13.10.2025 yildagi PF-183-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]

Suv sohasini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, raqamli texnologiyalar yordamida mavjud suv resurslari va elektr energiyasi hisobi yuritilishini ta’minlash hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, sohani barqaror rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq ma’lumotlarni raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 600 mingdan ortiq suv iste’molchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Suvdan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, suvdan foydalanuvchilarga yetkazib berilayotgan suvning hisobi va hisobotini to‘liq yuritish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini shakllantirishni tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Suv xo‘jaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan yuridik shaxs bo‘lgan suvdan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama elektron dalolatnoma suvdan foydalanuvchi tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi hamda e’tirozi bo‘lmaganda mazkur axborot tizimida tasdiqlanishi majburiy hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) suvdan foydalanuvchi tomonidan dalolatnoma tasdiqlanmasa yoki uning e’tirozi bo‘lgan taqdirda asoslantiruvchi hujjat yoki ma’lumot axborot tizimiga joylashtirilmasa, dalolatnoma kelishilgan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) suv yetkazib beruvchi tashkilot suvdan foydalanuvchiga ikki tomonlama elektron dalolatnoma tuzilgani to‘g‘risida elektron (SMS-xabarnoma va mobil ilova orqali) xabarnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) suvni hisobga olish vositalari mavjud bo‘lmagan va (yoki) foydalanilgan suvning haqiqiy hajmini suvni hisobga olish vositalari orqali aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda foydalanilgan suvning hajmini quyidagi tartibda aniqlashiga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining davlat kosmik monitoringi doirasida qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida aniqlangan foydalanilgan suvning hajmiga asosan kosmik monitoring orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlash imkoni bo‘lmaganda — “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga kiritilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlari va maydoni bo‘yicha suv resurslari iste’moli normativlariga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilgan suv hajmi ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Adliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani “Suv hisobi” axborot tizimida namunaviy shartnoma asosida elektron shaklda tuzish imkonini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur shartnoma bo‘yicha yuridik xulosa olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning yer maydonlari, ekin turlari va ularning joylashuvi (koordinatalari va kontur raqamlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda doimiy hamda beg‘araz taqdim etib borishni yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasi asosida yaratilgan axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar, shu jumladan tizim operatori tomonidan ishlab chiqilgan hamda takomillashtirilgan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar Suv xo‘jaligi vazirligining mulki hisoblanadi hamda belgilangan tartibda intellektual mulk sifatida ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi (keyingi o‘rinlarda — Raqamlashtirish markazi) tashkil etilsin hamda Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmatining bo‘shaydigan shtat birliklari, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Raqamlashtirish markaziga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi munosabati bilan Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tugatilsin va uning bo‘shaydigan shtat birliklari, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Raqamlashtirish markaziga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Raqamlashtirish markazi 31 ta shtat birligidan iborat bo‘lib, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi mavjud shtatlar hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida davlat muassasasi shaklida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi (keyingi o‘rinlarda — Rivojlanish markazi) tashkil etilsin va shu munosabat bilan Suv xo‘jaligida islohotlar markazi tugatilsin hamda uning bo‘shaydigan 23 ta shtat birligi, amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalari, balansida bo‘lgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari Rivojlanish markaziga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Raqamlashtirish markazi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati xodimlariga amalda qo‘llanayotgan tartib bo‘yicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Rivojlanish markazi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi Suv xo‘jaligida islohotlar markazi xodimlariga amalda qo‘llanayotgan tartib bo‘yicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Rivojlanish markazi har oyda suv resurslari sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlariga o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘larini ushbu markazlar faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash va joriy xarajatlarga, ta’mirlash, rekonstruksiya va qurilish ishlariga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, chet davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashga, shuningdek, mazkur markazlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlarga yo‘naltirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvqurilish” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “O‘zsuvqurilish” AJga qarashli Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uyda joylashgan binoning umumiy maydoni 1 394 kv metr bo‘lgan “B” bloki yerto‘la qismi va 1-qavati hamda mazkur binoga tutash bo‘lgan jami 1 912 kv metr yer maydonini “O‘zsuvqurilish” AJ ustav kapitalida bo‘lgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga Raqamlashtirish markazi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamlashtirish markazi Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uy manzilidagi binoning “B” bloki yerto‘la qismi va 1-qavatiga operativ boshqaruv huquqi asosida belgilangan tartibda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlanish markazi Toshkent shahri Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasi 1a-uy manzilidagi binoning “B” bloki 4-qavatiga bepul foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Suv xo‘jaligi sohasidagi jarayonlarni bir joydan kuzatish va suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida “Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazi” ishga tushirilgani hamda “Suv hisobi”, “Nasos stansiyalari”, “Tomchi Yer”, “Smartwater” axborot tizimlari, “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi, ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgani hamda amaliyotga joriy etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida amaldagi vazir o‘rinbosarlari lavozimlaridan birining shtat birligi hisobidan suv xo‘jaligi vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari (Chief Digital Officer) lavozimi joriy etilsin va unga suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning amalga oshirilishi hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, suv xo‘jaligi vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosariga hamda Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlariga mazkur Farmonda nazarda tutilgan va raqamlashtirish sohasi va faoliyati yo‘nalishlaridan tashqari boshqa vazifa, funksiya va topshiriqlarni yuklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Suv kadastri va elektr energiya hisobotlariga oid tizimlarni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan “Davlat suv kadastri” axborot tizimini ishlab chiqsin va ma’lumotlarni o‘zaro integratsiya qilish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Gidrometeorologiya xizmati agentligi yer usti suvlari, Suv xo‘jaligi vazirligi suvdan foydalanish, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi yer osti suvlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ichimlik va oqova suvlar bo‘yicha ma’lumotlarni maxsus himoyalangan aloqa tizimlari orqali “Davlat suv kadastri” axborot tizimiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi hisoblagichlarini xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zenergosotish” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zenergosotish” AJ 2026-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nasos stansiyalarida o‘rnatilgan elektr energiyasi hisoblagichlarini “Nasos stansiyalari” axborot tizimiga integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) integratsiyasi yakunlanib, axborot tizimiga ma’lumoti kelmayotgan hisoblagichlarini almashtirish, nuqsoni mavjudlarini tuzatish, ularni aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlarini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda joylardan ma’lumoti kelmayotgan qurilmalarga tashqi ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlarini tashkil etsin, qonunbuzilish holatlari aniqlangan hollarda qonunchilikda belgilangan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlasin va har chorakda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Suv xo‘jaligi vazirligiga mazkur Farmon bilan qo‘shimcha vazifalar yuklatilganini inobatga olib, 2026-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda suv xo‘jaligida raqamlashtirish tadbirlari, jumladan, Raqamlashtirish markazi faoliyatini moliyalashtirish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yildan boshlab Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratiladigan barcha mablag‘lar Raqamlashtirish markazi orqali moliyalashtirilishini, 2027-yildan boshlab har yili Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda Raqamlashtirish va Rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil qilishga ko‘maklashish, bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash maqsadida mazkur markazlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armalariga Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir markazga 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev — Farmonning o‘z vaqtida bajarilishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini muhokama qilib, tizimli nazoratni o‘rnatish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev — suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari O. Umarov — axborot tizimlarini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash, idoralararo integratsion platforma orqali o‘zaro bog‘lash ishlariga ko‘maklashish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Q. Yuldashev — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlari, ekin turlari va ularning joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda taqdim etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari A. Haydarov — Farmon ijrosini ta’minlashga zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev — suv xo‘jaligi sohasiga raqamlashtirish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Farmon ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-183-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI

1. Suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish jarayonini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqish va mazkur ishlarda buyurtmachi vazifasini bajarish.

2. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida suv xo‘jaligi tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish hamda bu boradagi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

3. “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona platformasiga tizimdagi barcha dasturiy komplekslarni integratsiya qilish, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.

5. Suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslari va elektr energiyasi hisobini yurituvchi raqamli qurilmalarning texnik shartlarini ishlab chiqish va ularni joriy etish.

6. Suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

7. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yagona suv balansini shakllantirish hamda davlat suv kadastrining yuritilishini takomillashtirib borish.

8. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash hamda tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olinishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv sohasini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.

2. Suv sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslar asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar, chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.

3. Suv sohasida innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.

4. Transchegaraviy, xalqaro va mahalliy suv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

5. Suv sohasiga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv sohasi tashkilotlarining faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

7. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.

8. Konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi faoliyatini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

1. 2025-yilda — Suv xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, 2026-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning sohani raqamlashtirish hisobiga iqtisod bo‘lgan qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqamlashtirish markazining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi faoliyatini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yilda — Suv xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligida islohotlar markazi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, 2026-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrdagi PF-183-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Suv xo‘jaligida islohotlar markazi” bloki “Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati” bloki “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” bloki bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlarining uch bo‘g‘indan iborat
VERTIKAL BOSHQARUV TIZIMI HAMDA FUNKSIYALAR TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy tuzilma

Bo‘ysunuv

Funksiyalar

Yuqori bo‘g‘in

Markaziy apparat

vazir

1. Suv siyosatini yuritish.

2. Yagona suv balansini yuritish.

3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.

4. Hududiy organlar faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.

5. Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va foydalanish.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

vazir

1. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish.

2. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.

3. O‘ta muhim gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va mezonlarini belgilash.

4. Yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

5. Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish.

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi

vazirning birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori

1. Suv sohasini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.

2. Suv sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslar asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar, chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.

3. Suv sohasida innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.

4. Transchegaraviy, xalqaro va mahalliy suv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

5. Suv sohasiga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.

6. Suv sohasi tashkilotlarining faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

7. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.

8. Konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish.

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi

vazirning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari

1. Suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish jarayonini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqish va mazkur ishlarda buyurtmachi vazifasini bajarish.

2. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida suv xo‘jaligi tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish hamda bu boradagi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

3. “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona platformasiga tizimdagi barcha dasturiy komplekslarni integratsiya qilish, ularni boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash.

4. Suv xo‘jaligida vaziyatlar markazining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.

5. Suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslari va elektr energiyasi hisobini yurituvchi raqamli qurilmalarning texnik shartlarini ishlab chiqish va ularni joriy etish.

6. Suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

7. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yagona suv balansini shakllantirish hamda davlat suv kadastrining yuritilishini takomillashtirib borish.

8. Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash hamda tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olinishini monitoring qilish.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

vazir o‘rinbosari

1. Suv muammolarini aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish.

2. Global iqlim o‘zgarishining respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash.

3. Sohaga ilmiy-innovatsion yangiliklarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

4. Suvni tejaydigan texnologiyalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish.

O‘rta bo‘g‘in

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

vazirning birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori

1. Tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash.

2. Nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini ko‘rish.

3. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat ko‘rsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

4. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash.

5. Kollektor-drenaj tarmoqlari va ulardagi inshootlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ barqarorligini ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish.

Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti

Departament direktori

1. Loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.

2. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish.

3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.

4. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil qilish.

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi

vazir o‘rinbosari

1. Suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

2. Suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqa zonalari auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish.

3. Sohil bo‘yi mintaqalari bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.

4. Suv oqimlarini boshqarishda daryo o‘zanlari hamda qirg‘oqlaridan foydalanishni tartibga solish.

Quyi bo‘g‘in

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari

Ekspluatatsiya agentligi

1. Belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish.

2. O‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish.

3. Sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

4. Iste’molchilar kesimida yetkazib berilgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish.

5. O‘z hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish.

”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 06/25/183/0954-son)