Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 376]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-oktabr,
01/2-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 23-oktabrdagi 01/2-41-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarida (hisob raqami 293, 2024-yil 25-sentabr):
a) 1-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“SHNQ 2.01.06-25 “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash”;
oʻttiz birinchi — qirq uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻttiz ikkinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 1421-band bilan toʻldirilsin:
“1421. MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan 9 qavatdan yuqori turar joy obyektlarini SHNQ 2.01.06-25 ga muvofiq aktiv seysmik himoyalash qurilmalari (dempfer uskunalari) bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.”.
2. SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarida (hisob raqami 249, 2024-yil 6-may):
a) 1-bandda:
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“SHNQ 2.01.06-25 “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash”;
yigirma ikkinchi-yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma uchinchi-yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan 9 qavatdan yuqori jamoat binolarini SHNQ 2.01.06-25 ga muvofiq aktiv seysmik himoyalash qurilmalari (dempfer uskunalari) bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.”.
3. SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarida (hisob raqami 315, 2024-yil 20-noyabr):
a) 1-bandda:
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“SHNQ 2.01.06-25 “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash”;
yigirma birinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma ikkinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlarini SHNQ 2.01.06-25 ga muvofiq aktiv seysmik himoyalash qurilmalari (dempfer uskunalari) bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.”.