28.10.2025 yildagi 679-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida jamoat ehtiyojlari uchun ayrim yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda Navoiy viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatga asosan Xatirchi tumani markazidan oʻtuvchi 4R56 “Oqtosh sh. — Yangirabot sh. — Langar q. — Chuya q.” avtomobil yoʻlining 11 — 16 km qismini rekonstruksiya qilish belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori bilan tasdiqlangan Xatirchi tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha dasturga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markazidan oʻtuvchi 4R56 avtomobil yoʻlining 11 — 16 km qismini rekonstruksiya qilish (keyingi oʻrinlarda — yoʻl qurilishi) ishlarini yakunlash uchun yoʻl qurilishi taʼsir doirasiga tushgan turar va noturar obyektlarni koʻchirish masalasini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qurilishini yakunlash uchun uning taʼsir doirasiga tushgan turar va noturar obyektlarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda – Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi) 14,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda yoʻl qurilishi hududiga tushgan koʻchmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda baholatsin va baholash hujjatlariga asosan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun zarur boʻladigan mablagʻ miqdoriga aniqlik kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish uchun talab etiladigan tegishli hujjatlarni Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi Kuzatuv kengashiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi tegishli qaroriga asosan Respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi) zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Navoiy viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kompensatsiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlarni “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilgan holda mulkdorlarga toʻlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kompensatsiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlarning sarflanishi haqida Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan obyektlarni belgilangan tartibda baholanishi, mulkdorlar bilan ochiq muhokama oʻtkazilishi hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
679-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 09/25/679/0988-son)