03.11.2025 yildagi PQ-331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va davolash, mavjud va aniqlanayotgan yangi turdagi irsiy va genetik kasalliklar boʻyicha tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash va oldini olishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadigan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlanish darajasini 95 foizdan 99 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklash, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mukovissidoz, talassemiya, gemofiliya, tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit, tugʻma bullyozli epidermoliz, birlamchi (tugʻma) immunodefitsit holati, Dyushenn mushak distrofiyasi, sklerozlashgan panensefalit, Goshe va Pompe kasalliklariga chalingan bemorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va grant mablagʻlari hisobidan bepul dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi oʻrtasida keng axborot va targʻibot kampaniyasini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-yanvardan boshlab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda boʻladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyaviy taʼminot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi tadbirlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi quyidagi tadbirlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) virusli gepatitning “S” va “V” turlarini erta tashxislash va virusga qarshi maxsus davolash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) endokrinologik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) nefrologiya va gemodializ xizmatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) buyrak va jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslangan hisob-kitoblar asosida mablagʻlar rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ravishda aholi oʻrtasida kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom bola tugʻilishi boʻyicha targʻibot ishlarini muntazam ravishda amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ

(hisob-kitoblar asosida)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Mukovissidoz kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Dornaza-alfa, mikrosferali pankreatin) va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

85 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

14,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

74 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

12,6 mlrd soʻm

Grantlar va homiylik xayriyalari

2.

Gemofiliya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (VIII, IX qon ivish omillari) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

50 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

9,5 mlrd soʻm

160 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

30,3 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari,

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Talassemiya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Deferoziroks, defiraksamin) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

77,6 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

14,6 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

115,4 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

21,7 mlrd soʻm

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi

4.

Bullyoz epidermoliz kasalligiga chalingan bolalarni tibbiy buyumlar (dekspantenol, mupirotsin) va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

82,5 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

16,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Totsilizumab) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

20 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

3 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

19,5 mlrd soʻm,

shundan

2026-yilda

3 mlrd soʻm

Grantlar va homiylik xayriyalari

6.

Goshe bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus dori vositalari (Imiglyutseraza) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

92,9 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

16,8 mlrd soʻm

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Pompe bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus dori vositalari (Alglyukozidaza-alfa) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

45,4 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

4,8 mlrd soʻm

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Birlamchi (tugʻma) immun tanqisligi bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus dori vositalari (odam immunoglobulini-G) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

41,8 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

7,8 mlrd soʻm

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Dyushen mushak distrofiyasi bilan kasallangan bemorlarni patogenetik dorilar (deflazakort) bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

28,4 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

5,3 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Oʻtkir osti sklerozlashgan panensefalit bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus dori vositalari (odam immunoglobulini-G) va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

68,7 mlrd soʻm,

shundan

2026-yil uchun

11,9 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash masalalari yuzasidan aholining xabardorlik darajasi va savodxonligini oshirish.

Aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng koʻlamli tushuntirish ishlarini olib borish, maqolalar, teledastur va radioeshittirishlar, audiovizual targʻibot materiallarini tayyorlash.

2026 — 2030-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izohlar:

1. Mazkur dastur doirasida moliyalashtirish manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga narx oʻzgarishlari hamda inflyatsiya darajasiga mutanosib ravishda Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq yillik indeksatsiya qilib borish orqali aniqlik kiritiladi.

2. 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar 961,2 mlrd soʻm:

shundan:

mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

412,2

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

317,2

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

138,3

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kreditlari

93,5

2026-yil uchun:

172,3

shundan:

Davlat budjeti mablagʻlari

75,3

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

59,9

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

21,5

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kreditlari

15,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

(yillik)

Maqsadli koʻrsatkichlar

Ijro uchun masʼul idoralar

Maʼlumot berishga masʼul idoralar

2026

2027

2028

2029

2030

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

MAQSAD: BEMOR BOLALARNI DORI VOSITALARI VA MAXSUS OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH

I. Resurs koʻrsatkichlari

1.

Ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari.

mln soʻm

0

75 329

78 729

82 848

86 357

88 642

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Jalb etiladigan grant va xayriya mablagʻlari.

mln soʻm

0

15 588

17 111

19 239

20 333

21 318

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3.

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi.

mln soʻm

0

59 861

61 649

63 562

65 625

66 467

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi IATM

4.

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari.

mln soʻm

0

21 531

23 919

27 830

31 741

33 264

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

II. Faoliyat koʻrsatkichlari

1.

Dori vositalarini xarid qilish.

son

0

1900

2000

2150

2200

2250

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Tibbiy jihozlarni xarid qilish.

son

0

320

320

320

320

320

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish.

son

0

600

600

600

650

650

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

4.

Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli oʻzlashtirilganligi (xarid qilingan dori vositalari, tibbiy jihozlar va maxsus oziq-ovqat mahsulotlarining tarqatilishi).

foiz

0

100

100

100

100

100

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

5.

Olib borilgan targʻibot tadbirlari.

son

0

28

30

32

34

36

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

1.

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari bilan taʼminlanganligi.

foiz

0

96

97

97

98

98

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

2.

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarning tibbiy jihozlar bilan taʼminlanganligi.

foiz

0

95

96

96

97

97

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

3.

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarning maxsus oziq-ovqatlar bilan taʼminlanganligi.

foiz

0

95

96

96

97

97

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

masʼul jamgʻarmalar

4.

Aholining kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar va ularning vujudga kelish sabablaridan xabardorlik darajasi (soʻrovnoma asosida).

foiz

0

95

96

96

97

97

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorining 7-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kompleks foydalanishga topshirilishi sababli Markazning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiallari faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi hamda ushbu hududlar aholisi uchun hududiy darajada koʻrsatilishi belgilangan tibbiy xizmatlar Markazda koʻrsatiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-185-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 12-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(a) mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining mehnat shartlari oʻzgaradigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari shaffof imtihonlar asosida belgilangan tartibda qayta ishga rasmiylashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) imtihonlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xodimlar malakasini aniqlashda birinchi navbatda oʻtkazilgan imtihon natijalari inobatga olinadi hamda imtihonda eng yaxshi natija koʻrsatgan xodimlar ishga qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida boʻlim tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan meʼyorlar asosida kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xodimlarga tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 384-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-ilova quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“191. Tuman (shahar) markaziy shifoxonasining tashkiliy tuzilmasi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 6-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Tibbiyot muassasalarida dastlabki bir chorak davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaviy poliklinika mudiriga — bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oliy toifali oilaviy shifokorlarga bazaviy tarif stavkasining 60 foizi, 1-toifali oilaviy shifokorlarga — 40 foizi, 2-toifali oilaviy shifokorlarga — 20 foizi, toifasiz oilaviy shifokorlarga — 10 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi, 1-toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 30 foizi, 2-toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 10 foizi, toifasiz tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 5 foizi miqdorida ustamalar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu tartib 2025-yil 1-iyuldan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgan hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida — 2026-yil 1-yanvarga qadar, boshqa tibbiyot muassasalarida — 2026-yil 1-aprelga qadar amalda boʻladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/331/1014-son)