04.11.2025 yildagi 691-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, qatagʻon qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish, ushbu jarayonlarga taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarni keng jalb qilgan holda, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini keng targʻib qilish ishlarini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oktabrning birinchi haftasida Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oktabr oyida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan respublika darajasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Shahidlar xotirasi maydoniga, shuningdek, hududlarda oliy taʼlim tashkilotlari tizimidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylariga shaxsan taʼlim tashkilotlari rahbarlari boshchiligida oʻquvchi va talabalarning muntazam tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari doirasida qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlarida har yili oktabr oyida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Maʼrifat darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari faoliyati va merosini targʻib qilishga qaratilgan darslarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi yoshlar va talabalar ishtirokida qatagʻon qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar ishlari agentligi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida audiovizual mahsulotlar tayyorlash, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatagʻon qurbonlarining hayoti, Vatan ozodligi hamda xalq farovonligi yoʻlidagi ibratli faoliyatini yoritishga qaratilgan podkastlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini qiziqarli va ommabop shaklda televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga yetkazish maqsadida tanlovlar tashkil etish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlarda oliy taʼlim tashkilotlari tizimidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylarida qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yorituvchi gologrammali koʻrgazmalar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan “Xotira lavhasi”ni tayyorlab, ular tugʻilib oʻsgan mahallalarga oʻrnatish ishlarini yakunlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
691-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Qatagʻon qurbonlari nomini ulugʻlash va abadiylashtirish

1.

Qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy oyliklar oʻtkazib borish tizimini joriy qilish.

1. Qatagʻon qurbonlari boʻlgan shaxslarning roʻyxatini har yili shakllantirish va oyliklarning namunaviy rejasini tasdiqlash.

2026-yil sentabrdan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Mahallalar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Milliy axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Milliy media birlashmasi,

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar

2. Oyliklar doirasida barcha soha va tarmoqlarda, mahallalar, ayniqsa yoshlar, taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

3. Qatagʻon qurbonlari haqida “Vatan Sizni hech qachon unutmaydi!” shiori ostida taqvim va plakatlar toʻplamini tayyorlash, chop etish.

4. Ijtimoiy roliklar, qisqa metrajli filmlar tayyorlash.

5. Taniqli xonandalarning konsert dasturlarida qatagʻon qurbonlari haqida qoʻshiqlar (ekran tasvirlari) ijro etilishini ragʻbatlantirish.

6. Oyliklar doirasida amalga oshirilgan ishlarni OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib etish.

Reja-grafik asosida

2.

“Vatan manzumasi”, “Maʼrifat karvoni” va maʼnaviyat festivallari loyihalariga qatagʻon qurbonlariga bagʻishlangan dastur kiritish.

1. Maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar uchun qatagʻon qurbonlariga bagʻishlangan dastur loyihasini tayyorlash.

2. Dastur loyihasi boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.

3. “Vatan manzumasi”, “Maʼrifat karvoni” va maʼnaviyat festivallari loyihalari doirasida qatagʻon qurbonlariga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Alohida reja-grafik asosida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Milliy axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Milliy media birlashmasi

3.

Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan toʻplam (kitob)lar tayyorlash va ularning taqdimotlarini oʻtkazish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ijodiy guruh shakllantirish.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi

2. Qatagʻon qurbonlari boʻlgan, oʻzbek xalqi manfaatlari yoʻlida ishlagan milliy vakillar, diniy ulamolar, ishbilarmonlar tarjimai holi va faoliyatini oʻrganish.

3. Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan toʻplam (kitob)larni tayyorlash va chop etish.

4. Asarlar yuzasidan taqdimotlar, multimedia mahsulotlari yaratish va taqdimotlarini tashkil etish.

reja-grafik asosida

4.

Barcha mahallalar, korxona, muassasa va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, harbiy qism va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida har yili oktabrning birinchi haftasida oʻtkaziladigan Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish.

1. Ushbu tadbirning “Xotira va tarbiya” haftaligi sifatidagi ahamiyatiga katta urgʻu berish.

2026-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mahallalar uyushmasi,

Mudofaa vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tadbirlarni olimlar, yozuvchi-shoirlar bilan birgalikda chuqur oʻylangan, xalqchil va ommabop tarzda oʻtkazish choralarini koʻrish.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylaridan videolavhalar tayyorlab, efirga uzatish.

oktabr oyidan boshlab doimiy

5.

Taʼlim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari doirasida qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilish.

1. Oʻquv yili uchun dars mavzulariga kiritish maqsadida qatagʻon qurbonlari roʻyxatini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Dars ssenariylarini ishlab chiqish, videokontent tayyorlash.

3. Barcha metodik materiallarni “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirish.

2025-2026 oʻquv yilidan boshlab bir oyda bir marta

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti

6.

Oliy taʼlim tashkilotlarida “Maʼrifat darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari faoliyati va merosini targʻib qilishga qaratilgan darslarni tashkil etish.

1. “Maʼrifat darsi” ssenariysini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Dars mobaynida “Istibdoddan — istiqlolgacha” rukni ostida qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimiz haqidagi hujjatli va badiiy filmlar, roliklar namoyishini tashkil etish.

3. Darsni soha mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori saviyada oʻtkazish.

noyabrdan boshlab doimiy

7.

Qatagʻon qurbonlari orasidagi yorqin va yetakchi shaxslarni respublika oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirish orqali ularning hayoti va faoliyati, el-yurt oldidagi tarixiy xizmatlarini chuqur oʻrganish va targʻib qilish tizimini yaratish.

1. Qatagʻon qurbonlari roʻyxatini shakllantirish va oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirish.

2025-yil noyabr

Ilmiy-tadqiqot davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

mutasaddi vazirlik va idoralar

2. Biriktirilgan shaxslar merosini oʻrganish boʻyicha talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun maxsus ilmiy toʻgaraklar, maʼruzalar va seminarlar tashkil etish.

har oyda

3. Oʻrganilgan ilmiy-ijodiy meros natijalarini kitob, maqola, elektron resurslar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali keng targʻib qilish.

doimiy

8.

Tarixchi, huquqshunos va siyosatshunos olimlar, muzey mutaxassislari, jurnalistlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida turli hududlarda yashab, ijod qilgan, faoliyat koʻrsatgan qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib qilishga qaratilgan “Istibdoddan — istiqlolgacha” mavzusidagi davra suhbatlari tashkil etish.

1. Har bir hudud kesimida shu hududda yashab, ijod qilgan, faoliyat koʻrsatgan hamda qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Hududlardagi qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib qilishga qaratilgan “Istibdoddan — istiqlolgacha” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish.

3. Davra suhbatini ijtimoiy tarmoqlar va OAVda keng yoritish.

har chorakda bir marotaba

9.

Toshkent shahridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Shahidlar xotirasi maydoniga, shuningdek, hududlarda oliy taʼlim tashkilotlari tizimidagi “Qatagʻon qurbonlari” muzeylariga shaxsan taʼlim tashkiloti rahbarlari boshchiligida oʻquvchi va talabalarning muntazam tashriflarini tashkil etish.

1. Muzeylarga tashrif boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Muzeylarda yosh olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

3. Muzeylarga amaliy tashriflar yuzasidan videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilish.

dekabrdan boshlab reja asosida doimiy

10.

Davlat teatrlarida qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yangi spektakllar sahnalashtirish va ularning keng namoyishini tashkil etish.

1. Yangi sahnalashtiriladigan spektakllar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

Madaniyat vazirligi va davlat teatrlariga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Madaniyat vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Reja asosida yangi spektakllarni sahnalashtirish.

2026-yil davomida

3. Yangi sahnalashtirilgan spektakllarning tizimli namoyishlarini tashkil etish.

doimiy

11.

Qatagʻon qurbonlariga bagʻishlangan badiiy va turkum hujjatli filmlarni yaratish hamda namoyish etish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ijodiy guruh shakllantirish.

2. Badiiy va turkum hujjatli filmlarni yaratish choralarini koʻrish.

2025-yil noyabrdan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

Tarix instituti,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Mahallalar uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida respublika miqyosida filmlar premyerasini oʻtkazish.

2026-yil oktabr

4. Mahallalar, taʼlim tashkilotlari, korxona va tashkilotlar, aholi gavjum joylarda (aeroport, temir yoʻl va avtovokzallar) filmlar namoyishini tashkil etish.

5. Filmlar yuzasidan soha mutaxassislari bilan davra suhbatlari tashkil etish.

reja-grafik asosida

12.

Mahallalar va taʼlim muassasalari, korxona, tashkilot va muassasalarda “Qatagʻon qurbonlari xotirasi oʻchmasdir” doimiy koʻrgazmalarini tashkil etish.

1. Tegishli tashkilotlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Ishchi guruh tomonidan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi oʻchmasdir” koʻrgazmalar loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Mahallalar uyushmasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Loyiha asosida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi oʻchmasdir” doimiy koʻrgazmalarini tashkil etishni boshlash.

oktabr oyidan boshlab

13.

Qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning chet elga chiqib ketishga majbur boʻlgan avlodlarini “Vatandoshlar” jamoat fondining xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun moʻljallangan “Chinor” va yosh vatandoshlar uchun moʻljallangan “Anor” dasturlari doirasida yurtimizga taklif etish.

1. Loyihaga jalb etiladigan vatandoshlarni tanlab olish, roʻyxatini shakllantirish va kelishish.

2026-yil fevral

“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Milliy teleradiokompaniya

2. Dasturlar loyihasini va ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar reja-grafigini ishlab chiqish.

mart-aprel

3. Tadbirni har tomonlama yuqori saviyada tashkil etish choralarini koʻrish.

4. Mehmonlarni OAVdagi turkum koʻrsatuvlarga jalb etish.

may-avgust

II. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish

14.

Oʻquvchi yoshlar va talabalar ishtirokida qatagʻon qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etish.

1. Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hududlarni aniqlash va ular haqida tarixiy maʼlumotlarni tayyorlash.

2025-yil noyabr-dekabr

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Qatagʻon qurbonlarining milliy uygʻonishdagi roli haqida maʼruzalar, videoroliklar va bukletlar tayyorlash.

2026-yil yanvardan doimiy

3. Olimlar va maʼnaviyat targʻibotchilarini jalb qilgan holda uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish.

reja-grafik asosida

15.

Barcha taʼlim tashkilotlarida “Qatagʻon qurbonlari: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

1. Yoshlarda xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlarini anglab yetishiga va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti

2. Maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish.

3. Tadbirlarni OAVda keng yoritish.

Reja-grafik asosida

16.

Maktabgacha va maktab taʼlimi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tizimidagi pedagog xodimlar uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari davrida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida mashgʻulotlar tashkil etish.

1. Malaka oshirish kursi oʻquv dasturiga “Qatagʻon qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusini kiritish.

2026-yil yanvar

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Mavzuga oid maʼruzalar tashkil etish.

3. Oʻtilgan mavzularni ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

fevral oyidan boshlab doimiy

17.

Umumtaʼlim maktablarining 6 — 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Jadidlar izidan” respublika tanlovini hamda texnikum oʻquvchilari va talabalar ishtirokida qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov Nizomini ishlab chiqish.

2. Nizomda belgilangan muddatlarda tanlovning kuyi bosqichini oʻtkazish.

2026-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Tanlovning guruhlararo, fakultetlararo bosqichini oʻtkazish va taʼlim tashkiloti darajasida gʻoliblarni aniqlash.

4. Gʻoliblarni tantanali ravishda taqdirlash.

oktabr

18.

Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan targʻibot vositalarini tayyorlash hamda barcha taʼlim tashkilotlariga tarqatish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2. Loyiha boʻyicha targʻibot vositalarini (videorolik, buklet, infografika va boshqalarni) yaratish va taʼlim tashkilotlariga yetkazish.

3. Taʼlim tashkilotlarida targʻibot vositalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

2025-yil noyabr-dekabr

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Mudofaa vazirligi

19.

Oliy taʼlim tashkilotlarining “Talabalar teatr guruhlari” tomonidan 1 nafardan qatagʻon qurboni boʻlgan oʻzbek ziyolilari, milliy kadrlar haqida spektakl sahnalashtirish va namoyish etish choralarini koʻrish.

1. Spektakl sahnalashtiriladigan qatagʻon qurbonlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil noyabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining mablagʻlari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkilotlari,

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Spektaklni sahnalashtirish va namoyish etish.

3. “Talabalar teatr guruhlari” tomonidan ishlangan eng yaxshi spektakllarni boshqa taʼlim tashkilotlarida namoyish qilish.

2026-yil yanvardan boshlab

III. Qatagʻon qurbonlarining ilmiy-ijodiy faoliyatini tadqiq qilish

20.

Milliy kutubxona, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qoʻlyozmalar fondi, Milliy arxivlar, markaziy davlat arxivlari, viloyat, tuman va shahar davlat arxivlarida saqlanayotgan qatagʻon qurbonlariga oid adabiyotlar, dissertatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini oʻrganish va ularni raqamlashtirish choralarini koʻrish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Reja asosida manbalarni aniqlash, nusxa olish va muzeylar fondini boyitish.

2025-2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy kutubxona,

“Oʻzarxiv” agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi

21.

Xorijiy kutubxona, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan qatagʻon qurbonlariga oid hujjatlar, materiallar va artefaktlarni aniqlash, ularni ilmiy jihatdan oʻrganish hamda nusxalarini olib kelish uchun maqsadli ilmiy-amaliy safarlarni tashkil etish va safar jarayonlarini video tasvirga olish.

1. Tegishli vazirlik va idoralarning yetakchi xodimlaridan iborat tadqiqotchilar guruhini tuzish.

2. Xorijiy safarlar reja-grafigini ishlab chiqish.

3. Reja-grafik asosida guruhni xizmat safariga yuborish.

4. Safar natijalari yuzasidan Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va oliy taʼlim tashkilotlari tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylarini boyitish.

5. Videolarni efirga uzatish uchun telekanallarga taqdim etish.

2025-2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

“Hujjatlar tilga kirganda: qatagʻonlar qurbonlari” hujjatlar toʻplami maqsadli ilmiy loyihasini yaratish.

1. “Hujjatlar tilga kirganda: qatagʻonlar qurbonlari” hujjatlar toʻplami maqsadli ilmiy loyihasining oʻzak qarashini ishlab chiqish va uning asosida loyiha tayyorlash.

2025-yil noyabr

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Loyihani belgilangan tartibda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga kiritish.

3. Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni taqdimot qilish.

2026-yildan doimiy

23.

“Oʻzbekiston tarixi” telekanali orqali qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyati, ular nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarga oid turkum telekoʻrsatuvlar berib borish.

1. Qatagʻon qurbonlariga oid tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va olimlar tadqiqotlari asosida maxsus ssenariylar ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya, Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Telekoʻrsatuvlarni haftada bir martadan uch martagacha koʻpaytirish.

dekabrdan

3. Koʻrsatuvlarni Tarix instituti hamda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tayyorlash va efirga uzatib borish.

doimiy

24.

Oliy taʼlim tashkilotlarida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish.

1. Konferensiya dasturini tayyorlash va eʼlon qilish.

2. Konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish.

2026-yil sentabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

3. Konferensiya materiallarini elektron jurnallarda chop etish.

4. Konferensiyani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

oktabr

25.

1937 — 1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari haqida elektron maʼlumotlar bazasini boyitish hamda uni “milliytarbiya.uz”, “jadid.uz” platformasiga joylashtirib borish.

1. Qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Yozuvchilar uyushmasi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Maʼlumotlarni saralash va tizimlashtirish.

2026-yil yanvar

3. Toʻplangan maʼlumotlarni “Unutilmas siymolar” rukni ostida “milliytarbiya.uz” va “jadid.uz” platformalarida joylashtirib borish.

doimiy

26.

Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatiga oid “Xotira va saboq” maxsus loyihasini amalga oshirish.

1. Qatagʻon qurbonlari xotirasi va faoliyatini ochib beruvchi qisqa videolavhalar, fotogalereya va maqolalar tayyorlash.

2025-yil noyabr

Milliy axborot agentligining budjet mablagʻlari

Milliy axborot agentligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish.

doimiy

27.

Qatagʻon qurbonlarining ilmiy va badiiy merosini keng targʻib qilish maqsadida audiokitoblar yaratish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ijodiy guruh tuzish.

2. Audiokitoblarni yaratish, taʼlim tashkilotlariga tarqatish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2026-yil yanvardan

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

28.

“Tarix maydoni” tok-shousida qatagʻon qurbonlarining Vatan ozodligi va millat kelajagi yoʻlidagi fidoyiliklarini ochib berish.

1. Rektorlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida mavzuni muhokama qilish.

2. Millat fidoyilari merosini, ular koʻtargan milliy istiqlol hamda ozodlik gʻoyalarining tub mohiyatini ochib berish.

2025-yil noyabrdan boshlab

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

29.

“Ajdodlar ruhi” nomli yangi koʻrsatuv tashkil qilish.

1. Olimlarning qatagʻon qurbonlari hayoti va ilmiy merosi boʻyicha olib borayotgan ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish.

2. Soʻnggi sakkiz yilda nomlari tiklangan 1,2 mingdan ziyod bobolarimizning eng ilgʻor va fidoyi vakillari hayoti hamda faoliyatini yoritish.

3. Vatan, millat va xalq uchun kurashgan qahramon ajdodlarimizning ulkan jasoratlarini yoshlarimizga ibrat namunasi sifatida koʻrsatish.

2025-yil noyabrdan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Yoshlar ishlari agentligi

30.

“Millat oydinlari” hujjatli filmlar turkumini yaratish.

1. Qatagʻonga uchragan buyuk adiblarimizning hayoti va badiiy asarlari mazmun-mohiyatini “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida hujjatli filmlar orqali ochib berish.

2. Mustaqillik buyuk neʼmat ekanini, unga erishish yoʻlida qurbon boʻlgan ajdodlarimizning achchiq taqdirini yorqin misollar orqali yoshlar ongiga singdirish.

2025-yil noyabrdan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Tarix instituti

IV. Raqamli platformalarda qatagʻon qurbonlariga bagʻishlangan sifatli kontentlar ulushini oshirish

31.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylarida qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yorituvchi gologrammali koʻrgazmalar tashkil etish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyati haqida maʼlumot tayyorlash hamda oʻzbek, rus, ingliz tillariga tarjima qilish.

3. Muzeylarda gologrammali koʻrgazmali vositalar oʻrnatish.

4. Muzeylarning kirish qismida gologramma usuli yordamida maxsus gid faoliyatini ishga tushirish.

2025-2026-yillar davomida

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi

32.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi zallaridagi suratlarga sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yordamida “Media bank” loyihasini ishga tushirish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va olimlar tadqiqotlari asosida “Media bank” yaratish.

3. VR koʻzoynaklari orqali qatagʻon siyosati aks ettirgan voqealar va uning qurbonlarini koʻrish, ular bilan suhbatlashish imkoniyatini yaratish.

4. Muzeyda hududlar kesimida nashr etilgan “Xotira kitoblari”ning elektron interaktiv shaklini joylashtirish.

2025-2026-yillar davomida

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

33.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va oliy taʼlim tashkilotlaridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylari zallaridagi xaritalar va tarixiy obyektlar maketlarini 3D formatda shakllantirish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Xaritalar va tarixiy obyektlar maketlarining 3D formatdagi ekspozitsiyalarini yaratish va barcha muzeylar zallariga joylashtirish.

2025-2026-yillar davomida

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

34.

Oliy taʼlim tashkilotlaridagi muzeylarda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyati yoritilgan interaktiv boʻlim va QR-kodli kontentlarni joylashtirish.

1. Interaktiv boʻlim uchun zarur jihozlar va materiallarni tayyorlash.

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Tayyorlangan materiallarni QR — kodli kontent sifatida talabalarga taqdim etish imkoniyatini yaratish.

doimiy

35.

Qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida audiovizual mahsulotlar tayyorlash, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida ommalashtirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3. Audiovizual mahsulotlar tayyorlash.

4. Audiovizual mahsulotlarni internet tarmogʻida ommalashtirish.

doimiy

36.

Internet jahon axborot tarmogʻida qatagʻon qurbonlarini koʻproq yoritish maqsadida xeshteglar tashkil etish va ommalashtirish.

1. Qatagʻon qurbonlari hayoti, asarlari va milliy uygʻonishdagi roli haqida qisqa video, infografika va maqolalar tayyorlash.

2. Qatagʻon qurbonlari merosini aks ettiruvchi xeshteglar (#Qatagʻon Qurbonlari, #Manaviyjasorat, #XotiraVaEhtirom)ni yaratish va barcha ijtimoiy tarmoqlarda yagona uslubda ilgari surish.

2026-yil oktabrdan boshlab

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

37.

Qatagʻon qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini qiziqarli va ommabop shaklda televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga yetkazish maqsadida tanlovlar tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2. Loyihalarni tayyorlash va tasdiqlash.

3. Tele va onlayn tanlovlar tashkil etish.

oktabr oyidan boshlab doimiy

38.

Millat fidoyilarining ilmiy va badiiy merosini, ularda koʻtarilgan milliy istiqlol hamda ozodlik gʻoyalarining tub mohiyatini ochib beruvchi media-loyiha tashkil etish.

1. Millat fidoyilarining ilmiy va badiiy merosini, ularda koʻtarilgan milliy istiqlol hamda ozodlik gʻoyalarini tub mohiyatini ochib beruvchi video materiallar tayyorlash.

2. Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish.

2025-yil noyabrdan boshlab

Milliy axborot agentligining budjet mablagʻlari

Milliy axborot agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

39.

Nodavlat teleradiokanallar bilan qatagʻon qurbonlari hayoti, faoliyati, ularning mustaqillik yoʻlidagi kurashlari, maʼrifatparvarlik gʻoyalari haqida turkum koʻrsatuv va eshittirishlar berib borish borasida hamkorlik qilish.

1. Nodavlat teleradiokanallarda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini yoritish boʻyicha media reja ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy media birlashmasi

(kelishuv asosida),

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlab, efirga berish.

oktabrdan boshlab media-reja asosida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2025-y., 09/25/691/1021-son)