25.10.2025 yildagi 676-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda aholining daromad manbalarini oshirish, yoshlar va ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, xalqaro standartlar asosida milliy haydovchilik guvohnomalari toifalari va ularni berish asoslarini kengaytirish, shuningdek, odam oʻlimiga sabab boʻlayotgan qoʻpol qoidabuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Strategik islohotlar agentligi hamda keng jamoatchilikning 2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha boʻlgan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha boʻlgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno) boshqarish uchun milliy haydovchilik guvohnomasida “A1” kichik toifani joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy oʻquv dasturini oʻtamasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar oʻzlarining ixtiyoriga koʻra oʻquv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) oʻqishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “A”, “B”, “C”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan kamida 16 tasiga toʻgʻri javob bergan haydovchilikka nomzodlar “nazariy imtihonni topshirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A1” kichik toifaga kiradigan transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida maʼlumot aks etgan milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash boʻyicha majburiy oʻquv dasturining nazariy qismini mustaqil oʻzlashtirishi mumkin boʻladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar oʻz ixtiyoriga koʻra nazariy bilimlarni olish uchun oʻquv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) oʻqiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar majburiy oʻquv dasturida belgilangan amaliy mashgʻulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha davlat va nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda toʻliq qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar majburiy oʻquv dasturida belgilangan amaliy mashgʻulotlarda toʻliq qatnashgandan soʻng transport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning haydovchilarni tayyorlash oʻquv dasturining amaliy mashgʻulotlardagi oʻqishni tugatgani haqidagi maʼlumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va “B” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida roʻyxatga olish tartibi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun amaliy imtihonlarni oʻtkazish, shuningdek, transport vositasiga qoʻyiladigan talablarni hamda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun oʻqitish va imtihonlarni topshirish boʻyicha alohida tartibni belgilovchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Strategik islohotlar agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Yoʻl harakati qoidalari, transportni boshqarish xavfsizligi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga koʻmaklashuvchi elektron oʻquv materiallarini ishlab chiqsin va ulardan barcha xohlovchilar uchun ochiq foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda (ishonchnoma, sugʻurta polisi, yoʻl varaqasi) foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-martga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda haydovchilar tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ularga jarima ballarini hisoblashning “E-jarimaball” modulida ushbu qaror talablari asosida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini qoʻshib hisoblash imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-maydagi 296-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur banddagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
676-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-maydagi 296-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda Kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun asosiy jazo bilan birga ushbu Nizomda belgilangan tartibda jarima ballari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddan “faqat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Jarima ballari, Yoʻl harakati qoidalari buzilgani holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar asosida transport vositalarini bevosita boshqargan haydovchilarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan Kodeksda nazarda tutilgan tegishli qoidabuzarliklar uchun rasmiylashtirilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlar asosida transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxsga nisbatan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yoʻl harakati qoidalari buzilgani holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda jarima ballari hisoblanadigan haydovchining shaxsi quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositasining mulkdori (jismoniy va yuridik shaxs) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs oʻziga tegishli boʻlgan transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalanuvchi boshqa haydovchiga yoki yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsiga topshirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish uchun tegishli axborot tizimlarida shaxsiy elektron kabinet ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa haydovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu haydovchiga transport vositasi boshqarish uchun topshirilishidan oldin shaxsiy elektron kabinetiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini amalda boshqarish uchun qabul qilgan haydovchi tomonidan mazkur maʼlumotlar tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblanadigan (qoidabuzarlik sodir etgan) haydovchi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot mavjud boʻlmagan (shaxsiy elektron kabinet orqali tasdiqlanmagan) holatlarda jarima ballari mazkur qoidabuzarlik sodir etilgan transport vositasining mulkdoriga nisbatan (unda haydovchilik guvohnomasi mavjud boʻlsa) qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblanadigan (qoidabuzarlik sodir etgan) haydovchining shaxsi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot mavjud boʻlmagan (shaxsiy elektron kabinet orqali tasdiqlanmagan), shuningdek, mulkdoriga nisbatan jarima ballarini qoʻllash imkonsiz (haydovchilik guvohnomasi mavjud boʻlmasa) boʻlgan transport vositalarida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblanadigan jarima ballari yigʻindisi 12 balldan oshganda, mazkur transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish orqali vaqtincha ushlab turiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning 2-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “DYHXX xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/676/0981-son)