1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
|
I. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunini takomillashtirish. | 1. Vazirlik va idoralarning xodimlaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish. | 2025-yil noyabr | - | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi (S. Eshquvvatov) |
|
2. Qonun loyihasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil fevral |
| ||||
2. | Hududlarda tashkil etilgan texnika universitetlari qoshida zilzilabardoshlik, seysmik xavfsizlik va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Ishchi guruhni mazkur band toʻliq bajariladigan muddatga qadar shakllantirish. | 2025-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Hududdagi seysmik faollikdan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tuzish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Tayyorlangan takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral |
| ||||
4. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart |
| ||||
5. Zilzilabardoshlik, seysmik xavfsizlik va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini tuzish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel |
| ||||
II. Aholini zilzilaga tayyorlash tadbirlarini yanada kuchaytirish | ||||||
3. | “Zilziladan saqlanish yoʻllari” nomli ommabop tavsiyanoma ishlab chiqish. | 1. Zilziladan saqlanish yoʻllari boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Fanlar akademiyasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Seysmologiya instituti (V. Ismailov) |
|
2. Zilziladan saqlanish yoʻllari boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyanomani Seysmologiya instituti Ilmiy kengashida muhokamadan oʻtkazish va chop etish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. | Seysmik xatar va uni boshqarish boʻyicha rahbar xodimlar uchun qoʻllanma tayyorlash. | 1. Qoʻllanmani yaratish uchun maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2025-yil noyabr | Fanlar akademiyasi mablagʻlari doirasida |
| |
2. Qoʻllanmani yozish va ilmiy kengashga tavsiya etish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Qoʻllanmani chop etish. | 2026-yil mart |
| ||||
III. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish | ||||||
5. | Bino va inshootlar hamda tarixiy va madaniy meros obyektlarining seysmik zaifligini instrumental-seysmometrik baholash usullarini ishlab chiqish. | 1. Bino va inshootlar hamda tarixiy va madaniy meros obyektlarining seysmik zaifligini baholash usullarini oʻrganish maqsadida instrumental tadqiqotlar oʻtkazish. | 2026-yil yanvar | Fanlar akademiyasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (K. Sultanov), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (O. Toʻychiyev) |
|
2. Bino va inshootlar hamda tarixiy va madaniy meros obyektlarining zaifligini instrumental baholash usullarini amaliyotga tatbiq etish. | 2026-yil aprel |
| ||||
6. | Tarixiy va madaniy meros obyektlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish. | 1. Madaniy meros agentligi tomonidan 2026 — 2028-yillar davomida seysmik aksessuarlar hamda seysmik datchiklar bilan onlayn monitoringi yuritiladigan tarixiy va madaniy meros obyektlari roʻyxatini tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov), Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʻchqorov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) |
|
2. Fanlar akademiyasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan onlayn monitoringi yuritiladigan tarixiy va madaniy meros obyektlarining oʻlchamlaridan kelib chiqib, seysmik aksessuarlar hamda seysmik datchiklar oʻrnatiladigan joylar uchun texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Madaniy meros agentligining yagona boshqaruv platformasida Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan tarixiy va madaniy meros obyektlarining seysmik holati monitoringini yuritishga moʻljallangan tegishli dasturni ishga tushirish. 4. Tarixiy va madaniy meros obyektlarining zilzilabardoshligini onlayn monitoring qilish amaliyotini: | 2026-yil yanvar |
| ||||
birinchi bosqichda 10 ta tarixiy va madaniy meros obyekti boʻyicha; | 2026-yil yanvardan boshlab |
| ||||
ikkinchi bosqichda 10 ta tarixiy va madaniy meros obyekti boʻyicha; uchinchi bosqichda 16 ta tarixiy va madaniy meros obyekti boʻyicha joriy qilish. | 2027-yil yanvardan boshlab |
| ||||
7. | Seysmik faol zonalarda qurilgan xavflilik omili III-IV toifadagi obyektlarning zilzilabardoshligini instrumental-texnik tekshiruvlardan oʻtkazish boʻyicha yagona metodika ishlab chiqish. | 1. Yevropa va Yaponiya davlatlaridagi bino va inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha instrumental-texnik tekshiruv metodikalarini oʻrganish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fargʻona davlat texnika universiteti (Oʻ. Salomov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
|
2. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar olib borish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash boʻyicha yagona metodika ishlab chiqish. | 2026-yil aprel |
| ||||
8. | Avtomobil va temiryoʻl koʻpriklari hamda yerosti va yerusti tunnellarining seysmik mustahkamligini (seysmik datchiklar orqali) onlayn monitoring qilish amaliyotini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish. | 1. Onlayn monitoringi yuritiladigan transport inshootlarining roʻyxatini seysmik faol hududlar kesimida tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʻchqorov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Sh. Kadirov) |
|
2. Fanlar akademiyasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan onlayn monitoring yuritiladigan transport inshootlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan transport inshootlarining onlayn “TransportSeysmika” platformasini ishga tushirish. 4. Transport inshootlarining seysmik mustahkamligini (seysmik datchiklar orqali) onlayn monitoring qilish amaliyotini: | 2026-yil mart |
| ||||
birinchi bosqichda 30 ta transport inshooti boʻyicha; | 2026-yil mart |
| ||||
ikkinchi bosqichda 45 ta transport inshooti boʻyicha; | 2027-yil yanvar |
| ||||
uchinchi bosqichda 41 ta transport inshooti boʻyicha joriy qilish. | 2027-yil dekabr |
| ||||
5. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yoʻllarida hamda togʻli hududlardan oʻtgan temiryoʻllarda koʻchki sodir boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlar asosida radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish. | Har yili 1-mayga qadar |
| ||||
IV. Seysmoprognostik monitoring hamda seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish | ||||||
9. | Fargʻona vodiysi grunt qatlamlarining 0,2, 0,5 va 1,0 sekund davrdagi seysmik taʼsirga reaksiya spektrining 1 : 500 000 masshtabdagi zichlik xaritalarini yaratish. | 1. Fargʻona vodiysida boʻlib oʻtgan zilzilalar akselerogrammalari asosida hududiy gruntlarning harakat tenglamalarini tuzish. | 2025-yil noyabr | Fanlar akademiyasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Seysmologiya instituti (V. Ismailov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Olingan harakat tenglamalari hamda seysmologik va seysmotektonik maʼlumotlar asosida Fargʻona vodiysi uchun ehtimollik yondashuvidagi seysmik taʼsirga turli seysmik xususiyatlarga ega boʻlgan gruntlar uchun javob spektrini hisoblash. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Gruntlarning javob spektri boʻyicha 1 : 500 000 masshtabdagi zichlik xaritalarini tuzish. | 2026-yil iyun |
| ||||
4. Ishlab chiqilgan xaritani qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarni loyihalashda foydalanishga tatbiq etish. | 2026-yil dekabr |
| ||||
10. | Seysmik jihatdan 8-9 ballik hududlarda joylashgan Chinoz, Rishton, Vobkent, Shahrixon, Asaka, Chust, Kosonsoy, Denov, Chortoq, Gʻuzor, Marhamat, Qoʻrgʻontepa, Uchqoʻrgʻon, Qamashi va Norin tumanlari markazlarini seysmik mikrohududlashtirish boʻyicha onlayn xaritalarni ishlab chiqish. | 1. Chinoz, Rishton, Shahrixon, Asaka, Chust, Kosonsoy, Denov tumanlarida dala kuzatuv ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil yanvar | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Seysmologiya instituti (V. Ismailov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
|
2. Chortoq, Gʻuzor, Marhamat, Qoʻrgʻontepa, Uchqoʻrgʻon, Qamashi va Norin tumanlarida dala kuzatuv ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil aprel |
| ||||
3. Tadqiqot natijalariga koʻra, tumanlar markazlarini seysmik mikrohududlashtirish boʻyicha onlayn xaritalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | 2026-yil avgust |
| ||||
11. | Yer qobigʻini monitoring qilish tizimini takomillashtirish. | 1. Respublikamizda oʻrnatilgan GNSS stansiyalarining mavjud yirik yer yoriqlari harakatlarini monitoring qilish imkoniyatini oʻrganish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʻchqorov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov) |
|
2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, yer qobigʻini monitoring qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va idoralararo ilmiy-texnik kengashdan oʻtkazish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Idoralararo ilmiy-texnik kengash xulosasiga koʻra respublika boʻyicha yangi GNSS stansiyalarni oʻrnatish. | 2025-2026-yillar |
| ||||
4. Respublika GNSS kuzatuvlar tarmogʻini xalqaro GNSS kuzatuvlar tarmogʻiga integratsiya qilish. | 2026-yil may |
| ||||
12. | Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish va zamonaviy monitoring tizimini ishlab chiqish. | 1. Bino va inshootlarning seysmik chidamliligini oshirish va zamonaviy monitoring tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish maqsadida ushbu sohadagi xalqaro tajribani qiyosiy tahlil qilish. | 2025-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov) |
|
2. Seysmik xavfli sharoitlarda qurilish inshootlari (binolar, inshootlar, shu jumladan, yuqori xavfli obyektlar) faoliyatini uzluksiz monitoring qilish texnologiyalari roʻyxatini belgilash. | 2026-yil yanvar |
| ||||
3. Oʻzbekiston Respublikasida tegishli texnologiyalarni (uskunalar majmuasi, shu jumladan, datchiklar, aloqa liniyalari, tadqiqot uskunalari) ishlab chiqishni mahalliylashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2026-yil may |
| ||||
13. | Seysmik jadallikni baholash meʼyorlarini ishlab chiqish. | Yer osti obyektlarini geografik va geologik joylashuvga mos ravishda qurish imkoniyatini yaratish maqsadida yer osti obyektlari uchun seysmik jadallikni baholash meʼyorlarini ishlab chiqish. Bunda mazkur meʼyorlar: birinchi bosqichda — Toshkent shahrida; | 2026-yil yanvar | Fanlar akademiyasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Seysmologiya instituti (V. Ismailov) |
|
ikkinchi bosqichda — Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida; | 2027-yil yanvar |
| ||||
uchinchi bosqichda — Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazlari kesimida ishlab chiqiladi. | 2027-yil dekabr |
| ||||
14. | Yangi Toshkent hududidagi yer osti suvining hajmi, uning koʻtarilish va pasayish davrlarini aniqlash. | 1. Yangi Toshkent hududidagi yerosti suvining hajmi, uning koʻtarilish va pasayish davrlarini aniqlash ishlarini tashkillashtirish. | 2025-yil dekabr | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
2. Yerosti suvining tarkibini oʻrganib, uni sugʻorish yoki sunʼiy koʻllarga yoʻnaltirish boʻyicha xulosalar tayyorlash hamda qurilishda foydalanish uchun Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga taqdim etish. | Har yarim yilda 2030-yilga qadar |
| ||||
15. | Ohangaron suv ombori hududidagi koʻchki xavfini baholash. | 1. Seysmologiya instituti tomonidan koʻchkining zilziladagi harakati va seysmik holatini kuzatish ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil yanvar | Fanlar akademiyasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) |
|
2. Koʻchki hududiga seysmik asbob-uskunalar (seysmometr, akselerometr va boshqalar) oʻrnatib, grunt xossalari va koʻchkining zilziladagi tebranish parametrlarini aniqlash. | 2026-yil fevral |
| ||||
3. Koʻchki xavfi doimiy baholanib, xavf yuzaga kelganda uni bartaraf etish uchun “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Doimiy |
| ||||
V. Seysmik xavfsizlik sohasiga raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni keng joriy etish | ||||||
16. | Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini sunʼiy intellekt asosida tahlil etish uslubini ishlab chiqish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil qilish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Mavzu doirasida loyihani shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Loyiha va texnik topshiriqni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini sunʼiy intellekt asosida tahlil etish uslubini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | 2026-yil mart |
| ||||
17. | Respublikada yillar davomida sodir boʻlgan zilzila yozuvlarini (ochiq katta maʼlumotlarni) sunʼiy intellekt asosida qayta ishlash va tahlil qilish. | 1. Loyihani amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil qilish. 2. Mavzu doirasida loyiha shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Loyiha va texnik topshiriqni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) |
|
4. Respublikada yillar davomida sodir boʻlgan zilzila yozuvlarini (katta hajmdagi maʼlumotlarni) sunʼiy intellekt asosida qayta ishlash va tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish. | 2026-yil iyul |
| ||||
18. | Seysmik xavfsizlik sohasida ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotlar (tizimlar) bazasida yagona “Raqamlashgan seysmik xavfsizlik” platformasini ishga tushirish. | 1. Mavzu doirasida loyihani shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyiha va texnik topshiriqni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil mart |
| ||||
3. “Raqamlashgan seysmik xavfsizlik” platformasini ishga tushirish. | 2026-yil aprel |
| ||||
19. | Seysmik xavfsizlik sohasiga raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish. | 1. Mintaqaviy akselerogrammalar bazasi, umumiy seysmik hamda batafsil rayonlashtirish xaritalari, makroseysmik ballardagi va choʻqqi tezlanishdagi mikrohududlashtirish xaritalari, faol tektonik yoriqlar xaritasini raqamlashtirgan holda onlayn seysmologik platformani ishga tushirish. | 2025-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarni onlayn seysmologik platformadagi seysmologik koʻrsatkichlar boʻyicha loyihalash hamda onlayn seysmologik platformani “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilish. 3. Sunʼiy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori boʻlgan hududlarda zilzila darakchilarining namoyon boʻlish koʻrsatkichlarini baholash asosida kuchli zilzilalarni oʻrta va uzoq muddatlarda prognoz qilish ishlarini amalga oshirish. Bunda, yangi amaliyot: | 2025-yil dekabr |
| ||||
birinchi bosqichda — Toshkent shahrida; | 2025-yil dekabr |
| ||||
ikkinchi bosqichda — Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida; | 2026-yil noyabr |
| ||||
uchinchi bosqichda — Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joriy qilinadi. | 2027-yil noyabr |
| ||||
VI. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish | ||||||
20. | Respublikadagi Chimyon, Langar-Maydanak, Langar-Xatirchi, Qoraqargʻa, Oqrabot (Chak-chak), Taxtaqoracha, Sayxan hamda Qamchiq dovonlaridan oʻtgan avtomobil yoʻllarida koʻchki sodir boʻlishi ehtimoli bor boʻlgan hududlarni belgilash va 2025 — 2027-yillar davomida radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish. | 1. Koʻchki sodir boʻlishi ehtimoli bor boʻlgan hududlarni aniqlash va avval amalga oshirilgan tahliliy maʼlumotlarni “Oʻzbekkosmos” agentligiga taqdim etish. | Har yili 1-mayga qadar | Vazirlik va idoralarning ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | “Oʻzbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Kosmik monitoringni amalga oshirish. | 2026-yildan boshlab har yili 1-noyabrga qadar |
| ||||
3. Kosmik monitoring natijalari asosida olingan maʼlumotlarni vazirlik va idoralarga taqdim etib borish. | 2026-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar |
| ||||
21. | Ohangaron suv omboridagi koʻchkini doimiy kosmik monitoring qilish. | 1. Ohangaron suv omboridagi koʻchkini doimiy kosmik monitoring qilish. | 2026-yil yanvar | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | “Oʻzbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Kosmik suratlar orqali koʻchkining suv ombor tomon siljishini aniqlab, natijalari yuzasidan tegishli maʼlumotlarni “Oʻzbekgidroenergo” AJga taqdim etib borish. | Har yarim yilda |
| ||||
VII. Sohaga aloqador tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | ||||||
22. | Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilgan “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” oʻquv-ilmiy laboratoriyasini zarur asbob-uskunalari bilan jihozlash. | 1. Xarid qilinadigan laboratoriya asbob-uskunalarining roʻyxatini shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov) |
|
2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini olish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. Laboratoriya asbob-uskunalarini oʻrnatish va ishga tushirish. | 2026-yil fevral |
| ||||
23. | Fargʻona davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Bino va inshootlar konstruksiyalari zilzilabardoshligini baholash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash. | 1. Xarid qilinadigan laboratoriya asbob-uskunalarining roʻyxatini shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Fargʻona davlat texnika universiteti (Oʻ. Salomov) |
|
2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini olish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. Laboratoriya asbob-uskunalarini oʻrnatish va ishga tushirish. | 2026-yil fevral |
| ||||
24. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutini aholini zilzilada toʻgʻri harakatlanishga oʻrgatuvchi mobil oʻquv trenajyori uchun zarur boʻlgan texnika, asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlash. | 1. Xarid qilinadigan texnika, asbob-uskuna va anjomlarning roʻyxatini shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Fuqaro muhofazasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Fuqaro muhofazasi instituti (B. Xikmatov) |
|
2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini olish. | 2025-yil noyabr |
| ||||
3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
4. Texnika, asbob-uskuna va anjomlarni oʻrnatish va ishga tushirish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
25. | Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriyalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash. | 1. Xarid qilinadigan texnika, asbob-uskuna va anjomlar roʻyxatini shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (K. Sultanov) |
|
2. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
3. Texnika, asbob-uskuna va anjomlarni oʻrnatish va ishga tushirish. | 2026-yil aprel |
| ||||
26. | Seysmologiya institutida seysmologik dala tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar xarid qilish. | 1. Xarid qilinadigan laboratoriya asbob-uskunalarining roʻyxatini shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Seysmologiya instituti (V. Ismailov) |
|
2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini olish. | 2025-yil dekabr |
| ||||
3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
4. Laboratoriya asbob-uskunalarini oʻrnatish va ishga tushirish. | 2026-yil fevral |
| ||||
27. | Zamonaviy akselerometrlarni Ohangaron suv ombori toʻgʻoniga oʻrnatib, uning zilzilabardoshligini onlayn monitoring qilish tizimini toʻliq ishga tushirish. | Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish doirasida xarid qilingan zamonaviy akselerometrlarni Ohangaron suv ombori toʻgʻoniga oʻrnatib, uning zilzilabardoshligini onlayn monitoring qilish tizimi toʻliq ishga tushirilishini taʼminlash. | 2025-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʻchqorov) |
|
VIII. Seysmologiya sohasida xalqaro tajribani oʻrganish va xalqaro miqyosdagi tadbirlarni tashkil qilish | ||||||
28. | Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi aʼzolari hamda sohaga masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish. | 1. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi aʼzolari va soha mutaxassislarini seysmik xavfsizlik, seysmologiya va zilzilabardoshlik sohasi boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish boʻyicha takliflarni tayyorlash. | 2026-yil yanvar | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Toʻlaganov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Hidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qiluvchi davlat bilan belgilangan tartibda ishlash va yakuniy takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yanvar |
| ||||
3. Takliflarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi aʼzolari va soha mutaxassislarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish boʻyicha yakuniy roʻyxatni tasdiqlash va zarur mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrish. | 2026-yil mart |
| ||||
29. | Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kunini oʻtkazish. | 1. 2025-yil 29-aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini muhokama qilish (Oʻzbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan). | 2025-yil noyabr | Vazirlik va idoralarning jamgʻarmalari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga muvofiq Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kunini ilk bor oʻtkazish. | 2026-yil may |
| ||||
2-ILOVA
T/r | Indikator (subindikator) nomi | Oʻlchov birligi | Joriy holat (yillik) | Maqsadli koʻrsatkichlar | Maʼlumot berishga masʼul idoralar | ||
2025 | 2026 | 2027 | |||||
1. | 2 | 3 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
MAQSAD: SEYSMIK XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH HAMDA SEYSMOLOGIYA SOHASIDAGI ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH | |||||||
I. Madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish | |||||||
1.1. | Tarixiy va madaniy meros obyektlarining markazlashgan axborot platformasi — “MerosSeysmika” dasturini ishga tushirish. | - | - | - | Onlayn dasturni ishga tushirish | - | Madaniy meros agentligi |
1.2. | Seysmik faol zonalardagi madaniy meros obyektlariga datchiklar oʻrnatish va onlayn seysmik monitoring qilib borish. | ta | - | - | 20 ta obyektda | Reja-grafik asosida | Madaniy meros agentligi |
1.3. | “TransportSeysmika” onlayn monitoring platformasini ishga tushirish. | - | - | - | Onlayn dasturni ishga tushirish | - | Transport vazirligi |
1.4. | Seysmik faol zonalardagi transport inshootlarining seysmik mustahkamligini onlayn monitoring qilish. | ta | - | - | 40 ta inshootda | Reja-grafik asosida | Transport vazirligi |
II. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini raqamlashtirish va sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish | |||||||
2.1. | Seysmologik koʻrsatkichlarni raqamlashtirish va doimiy yangilab borish (akselerogrammalar bazasi, umumiy seysmik hamda batafsil rayonlashtirish, shuningdek, makroseysmik ballardagi va choʻqqi tezlanishdagi mikrohududlashtirish va faol tektonik yoriqlar xaritasi). | foiz | - | Seysmologik koʻrsatkichlarni raqamlashtirish | 50 | 100 | Fanlar akademiyasi |
2.2. | Raqamlashgan koʻrsatkichlar asosida onlayn seysmologik platformani ishga tushirish. | - | - | Joriy etish | - | - | Fanlar akademiyasi |
2.3. | Sunʼiy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori boʻlgan hududlarda kuchli zilzilalarni oʻrta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | - | - | Joriy etish | Toshkent shahri misolida | bosqichma-bosqich | Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
2.4. | Turli konstruksiyadagi bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish. | ta | - | Joriy etish | 5 ming | 10 ming | Toshkent arxitektura-qurilish universiteti |
2.5. | Respublikadagi “Chimyon”, “Langar-Maydanak”, “Langar-Xatirchi”, “Qoraqargʻa”, “Oqrabot (Chak-chak)” va “Taxtaqoracha”, “Sayxan” hamda “Qamchiq” dovonlaridan oʻtgan avtomobil yoʻllarida koʻchki sodir boʻlishiga moyil hududlarning radiolokatsion kosmik monitoringini amalga oshirish. | ta | - | Joriy etish | 3 | 4 | Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
III. Qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini oʻrganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini koʻrish | |||||||
3.1. | Yer osti qurilish obyektlari uchun 10, 20 va 30 metr chuqurlikdagi muhandis-geologik, seysmologik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va ularning raqamlashtirilgan seysmik jadallik xaritalarini shakllantirish. | - | - | - | Toshkent shahri misolida | Respublika miqyosida | Fanlar akademiyasi |
3.2. | Yer osti obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini muhandis-geologik hamda seysmologik koʻrsatkichlar, seysmik jadallik xaritalari asosida gruntning chuqurlikdagi seysmik darajasiga muvofiq amalga oshirish. | - | - | - | Toshkent shahri misolida | Bosqichma-bosqich | Vazirlar Mahkamasi |
3.3. | Tuman va shaharlar markazlaridagi zilzila taʼsiriga chidamli boʻlmagan gruntlarni seysmik xususiyatlar boʻyicha toifalash va tavsiflash. | - | - | - | Joriy etish | - | Fanlar akademiyasi |
IV. Seysmik xavfsizlik va zilzilabardoshlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish | |||||||
4.1. | Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutini tashkil etish. | - | - | Tashkil etish | - | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
4.2. | Mutaxassislarni xorijda oʻqishi va malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish. | nafar | - | 50 | 100 | 150 | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
V. Natijadorlik koʻrsatkichlari | |||||||
5.1. | Seysmik xavfsizlikni taʼminlash, sohaga raqamlashtirishni joriy etish hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish. | foiz | - | 25 | 50 | 70 | Farmonda belgilangan vazifalarga masʼul vazirlik va idoralar |