O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 6-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda ma’qullangan
Keyingi yillarda davlatning manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligini ta’minlashga, sifati va samaradorligini oshirishga, shuningdek respublikada aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga mamlakatimizda maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berish tartibini soddalashtirish, shuningdek iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni baholash mexanizmlarini aniq belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzit ruxsatnomasiga taalluqli qarorni qabul qilish muddati ariza olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan yigirma kungacha qisqartirilishini, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda mazkur muddatni o‘n kungacha uzaytirish mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati esa o‘ttiz kun o‘rniga to‘qson kungacha uzaytirilmoqda.
Shuningdek ushbu Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va ularni bartaraf etishga vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlardan muhofaza qilish bo‘yicha vazifalarini, shuningdek favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning baholanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti hajmini oshirishga, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi 213-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 82-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tranzit ruxsatnomasini berish to‘g‘risidagi yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. Qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda mazkur muddat o‘n kungacha uzaytirilishi mumkin”;
2) 11-moddaning birinchi qismidagi “o‘ttiz” degan so‘z “to‘qson” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-790-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 8, 791-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tabiiy ofatlar — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq, shuningdek geologik (zilzila, yer va tosh ko‘chkilari, o‘pirilishlar), meteorologik (kuchli shamol, kuchli jala, do‘l, qor ko‘chkisi, qurg‘oqchilik) va gidrologik (sel, suv toshqinlari) ofatlar, tabiiy yong‘inlar (dasht va o‘rmon yong‘inlari)”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 5-moddaning ikkinchi qismidagi “(zilzilalar, sel, ko‘chkilar, suv toshishi va boshqa xavfli tabiiy hodisalar), tabiiy yong‘inlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 8-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 9-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi” degan so‘zlar “davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maqsadli dasturlarning ishlab chiqilishini va ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkil etadi, shuningdek ushbu sohaga oid ilm-fanning rivojlanishini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ta’minlaydi”;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish hamda ularni yo‘q qilish chog‘ida ro‘y beradigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha respublika darajasida, hududiy va mahalliy darajada tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshiradi”;
o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 10-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
tabiiy ofatlar ro‘y berganda kechiktirib bo‘lmaydigan himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari olib borilishini ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi mavjud hududlarda joylashgan, evakuatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish hamda, zaruratga ko‘ra, bosqichma-bosqich doimiy evakuatsiya qilish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi”;
yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6) 11-modda:
nomidagi “Davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari”;
o‘n yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 23-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va tashkilotlarga” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 24-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va tashkilotlarga” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 27-moddaning birinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 29-moddaning birinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan so‘zlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 34-moddaning yettinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va tashkilotlarni” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va boshqa tashkilotlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar maxsus vakolatli davlat organining harbiy, ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning tegishli tuzilmalari hamda bo‘linmalaridan iboratdir”;
17) 38-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi uchun zarur bo‘lgan hollarda favqulodda vaziyatlarni hamkorlikda bartaraf etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini hamda boshqa vositalarni ushbu shaxslarning roziligi bilan jalb etishga ko‘maklashish;
yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) tegishli manzilga xavfsiz yetkazilishi (tashilishi) uchun kuzatib borishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish”;
18) 40-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“transchegaraviy favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda tegishincha ularning oldini olish yoki ularni bartaraf etish masalalarini hal etish bo‘yicha siyosiy-diplomatik choralar ko‘rish”;
19) 43-modda:
nomidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini tiklash hamda ularning barqaror faoliyat olib borishini ta’minlash”;
20) 44-modda chiqarib tashlansin;
21) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45-modda. O‘zbekiston mahallalari uyushmasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etishi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi:
aholini favqulodda vaziyat zonasidan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishni tashkil etishda ishtirok etadi;
evakuatsiya qilingan aholini hisobga olishda va vaqtinchalik joylashtirishda ishtirok etadi;
favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan aholining moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi”;
22) 46-moddaning:
nomidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 49-moddaning:
nomidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 50-moddaning:
nomidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) quyidagi mazmundagi 501 va 502-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“501-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xavfli geologik jarayonlar prognozini tayyorlash;
favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qiluvchi shaxsni favqulodda vaziyat ro‘y bergan joydagi xavfli geologik jarayonlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
502-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyat zonasida va yaqin hududdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazorat o‘rnatish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda sanoat xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlash”;
26) 52-moddaning:
nomidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 53-moddaning:
nomidagi “Gidrometeorologiya xizmati markazining” degan so‘zlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Gidrometeorologiya xizmati markazining” degan so‘zlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 54-moddaning matnidagi “zarar miqdorini aniqlash hamda baholash ishlarini tashkil etadi” degan so‘zlar “zarar miqdorini baholashga ko‘maklashadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan to‘ldirilsin:
“561-modda. Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
Favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
30) 57-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) 61-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 2-moddasi 29-bandining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni baholash tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-oktabr,
O‘RQ-1090-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 03/25/1090/0968-son)