasidagi funksional vazifalar taqsimlanishini bir hafta muddatda qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Shtatlar qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarning avvalgi lavozimlari boʻyicha amalda boʻlgan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 11-dekabr,
516-son