23.10.2025 yildagi O‘RQ-1090-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 6-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda davlatning manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligini taʼminlashga, sifati va samaradorligini oshirishga, shuningdek respublikada aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aniq maqsadga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga mamlakatimizda maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bogʻliq ruxsatnomalarni berish tartibini soddalashtirish, shuningdek iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni baholash mexanizmlarini aniq belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzit ruxsatnomasiga taalluqli qarorni qabul qilish muddati ariza olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan yigirma kungacha qisqartirilishini, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda mazkur muddatni oʻn kungacha uzaytirish mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati esa oʻttiz kun oʻrniga toʻqson kungacha uzaytirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek ushbu Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va ularni bartaraf etishga vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlardan muhofaza qilish boʻyicha vazifalarini, shuningdek favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning baholanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti hajmini oshirishga, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi 213-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 82-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tranzit ruxsatnomasini berish toʻgʻrisidagi yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi. Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda mazkur muddat oʻn kungacha uzaytirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 11-moddaning birinchi qismidagi “oʻttiz” degan soʻz “toʻqson” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-790-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 8, 791-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar — iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq, shuningdek geologik (zilzila, yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar), meteorologik (kuchli shamol, kuchli jala, doʻl, qor koʻchkisi, qurgʻoqchilik) va gidrologik (sel, suv toshqinlari) ofatlar, tabiiy yongʻinlar (dasht va oʻrmon yongʻinlari)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-moddaning ikkinchi qismidagi “(zilzilalar, sel, koʻchkilar, suv toshishi va boshqa xavfli tabiiy hodisalar), tabiiy yongʻinlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 8-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi” degan soʻzlar “davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maqsadli dasturlarning ishlab chiqilishini va ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkil etadi, shuningdek ushbu sohaga oid ilm-fanning rivojlanishini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etilishini taʼminlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish hamda ularni yoʻq qilish chogʻida roʻy beradigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha respublika darajasida, hududiy va mahalliy darajada tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 10-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar roʻy berganda kechiktirib boʻlmaydigan himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari olib borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi mavjud hududlarda joylashgan, evakuatsiya qilinishi lozim boʻlgan aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish hamda, zaruratga koʻra, bosqichma-bosqich doimiy evakuatsiya qilish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va tashkilotlarga” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 24-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va tashkilotlarga” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 27-moddaning birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 29-moddaning birinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 34-moddaning yettinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va tashkilotlarni” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va boshqa tashkilotlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar maxsus vakolatli davlat organining harbiy, ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalaridan, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning tegishli tuzilmalari hamda boʻlinmalaridan iboratdir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 38-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus vakolatli davlat organi uchun zarur boʻlgan hollarda favqulodda vaziyatlarni hamkorlikda bartaraf etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini hamda boshqa vositalarni ushbu shaxslarning roziligi bilan jalb etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) tegishli manzilga xavfsiz yetkazilishi (tashilishi) uchun kuzatib borishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 40-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“transchegaraviy favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi boʻlganda yoki favqulodda vaziyatlar roʻy berganda tegishincha ularning oldini olish yoki ularni bartaraf etish masalalarini hal etish boʻyicha siyosiy-diplomatik choralar koʻrish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Qurilish vazirligining” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini tiklash hamda ularning barqaror faoliyat olib borishini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 44-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“45-modda. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishni tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan aholining moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) quyidagi mazmundagi 501 va 502-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar prognozini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat roʻy bergan joydagi xavfli geologik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat zonasida va yaqin hududdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda sanoat xavfsizligiga rioya qilinishini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Gidrometeorologiya xizmati markazining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Gidrometeorologiya xizmati markazining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) 54-moddaning matnidagi “zarar miqdorini aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etadi” degan soʻzlar “zarar miqdorini baholashga koʻmaklashadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561-modda. Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) 57-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) 61-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 2-moddasi 29-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1090-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 03/25/1090/0968-son)