Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.01.1996 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-YILDA TOShKENT ShAHRINI QAYTA QURISh VA OBOD QILIShGA DOIR QUShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrini qayta qurish va yanada obod qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1996-yilda Toshkent shahri obyektlari qurilishi dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrsatib oʻtilgan Dasturning 1996-yilda bajarilishini taʼminlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi va boshqa buyurtmachilar bir oy muddatda 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash parametrlarini belgilash uchun bajariladigan ishlarning aniq hajmini aniqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlar qurilishini 1996-yilgi respublika budjetidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida qurilishning aniq roʻyxatiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar va konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar moʻljallangan Dasturni belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Otchopar bozorining ikkinchi navbatini, Mirobod bozorini qurish va qayta qurishga, Sirgʻali, Parkent, Beshyogʻoch, Mirzo Ulugʻbek va Oloy (xoʻjalik hovlisi) bozorlaridagi ishlarni tugallashga kredit berishni davom ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Bektemir tumanida bozorlar qurilishiga kreditlar berish va Toshkent shahrida bitta guzar qurilishi uchun oʻz mablagʻlarini ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki Toshkent shahrining eski shahar qismidagi qayta qurilayotgan zonadan koʻchirilishi kerak boʻlgan aholiga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun kredit resurslari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga yakka tartibda uy-joy quruvchilarning koʻrsatib oʻtilgan toifasi uchun kredit resurslari ajratishda Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki boshqaruvi tomonidan 1994-yil 16-iyunda tasdiqlangan Shaxsiy uy-joy qurilishi uchun fuqarolarga kredit berish qoidalarining 5-bandi talablarini qoʻllamaslik tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi 1996-yilda 3000 kvartirani foydalanishga topshirishni hisobga olgan holda mikrorayonlarni obod qilish, shu jumladan “Qoratosh” mikrorayonini obod qilishning aniq dasturini belgilasin, shuningdek 2000-yilgacha Sogʻbon, Qorasoy, Forobiy koʻchalari boʻylab birinchi qavatga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari joylashtiriladigan 24-30 kvartirali uch qavatli uylar qurish dasturini ishlab chiqsin, 1996-yildagi birinchi navbatdagi vazifalarni aniqlashtirsin. Mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga obyektlarni zarur uskunalar va materiallar bilan taʼminlash, shuningdek qurilish-bezash ishlarining ayrim turlarini bajarish uchun chet el firmalarini tender asosida jalb etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi va “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” konserni, “Oʻzkolxozqurilish” va “Oʻzagroqurilish” davlat birlashmalari bittadan guzar qurilishiga kirishsinlar va ularning 1996-yil 1-sentabrgacha foydalanishga topshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi 6-pivo zavodi 1996-yil 1-iyulgacha koʻchirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi “Oziqovqatsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq pivo zavodi qurilishi uchun uzoq muddatli kredit ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Paydo boʻluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Toshkent shahrini qayta qurish va qurishning borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 563-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son